1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti — bu ma’muriy huquq normalari bilan o'matilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy muno sabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat bosh qaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’- muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy-huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (konsti tutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga — ma’muriy javobgarlik norma lari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin. Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obyekti, odatda. uch guruhga bo'linadi: birinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy obyekti — davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy muno sabatlar. Masalan, O'zR MJtKning 10-moddasi 1-qismida ma’ muriy huquqbuzarlik obyekti umumiy holda — «shaxs, fuqarolar- ning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit» ko'rsatib o'tilgan; ikkinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obyekti — mazmuni va o'zaro yaqin xususiyatlariga qarab yagona tizimga keltirilgan obyektlardir. Masalan, O'zR MJtKning maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 1) fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar; 2) aholi sog'lig'ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar; 3) mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar-; 4) tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; 5) sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiya- sidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; 6) qishloq xo'jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish; 7) transportdagi, yo'l xo'jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbu zarliklar; 8) fuqarolaming turarjoy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar; 9) savdo tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar; 10) odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 11) jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 12) boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi hu quqbuzarliklar; uchinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obyekti — huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan, aniq obyekt hisoblanadi. Masalan, O'zR MJtKning 40-moddasida mustahkam- langan tuhmat huquqbuzarligining bevosita obyekti — fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi; yoki 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tor- tishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obyekti bo‘lib — boshqaruv jarayonida o‘matilgan tartib, ya’ni fuqarolaming harbiy yoki muqobil xizmatni o'tash majburiyati hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling