1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy qamoqqa olish
Ma’muriy qamoqqa olish — ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan qattiq ma’ muriy jazo chorasi bo'lib, ma’lum bir muddatga shaxsni jamiyatdan ajratib qo'yishni nazarda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 29-moddasiga binoan ma ’muriy qamoqqa olish — uch sutkadan o'n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o'ttiz sutkagachn muddatga qo'llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar boyicha sudyasi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek, harbiy komen- dant yoki ichki ishlar organi boshlig'i tomonidan belgilanadi. Ma’muriy qamoqqa olish — ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo'llaniladi. Jumladan, O'zR MJtKga binoan ma’muriy qamoq quyidagi huquqbuzarliklar uchun qo'llaniladi: 1) giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlamay oz miqdorda g'ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish (56-modda); 2) tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish (60-modda); 3) mayda bezorilik (183-modda); 4) jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan ma teriallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash (184-mod- da); 5) fuqarolarining jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi (164—1-modda); 6) jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish (187-modda 2-qismi); 7) militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik (194-modda 2-qismi); 8) militsiya xodimlarining o'z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko'rsatish (195-modda); 9) yig'ilishlar, niitinglar, ko’cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o'tkazish tartibini buzish (201-modda); 10) g'ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilot larning faoliyatida qatnashishga undash (202—1-modda); 11) favqulodda holat tartibining talablarini buzish (204-mod- da>; 12) favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish (205-modda); 13) diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (240-modda); 14) diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish (241-mod- da); Ma’muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga qo'llanilishi mumkin emas: a) homilador ayollarga\ b) uch yoshgacha bolasi bo ‘Igan ayollarga] d) o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolasini yakka o‘zi tarbiya- layotgan shaxslarga; e) о ‘n sakkiz yoshga to ‘bnagan shaxslarga; f) birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga. O'zR MJtKning 345—346-moddalariga binoan ma’muriy qamoqqa olish to'g'risidagi qaror chiqarilgandan keyin darhol ijro etiladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qo'ygan joylarda qamoqqa saqlanadilar. Ma’muriy qamoq- qa olish to'g'risidagi qarorni ijro etish chog'ida qamoqqa olinganlar shaxsiy ko'rikdan o'tkaziladilar. Ma’muriy yo'l bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoq muddatiga qo'shib hisoblanadi. Ma’muriy qamoqni o'tash O'zbekiston Respublikasi qonunla rida belgilangan .qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarga jalb qilinadi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda boMgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi toManmaydi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling