1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi


Download 1.49 Mb.
bet50/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi tushunchasi
Huquqqa xilof, aybli va jazoga sazovor qilmishning xususiyatini o'zida ifoda etgan barcha huquqbuzarlik ham ma’muriy huquq­ buzarlik hisoblanmaydi. Gap shundaki, aniq bir qilmishda ma’­ muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo'lmasligi mumkin va bu holat qilmishni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilishiga olib kel­ maydi. Yuridik adabiyotlarda, «huquqbuzarlikning yuridik xususiyatlari» va «huquqbuzarlik tarkibini ifodalovchi xususiyatlar» tushunchalari ko'rsatib o,‘tilgan. Huquqbuzarlikning yuridik xususiyatlari — bu qilmishning huquqqa xilofligi, aybning mavjudligi va jazoga sazo- vorligi hisoblanadi (oldingi paragraflarga qarang).
Huquqbuzarlik tarkibini ifodalovchi xususiyatlar esa — bu — qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sodir etilgan qilmishni huquqbuzarlik sifatida ifodalash mumkin boMgan xususiyatlardir. Yuridik javobgarlikning asosi sifatida huquqbuzarlikning na­ moyon bo'lishi, uning subyektiv va obyektiv xususiyatlarga ega bo'lishiga bog'liqdir. Bu ikkala tushunchani farqlash nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir.
Masalan, transportda 16 yoshga to'lmagan bolaning chiptasiz yurishi — huquqbuzarlikning yuridik xususiyat­ larini keltirib chiqarishi mumkin. Lekin huquqbuzarlik tarkibining asosiy xususiyatlaridan birining (masalan, huquqbuzarlik subyekti) bo'lmaganligi javobgarlikni vujudga keltirmaydi. Huquqbuzarlik tarkibini ifodalovchi o'zaro yaqin xususiyatlar birlashib, huquqbuzarlik tarkibi elementlarini tashkil etadi.
Huquqshunos olim Yu.M.KozIovning fikricha, ma’muriy hu­ quqbuzarlikni tavsiflashda uning yuridik tarkibi katta ahamiyatga egadir. Ma’muriy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi — bu uning ichki tuzilishini anglatuvchi yuridik xususiyatdagi elementlar yig'in- disidir.1 Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi tushunchasini anglash va uni aniqlash — ma’muriy javobgarlikka tortishning qonuniyligini ta’­ minlaydi, ma’muriy huquqbuzarlikning boshqa huquqbu-zarlik- lardan farqini belgilab beradi. Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi — bu ma’muriy huquqlari bilan o'matilgan xususiyatlarning yig'indisi bo'lib, ulaming mavjud bo'lishi bilan aniq bir qilmishlar — ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tan olinadi. Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy huquq­ buzarlik ham: huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni kabi xususiyatlar yig'indisidan iborat boiadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling