1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquq boyicha intizomiy ishlarni yuritish
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquq boyicha intizomiy ishlarni yuritish
Intizomiy ishlarni yuritish — bu intizomiy javobgarlikni qo'llash boyicha tegishli subyektlaming huquq normalari bilan tartibga solingan faoliyatidir. Intizomiy ishlarni yuritish — intizomiy nojo'ya xatti-hara- katlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazoni qo'llashga qaratilgan intizomiy hokimiyat subyektining huquq normalari bilan tartibga solingan faoliyati hisoblanadi. Intizomiy ishlarni yuritish normalari — intizomiy javobgarlik to'g'risidagi moddiy-huquqiy normalami qo'llash imkoniyatini beruvchi protsessual mexanizmdir. Bu — ma’muriy-yurisdiksiyaviy faoliyatning, shuningdek, yuridik jarayonning tarkibiy qismi hisob lanadi. Shu sababali, intizomiy ishlami yuritish protsessual jarayon va protsessual faoliyatni yuritishning umumiy qoidalariga tayanadi. Intizomiy ishlami yuritish o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Jumladan, davlat xizmatchilarini, ta’lim oluvchilami va boshqalarni intizomiy javobgarlikka tortish ma’muriy-protsessual normalar bilan tartibga solinadi. D.N.Baxrax, intizomiy ishlami yuritishning xususiyatlariga to'xtalib, uning quyidagi asosiy bosqichlarini ko'rsatib o'tadi: a) xizmat tekshiruvi (tergovi); b) intizomiy ishni ko'rib chiqish; d) ishni qayta ko'rib chiqish; e) jazoni ijro etish.1 Birinchi bosqichda — intizomiy nojo'ya xatti-harakat sodir etilganligi, shaxsning aybi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda — rahbar to'plangan ma’lumotlarga asos lanib, aybdor shaxsga intizomiy javobgarlikni qo'llash to'g'risida buyruq chiqaradi. Uchinchi bosiqichda, buyruq ustidan shikoyat berilgan bo'lsa, intizomiy ish qayta ko'rib chiqiladi. To'rtinchi bosqichda — belgilangan intizomiy javobgarlik ijro • etiladi. Xizmat tekshiruvlari (tergovi) — bunga asos mavjud bo'lganida, ya’ni jamoa xodimining huquqqa xilof xatti-harakatlari to'g'risida ma’lumot bo'lganida, rahbaming o'zi tomonidan yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan olib boriladi. Bu jarayonda — nojo'ya xatti-harakat sodir etilganligi, qanday holatlarda sodir bo'lganligi, qilmish qanday maqsadlarda amalga oshirilganligi, undan kelib chiqqan oqibatlar, shaxsning aybi darajasi aniqlanadi. Intizomiy ish yuritilayotgan vaqtda ma’lum bir nojo'ya xatti- harakatni sodir etishda ayblanayotgan shaxsdan tushuntirishlar olinishi kerak. Tushuntirish berish — bu asossiz ravishda javobgar likka tortilishdan himoyalanishning asosiy vositalaridan biri hisob lanadi. Tushuntirish berishdan bosh tortish - ish. yuritishni to'xtat- maydi. Agar xizmat tekshiruvlari intizomiy hokimiyat subyekti tomo nidan emas, balki boshqa organ yoki mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lsa, uning natijalari rahbaiga og‘zaki bildirilishi, ma’lumotnoma berilishi, raport va boshqalar vositasida rasmiylashtirlishi shart. Intizomiy ishlami yuritishda intizomiy hokimiyat subyektlari quyidagi huquqlaiga ega bo'ladi: birinchidan, maqsadga muvofiq emas yoki shaxsni aybdor emas deb topib, sodir etilgan qilmishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaslik; ikkinchidan, intizomiy jazo choralariga kirmaydigan ta’sir cho ralarini qoilash, ya’ni majburiyatni bajarish lozimligini ko'rsatishi, ogohlantirishi yoki qattiq ko'rsatmalar berish; uchinchidan, hujjatlarni ko'rib chiqish uchun mazkur tashki- lotda tuzilgan jamoat tuzilmalariga yuborish; to'rtinchidan, aybdor shaxsga intizomiy jazoni qo'llash; beshinchidan, rahbar yoki intizomiy javobgarlikni qo'Ilovchi boshqa shaxs unga berilgan intizomiy hokimiyatning yetarli emas- ligi to'g'risidagi qarorga kelgan bo'lsa, yuqori turuvchi intizomiy hokimiyat subyektiga aybdor shaxsga nisbatan qattiq intizomiy jazo choralarini qo'llashi uchun hujjatlarni yuborish; oltinchidan, aybdor shaxsning xatti-harakatlarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo'lsa, tegishli vakolatli oiganga hujjatlarni yuborish. Umumiy qoidaga ko'ra, intizomiy javobgarlik yozma shakldagi buyruq chiqarish orqali qo'llaniladi. Ba’zi hollarda esa masalan, harbiy xizmatchilarga yoki ichki ishlar organlariga intizomiy javob garlik (ogohlantirish, xayfsan) og'zaki shaklda tayinlanishi mumkin. Amaliyotda intizomiy javobgarlikni qo'llash to'g'risidagi buyruq quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin: a) aniq bir shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida maxsus buyruq qabul qilinishi mumkin; b) maxsus bitta buyruq bilan bir necha shaxs intizomiy ja vobgarlikka tortilishi mumkin; d) tekshirish o'tkazish natijalari to'g'risidagi buyruqning alohida bir bandida, intizomiy javobgarlikka tortish nazarda tutil gan bo'lishi mumkin; e) kollegial organ qarori bilan intizomiy javobgarlikka tortish belgilangan bo'lishi mumkin. Intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi buyruq — ma’ muriy-huquqiy aktlaming bir ko'rinishi hisoblanadi. Ushbu akt qabul qilinishi vaqtidan kuchga kiradi. Buyruq har qanday ma’muriy-huquqiy akt singari, qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Bunga: aybdor shaxs tomonidan berilgan shi koyat; prokuror protesti; yuqori mansabdor shaxs tomonidan yoki buyruqni qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan ko'rib chiqilishi asos bo'lib xizmat qiladi. Buyruqni o'zgartirish yoki bekor qilish vakolatiga uni qabul qilgan mansabdor shaxs, yuqori turuvchi mansabdor shaxs yoki sud egadir. Odatda, intizomiy ustavlarda va boshqa aktlarda intizomiy javobgarlikka' tortilayotgan shaxsning sudga murojaat qilishi nazarda tutilmaydi. Lekin bunday huquq, ulaming konstitutsiyaviy huquq- laridan kelib chiqadi. Shikoyat berilgan taqdirda, yuqori turuvchi mansabdor shaxs yoki sud uni ko'rib chiqib, asossiz deb topishi va buyruqni o'z kuchida qoldirishi mumkin. Agar qabul qilingan buyruq asossiz deb topilgan bo'lsa, u to'liq yoki qisman bekor qilinishi mumkin. Ama liyotda shikoyatni ko'rib chiquvchi yuqori mansabdor shaxsning buyruqni qabul qilgan mansabdor shaxsga uni qayta ko'rib chiqishi uchun yuborishi, keng qo'llaniladi. Buyruqni ijro etish, ko'pgina hollarda tanlangan intizomiy javobgarlik chorasiga bog'liq bo'ladi. Ko'pgina intizomiy javobgar- liklar (masalan, ogohlantirish, xayfsan) axloqiy-huquqiy mazmunga ega bo'lib, ular ma’lum qilish, e’lon qilish orqali ijro etiladi. Agar rahbar tomonidan tashkiliy xususiyatdagi- intizomiy javobgarlik- (masalan, egallab turgan lavozimidan pasaytirish, ishdan bo'sha tish) tayinlangan bo'lsa, u amalda aniq va belgilangan tartibda ijro etilishi kerak. Ayrim hollarda, intizomiy javobgarlikka tortish to’g'risidagi buyruqning qabul qilinishi bilan, aybdor shaxsning maxsus huquqiy holati — jazoga tortilganlik vujudga keladi. Bunda: a) javobgarlikka tortilganlik olib tashlanmaguncha, shaxsga nisbatan rag'batlantirish choralarini qo'llash mumkin emas; b) intizomiy javobgarlikka tortilganlik holatini muddatidan oldin bekor qilish; d) intizomiy javobgarlikka tortilganlik muddati davomida yangi nojo'ya xatti-harakatning sodir etilishi — intizomni takroran buzish deb tan olinishi hamda og'irroq jazo choralarini qo'llashga olib kelishi mumkin; e) intizomiy javobgarlikka tortilganlik muddati shaxsga nav batdagi darajani berishga o'z ta’sirini ko'rsatishi mumkin. Intizomiy javobgarlikka tortilganlik muddati, odatda, bir yilni tashkil etadi. Agar shaxs bir yil davomida qayta huquqbuzarlik(nojo'ya xatti-harakat) ni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan hisoblanadi. Intizomiy javobgarlikka tortilganlik mud dati — intizomiy jazoni qo'llash to'g'risidagi buyruq chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Og'zaki shaklda tayinlangan intizomiy javobgarlik esa bir oylik muddatdan so'ng olib tashlangan hisob lanadi. Qayta huquqbuzarlik (nojo'ya xatti-harakat)ni sodir etish — tamom bo'lmagan intizomiy javobgarlikka tortish muddatini tuga- tadi. Intizomiy javobgarlikni qo'llash to'g'risidagi yangi buyruqning qabul qilinishi bilan esa ikkala javobgarlik boyicha muddat bosh lanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling