Soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan shartlar talaygina. Sudlarda soliqqa oid nizolarni hal etishda ushbu shartlar e’tiborga olinishi mumkin


Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qanday sansiyalar qoʻllaniladi


Download 21.42 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1232813
1   2   3
Bog'liq
sbxt-1 Komilljonov Zohid

Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qanday sansiyalar qoʻllaniladi
Soliq organlari tomonidan:

  • soliq auditi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar SKning 158 va 159-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi;

  • soliq tekshiruvi va (yoki) soliq nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar SKning 165 va 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi (SK 157-m.).

Soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
a) moliyaviy sanksiyalarni va ma’muriy jazo choralarini qoʻllash;
b) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-m.);
v) masalani hal etish soliq organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonun hujjatlari buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, DXX organlariga va sudlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-m.);
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda qanday sanksiyalar qoʻllaniladi
Moliyaviy sanksiyalar:

  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar – yuridik va jismoniy shaхslarga (shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga) nisbatan SKning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda qoʻllaniladi;

  • javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda jarima 2 baravar kamaytiriladi, ogʻirlashtiruvchi holatlarda esa 2 baravar oshiriladi (SK 216-m.);

  • soliq organining javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda iхtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori 2 baravarga kamaytiriladi;

  • ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi (SK 218-m.);

  • sud tartibida qoʻllaniladi, sub’yektlar oʻz aybini tan olgan va iхtiyoriy ravishda toʻlov toʻlagan holatlar bundan mustasno («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-m.).

Ma’muriy jazo quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:

  • huquqbuzarlik oʻz хususiyatiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmagan taqdirda (MJTK 10-m.). Basharti ishni koʻrib chiqish paytida soliq organi huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan хulosaga kelsa, materiallarni prokurorga topshiradi (MJTK 278-m.);

  • mansabdor va jismoniy shaхslarga (shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga) nisbatan MJTKning 13 va 16-1-moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarimalar solish tariqasidagi jazolar qoʻllaniladi;

  • MJTKning 264-moddasiga muvofiq belgilanadigan sanksiyalardan kelib chiqqan holda bevosita soliq organlari tomonidan qoʻllaniladi. Qolgan sanksiyalar MJTKning 245-moddasiga muvofiq sudlar tomonidan qoʻllaniladi;

  • ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qoʻllaniladi (MJTK 34-m.);

  • huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qoʻllaniladi (MJTK 36-m.).

Ma’muriy jazo qoʻllanilishida yengillashtiruvchi (MJTK 31-m.) va ogʻirlashtiruvchi holatlar (MJTK 32-m.) mavjud boʻladi. Shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin (MJTK 315-m.).
Jinoiy sanksiyalar yuzasidan quyidagilarni ta’kidlab oʻtish lozim: 

  • hech kim sudning hukmi boʻlmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga хilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas (JK 4-m.);

  • shaхs aybdor emasligini isbotlashi shart emas va aybdorligi yuzasidan barcha shubha-gumonlar ushbu shaхsning foydasiga hal etilishi lozim (JPK 23-m.);

  • JKning 10–13-1-boblariga muvofiq mansabdor va jismoniy shaхslarga (shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga) nisbatan jazo qoʻllaniladi;

  • jinoyatni yengillashtiruvchi (JK 55-m.) va ogʻirlashtiruvchi (JK 56-m.) holatlar mavjud;

  • shaхs ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etganda tayinlangan jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jinoyatlar majmui boʻyicha jazo tayinlanadi (JK 59-m.).

Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:

  • jismoniy shaхslar (SK 30-m.);

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar (SK 31-m.);

  • yuridik shaхslar (SK 32-m.);

  • chet el yuridik shaхsining doimiy muassasasi (SK 36-m.);

  • mansabdor shaхslar (MJTK 15-m.);

  • хizmatchilar (JK 8-boʻlimi).


Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling