1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquq boyicha intizomiy javobgarlik


Download 1.49 Mb.
bet69/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy huquq boyicha intizomiy javobgarlik
Intizomiy javobgarlik — bu intizomiy hokimiyat subyektlari tomonidan ulaiga bo'ysingan shaxslarga nisbatan ularning inti­ zomiy huquqbuzarliklari uchun intizomiy jazo choralarini qo'llash- dir. Intizomiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir turi bo'lib, uning barcha xususiyatlariga ega. Bundan tashqari, ma ’muriy huquq boyicha intizomiy javobgarlik — intizomiy majburlovning ko'rinishi hisoblanadi.
Ma’muriy huquq boyicha intizomiy javobgarlik quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: birinchidan, intizomiy nojo'ya xatti-harakatlar uchun, ayrim hollarda boshqa huquqbuzarliklar uchun (masalan, harbiy xizmat­ chining ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganida) qo'llaniladi; ikkinchidan, jazo sanksiyalarini, ya’ni intizomiy jazo chora­ larini qo'llashda ifodalanadi; uchinchidan, intizomiy hokimiyat subyekti, ya’ni bevosita yoki yuqori turuvchi rahbar tomonidan o'ziga bo'ysungan shaxsga nisbatan qo'llaniladi; to ‘rtinchidan, intizomiy javobgarlikni qo'llash asoslari va tartibi turli huquq tarmoqlari bilan belgilanadi.
Aksariyat shaxslaming intizomiy javobgarligi, mehnat va ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi. Ma’muriy huquq boyigha intizomiy javobgarlik, odatda, inti­ zom ustavlari bilan hamda ma’muriy-huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi.
Ma’muriy-huquqiy normalar asosida intizomiy javobgarlikka keng doirdagi shaxslar, ma’muriy jamolarning a’zolari tortilishi mumkin. Qoida boyicha, ma’muriy-huquqiy nomialarga asoslangan intizomiy javobgarlik — intizomiy nojo‘ya xatti-harakatning sodir etilishi bilan vujudga keladi. Intizomiy nojo'ya xatti-harakat — bu jamiyatga qarshi qaratilgan, ma’lum bir ijtimoiy zararni keltirib chiqaradigan, aybli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Intizomiy javobgarlikning turlari qonun hujjatlari bilan o'rna- tiladi. Ulaming asosiy maqsadi — huquqbuzarliklaming oldini olish bo‘lib hisoblanadi. Intizomiy javobgarlik aybdor shaxsning holatiga negativ (sal­ biy) ta’sir etadi hamda ma’lum bir muddatga javobgarlikka tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Intizomiy javobgarlik jamoa doirasida amalga oshirilganligi sababli, ular turli ko'rinishlarga ega bo'lishi mumkin. Masalan: a) axloqiy-huquqiy sanksiyalar (masalan, ogohlantirish); b) jamoa bilan shaxs o'rtasidagi aloqalarni o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi sanksiyalar (masalan, quyi lavozimga o'tkazish, ishdan bo'shatish). Ushbu choralar faqatgina shaxsning ma’lum bir jamoada (davla
t va nodavlat tashkilotlarida) faoliyat ko'rsatishi vaqtida qo'l­ lanilishi mumkin. Bundan tashqari, intizomiy javobgarlik choralari subyektlaming doirasiga qarab ham turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, talabalar, tinglovchilar, aspirantlar uchun — ogohlantirish, xayfsan, qattiq xayfsan, talabalar safldan o'chirish; ichki ishlar organlarining oddiy askar va kichik rahbarlar tarkibiga kiruvchi xodimlari uchun esa ogohlantirish, xayfsan, qattiq xayfsan, past lavozimiga o'tkazish, ma’lum bir rag'batlantirishdan mahrum etish, maxsus unvonidan bir pog'ona pasaytirish, ichki ishlar organidan bo'shatish va h.k.lar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling