1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet65/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Musodara qilish
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo'lgan ashyoni musodara qilish — shu ashyoning haqini toMamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o'tkazishdan iborat. Musodara qilish chorasi: a) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar boyicha sudyasi tomonidan;
b) bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni 0 ‘zbekiston Res­ publikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar 0 ‘zbekiston Res­ publikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; d) soliq organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalari tomonidan — aksiz markalari qo'yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek, yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo'llaniladi. 0 ‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini mus­ odara qilish asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 337—339-moddalariga binoan, ma’muriy huquqbu­ zarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo'lgan narsani musodara qilish to'g'risidagi qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash depar­ tamenti sud ijrochilari hududiy bo'limlari tuman (shahar) bo'lin- malarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo'lgan musodara qilingan narsani sotish va yo'q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ashyoni musodara qilish to'g'risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilaiga qaytariladi: — uni chiqaigan ma’muriy ishlar boyicha sudyaga; O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayot­ gan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulo^arni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan aksiz markalari qo'yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to'g'risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga; — saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqilayotgan aksiz markalari qo'yilmagan tamaki mahsu­ lotlari va alkagolli ichimliklarni musodara qilish to'g)risidagi qa­ rorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.
0 ‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar boyicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo'llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo'lmasligi kerak. Maxsus huquqdan mahrum etish muddati — kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi. Transport vositasini boshqarish hamda ov qilish — shaxsda maxsus huquqning mavjud bo'lishini talab etadi. Jumladan, trans­ port vositasini boshqarish huquqini olish uchun, belgilangan tartibda malakaviy imtihonni topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish lozim. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish — bunday huquqqa ega bo'lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo'llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli faoliyat bilan shug'ullanish mumkin emasligini belgilab beradi. O'zR MJtKning 125-moddasiga binoan transport vositalariga — barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o'ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari kiradi.
Maxsus huquqdan mahrum etish — mazkur huquqdan foyda­ lanish tartibining bir necha marotaba yoki qo'pol buzilishi uchun qo'llaniladi. Masalan, O'zR MJtKga binoan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish quyidagilar uchun qo'llaniladi: 1) mexanizatorlar tomonidan qishloq xo'jaligi mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo'pol ravishda buzish (112-modda); 2) kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (insho- otlardan) foydalanish qoidalarini buzish (119-modda 2-qismi); 3) transport vositalari haydovchilarining harakat tezligini oshi- Tib yuborishi, yo'l belgilari va yo'l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi (128-modda 4-qismi); 4) transport vositalari haydovchilarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo'lib harakat qilishda qatnashishi (129-modda 2-qismi); 5) transport vositalari haydovchilarining temir yo'lning o'tish joylaridan o'tish qoidalarini buzishi (130-modda 2-qismi);
6) transport vositalarini mast holda boshqarish (131-modda, 1, 2, 4-qismlari); 7) kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi (132-modda); 8) transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoida­ larini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar1 yetkazilishiga olib kelsa (133-modda); 9) haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda); 10) transport vositalari haydovchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshimvdan o'tishdan bo'yin tovlashi (136-modda, 1, 2-qismlari); 11) yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolishi (137-modda). Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini' boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo'llanilishi mumkin emas. Agar transport vositalarini alkogol ichimlikdan, giyohvandlik vositasi ta’siridan mast bo'lgan holda yoki o'zgacha tarzda mast bo'lgan holda boshqarish hollari (131-modda 1,2,4-qismlari), shu­ ningdek, o'zlari ishtirokchi bolgan yo'l-transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib qolish hollarida (137-modda) nogiron shaxs- lami ham transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish mumkin. Maxsus huquqning ikkinchi ko'rinishi — bu ov qilish huquqidir. Shaxsni ov qilish huquqidan mahrum etish — ov qilish qoidalarining ayrim buzilishlari uchun, ya’ni O'zR MJtKiiing 90-modda 2-qismi tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish va baliq tutishga oid boshqa qoidalami muntazam ravishda buzganlik uchun qo'llaniladi. Asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo'lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo'llanilishi mumkin emas. Maxsus huquqdan mahrum qilish — shaxsning huquqini cheklash bilan bog'liq bo'lganligi sababli, faqatgina ma’muriy ishlar boyicha sudya tomonidan qo'llanilishi mumkin.
1Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi. (0 ‘zR MJtKning 133-modda, 2-qismi).
Maxsus huquqdan mahrum qilish — 15 kundan 3 yil mud- datgacha belgilanishi mumkin. 0 ‘zR MJtKning 340—344-moddalariga binoan maxsus huquq­ dan mahrum etish jazosi: a) transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror — ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; b) kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror — O'zbekiston Respub­ likasi kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; d) ov qilish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi, qaror — ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror haydovchilik guvoh- nomasini, shuningdek, uning talonini olib qo'yish yo'li bilan ijro etiladi. Basharti haydovchi yoki kema havdovchisi transport vosita­ larining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo'lsa, haydovchilik guvohnoma- siga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etil- ganligi yozib qo'yiladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvoh- nomalarfti olib qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo'yish tartibi esa — O'zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi. Ov qilish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror ovchilik biletini olib qo'yish yo'li bilan ijro etiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo'yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo'yadilar. Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo'lishi va namunali xulq-atvori bilan o'zini ko'r­ satgan taqdirda, unga jazo qo'llagan ma’muriy ishlar boyicha sudya belgilangan muddatning kamida yarmi o'tgach, korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati iltimosi bilan bunday huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishi mumkin. Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar. Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o'tgach, shu­ ningdek, bu muddat belgilangan tartibda qisqartirilgan 'taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qo'yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qo'yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling