1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquq boyicha moddiy javobgarlik
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquq boyicha moddiy javobgarlik
Ma’muriy va intizomiy javobgarlik choralari, odatda, huquq buzarlikni oldini olish maqsadida qo'llaniladi hamda jazo xusu siyatiga ega bo'lishi mumkin. Moddiy javobgarlik esa — bu qayta tildash xususiyatidagi sanksiyalami qo'llash bo'lib, yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun qo'llaniladi. Shu sababli, ma’muriy huquq boyicha moddiy javobgarlik — davlatga haqiqatdan ham zarar yetkazilgan bo'lsa, vujudga kelishi mumkin. Moddiy javobgarlik davlatga yetkazilgan zarar: a) to'gfri va aniq; b) xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida; d) huquqqa xilof qilish orqali; e) aybli; f) huquqqa xilof xatti-harakat bilan yetkazilgan zarar o'rtasida sababiy bog'lanish mavjud bo'lganida, qo'llanilishi mumkin. Moddiy javobgarlik sanksiyalari intizomiy javobgarlikdan farq qilgan holda, ayb darajasiga emas, balki huquqqa xilof aybli xatti- harakatning sodir etilishidan kelib chiqqan zarar hajmiga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, yetkazilgan zarar to'liq yoki qisman qop- anishi mumkin. Moddiy javobgarlik sanksiyalari jamoat ta’siri choralari bilan almashtirilishi mumkin emas. Intizomiy va ma’muriy javobgarlikda esa qonunda belgilangan tartibda jazo choralarini jamoat ta’siri choralari bilan almashtirishga yo'l qo'yiladi. Jazo sanksiyalari va qayta tiklash xususiyatidagi sanksiyalar bir- birini to'ldirib, bitta shaxsga nisbatan bir vaqtning o'zida qo'l lanilishi mumkin. Masalan, harbiy xizmatchilardan yetkazilgan zarami undirib olish — intizomiy majburlovning bir turi hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar tomonidan yetkazilgan zararni qoplash, mazkur xatti-harakat uchun ulaming intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishidan yoki tortilmasligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi. Ma’muriy huquq normalari bilan nafaqat moddiy javobgarlik asoslari, balki javobgarlikka tortish tartibi ham belgilanadi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Intizomiy-huquqiy majburlov tushunchasi. 2. Intizomiy-huquqiy majburlovning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Intizomiy javobgarlik. 4. Intizomiy javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Intizomiy nojo'ya xatti-harakat. 6. Intizomiy ishlami yuritish tushunchasi. 7. Intizomiy ishlarni yuritish bosqichlari. 8. Ma’muriy huquq boyicha moddiy javobgarlik. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling