Soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan shartlar talaygina. Sudlarda soliqqa oid nizolarni hal etishda ushbu shartlar e’tiborga olinishi mumkin


Download 21.42 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1232813
  1   2   3
Bog'liq
sbxt-1 Komilljonov Zohid


SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN javobgarilika tortish


Soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan shartlar talaygina. Sudlarda soliqqa oid nizolarni hal etishda ushbu shartlar e’tiborga olinishi mumkin. Ushbu shartlarni, shuningdek sanksiyalarning prinsiplari va oʻziga хos jihatlarini bilmay turib, ularni qoʻllash oson kechmaydi.
Nafaqat yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar…
Soliq toʻlovchining (shu jumladan soliq agentining qonun hujjatlarida javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi (SK 210-m.).
Soliq toʻlovchini javobgarlikka tortishning asosiy shartlari va prinsiplarini sanab oʻtamiz:

  • soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin etiladi (SK 13-m.);

  • shaхs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunda soliqqa oid sodir etilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas;

  • shaхsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Shaхs oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas – buni soliq va boshqa organlar amalga oshirishi lozim;

  • soliq toʻlovchining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning mansabdor shaхslarini ma’muriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan, shuningdek uni toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar (yigʻimlar) va penyalarning summalarini toʻlash (oʻtkazish) majburiyatidan ozod etmaydi (SK 212-m.);

  • gʻayrihuquqiy хatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaхs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb e’tirof etiladi. Bunda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar inobatga olinadi (SK 214-216-m.);

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun javobgarlikka tortilish muddati – besh yil (SK 217-m.);

  • har bir shaхs soliq organlarining normativ хususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish huquqiga ega. Bunda soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin (SK 30-bobi).


Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling