1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquqbuzarlikning o'ziga xos xususiyatlari
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquqbuzarlikning o'ziga xos xususiyatlari
Yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, davlatning huquqiy tizimi, odatda, uch guruh: jinoiy, ma’muriy va intizomiy jazo sanksiyalari bilan muhofaza qilinadi. Jumladan, aniq holatlarga qarab saylov huquqini, mulkchilikni, mehnat, sanitariya, ekologiya qoidalarini buzish uchun jinoiy yoki ma’muriy yoxud intizomiy javobgarlik qo'llanilishi mumkin. Ushbu javobgarliklaming birinchi — o'x shashlik tomoni shundan iboratki, ular huquqiy tartibotni muho faza qiladi; ikkinchidan — bu javobgarlik sanksiyalari qonunlar bilan o'ma tilgan; uchinchidan — ular huquqqa xilof aybli qilmish (huquqbuzar liklar) uchun qo'llaniladi; to'rtinchidan — qonun hujjatlarida javobgarliklarni qo'llash jarayoni va javobgarlikni qo'llovchi organlarning vakolatlari ko'r satib o'tilgan; beshinchidan — ularni qo'llash aybdor shaxsga nisbatan «no- xush» oqibatlarni, shuningdek, ma’lum bir muddatda javobgarlikka tortilganlikni (masalan, jinoyatda sudlanganlik, ma’muriy va intizomiyda bir yillik muddat) olib keladi. Demak, jinoiy, ma’muriy Va intizomiy javobgarlik ko'pgina o'xshash tomonlarga egadir. Lekin qonuniylik tartibini ta’min- lashda huquqbuzarlikni to'g'ri tasniflash, aybdor shaxsni qonuniy va asoslantirilgan jazoga tortish maqsadida, huquqbuzarlik ko'ri- nishlarini farqlash lozim bo'ladi. Jinoyat nojo'ya xatti-harakatdan (ma’muriy, intizomiy) bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu birinchi navbatda, huquqqa xilof qilmishning ijtimoiy xavfi va turi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasiga binoan ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan - jinoyat deb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan obyektlarga zarar yetka- zadigan yoki shunday zarar etkazish real xavfni keltirib chiqa radigan qilmish - ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi. To'g'ri,- har qanday huquqqa xilof qilmishdan kelib chiqadigan moddiy, ya’ni jamiyatga keltiriladigan zarar darajasi birinchi o'rinda turadi. Aynan unga qarab huquqqa xilof qilmishning turi: jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik ekanligi masalasi hal qilinadi. Ikkinchidan esa mazkur javobgarliklarni farqlashda turli protsessual normalar orqali tartibga solinganligi, shuningdek, sudlanganlik va ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortilganlik masalasi e’tiborga olinadi. Yuridik adabiyotlarda, huquqbuzarliklaming ijtimoiy xavfi ma salasi boyicha ikki xil yondashuv mavjud. Ko'pgina huquqshunos olimlar, huquqbuzarliklaming barchasi ijtimoiy xavfli, ya’ni jino yatlar — ijtimoiy xavfi yuqori bo'lgan, nojo'ya xatti-harakatlar esa kam ahamiyatli huquqbuzarlik, deb ko'rsatishadi. Ba’zi huquqshunos olimlar ko'rsatishicha, huquqbuzarliklar o'rtasida miqdoriy daraja (ijtimoiy xavfning yuqori yoki kam aha- miyatliligi) emas, balki aniq sifat farqlari mavjud. Jinoyat ijtimoiy .xavfli, nojo'ya xatti-harakatlar esa ijtimoiy xavfli emas. Huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfi mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risidagi masala tegishli davlat organlari vakolatiga kirib, huquqbuzarlik tarkibining xususiyatlarini aniqlash orqali hal qilinadi. Nojo'ya xatti-harakatlami ijtimoiy xavfli qilmishga kirishi yoki kirmasligi masalasi ancha vaqt davomida munozarali bo'lib kel- moqda. Ijtimoiy xavfli qilmishning aniq darajalari o'mat il mas ekan, yagona qarorga kelish mushkuldir. Masalan, belgilanmagan joydan ko‘chani kesib o‘tish, transportda chiptasiz yurish, harbiy ro'yxatda turish majburiyatini bajarmaganlik va boshqa shunga o'xshash xatti- harakatlar ijtimoiy xavfli deb topilsa, «ijtimoiy xavfli» degan so'zning tushunchasi nima, bu tushunchaning chegarasi qaerda, degan savol vujudga keladi. Ijtimoiy xavfli qilmish — bu ijtimoiy munosabatlarga ma’lum bir zarar keltiradigan yoki keltirishi mumkin bo'lgan qilmishdir. Bunday xatti-harakatlarning yig'indisi ma’lum bir tarixiy sharoitda, jamiyatning mavjud bo'lishiga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli, barcha huquqbuzarlikni (shuningdek, ma’muriy nojo'ya xatti-harakatlami) ijtimoiy xavfli qilmish deb topish mumkin emas. Ba’zi bir huquqshunos olimlar, ma’muriy nojo'ya xatti-hara- katlarda ijtimoiy xavf mavjud bo'lishini, butunlay inkor etishadi. Lekin shu holatga ham e’tibor berish kerakki, umumiy qoidaga to'g'ri kelmasa ham ba’zi bir nojo'ya xatti-harakatlar ijtimoiy xavfni vujudga keltirishi mumkin. Nojo'ya xatti-harakatlar, odatda, ijtimoiy xavflilik xususiyatiga ega bo'lmasdan, ijtimoiy zararli qilmish hisoblanadi. Demak, jinoyatning nojo'ya xatti-harakatdan asosiy farqi, unda qilmish ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Masalan, aynan bitta ko'rinishga ega bo'lgan, lekin ikki xil javobgarlikni vujudga keltiradigan huquqbuzarlikni, ya’ni jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik o'rtasidagi farqni, ijtimoiy xavflilik daraja sida ko'rish mumkin. Jumladan, O'zR MJtKning 41-moddasiga bi noan haqorat qilish, ya ’ni shaxsning sha ’ni va qadr-qimmatini qasd dan kamsitish — ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. O'zR JKning 140-moddasiga binoan esa haqorat qilish, ya ’ni shaxsning sha ’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma ’muriy jazo qo ‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo'lsa, jinoyat hisoblanadi. Bunda, haqorat qilish harakati ma’muriy jazo qo'llanilgandan so'ng, qayta sodir etilishi ijtimoiy xavfni (jinoiy qilmishni) vujudga keltiradi. Qonun chiqaruvchi ma’muriy huquqbuzarliklarga tavsif berar ekan, jinoyatlardan farqli o'laroq, ularni ijtimoiy xavfli xatti- harakatlar deb atamagan (Qarang, O'zR MJtKning 10-moddasi 1-qismi). Bu bilan huquqbuzarliklar mazkur ikki turining sifat farqlari qayd etilgan. Ma’muriy huquqbuzarliklar o'rtasida jinoyatlarga tutashib keta- diganlari va ularga yaqin turadiganlari ham mavjud bo'lib, ular o'rtasidagi chegarani aniqlash muammosi vujudga keladi. O'zbe kiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi Maxsus qismining ko'pgina ifodalari ma’muriy huquqbuzarliklar bilan ularga yaqin jinoyatlar o'rtasidagi aniq chegaraga ega emas yoki ana shunday chegaralar hamma vaqt ham ko'zga tashla- navermaydi. Ular faqat Jinoyat kodeksi bilan Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalari qiyoslanganda namoyon bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o'r tasidagi farqlovchi xususiyatlar (chegara chiziqlari) sifatida: birin chidan, og'ir oqibatlaming mavjudligi, ana shunday oqibatlaming ro'y berishi mumkinligi; ikkinchidan, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zaraming miqdori; uchinchidan, ma’muriy jazo qo'lla- nilgandan so'ng takroran huquqbuzarlikni sodir etish va boshqalar ko'rsatib o'tiladi. Qilmish jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasnif- langandan so'ng, javobgarlikka tortish tartibi, jazo chorasi va bosh- qalarda namoyon bo'luvchi ikkinchi darajali xususiyatlar vujudga keladi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga binoan 16 yoshga to'lgan fuqarolar, Jinoyat kodeksiga binoan esa ayrim jinoyatlar uchun 13 yoshga to'lgan fuqarolar javobgarlikka tortiladi; • ma’muriy javobgarlikda uni qo'llash jarayoni soddalash tirilgan (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga bayonnomani tuzish orqali ma’muriy jazoni qo'llash mumkin), jinoyatda esa jinoyat protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish lozim; • ma’muriy javobgarlik sud va boshqa davlat oiganlari tomo nidan, jinoiy javobgarlik esa faqatgina sud organlari tomonidan qo'llanishi mumkin va h.k.lar. Ma’muriy nojo'ya xatti-harakatlar bilan intizomiy nojo'ya xatti-harakatlami taqqoslaganda, ulaming ikkalasi ham ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanmasligini e’tiborga olish lozim. Lekin ulaming formal xususiyati — huquqqa xilofliligi nuqtayi nazaridan kelib chiqqanda, ma’lum bir farqli toiponlar mavjud. Ma’muriy huquqbuzarlik bilan bog'liq boigan barcha holatlar uning tarkibi, sanksiyalar tizimi va boshqalar ma’muriy huquq bilan tartibgasolinadi. Intizomiy nojo'ya xatti-harakatlarga. qarshi kurashish — mehnat qonunchiligi bilan, harbiy xizmatchilaming, yig'inga cha- qirilgan harbiy xizmatga majburlar hamda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslaming inti zomiy javobgarligi — ma ’muriy qonunchilik (intizom ustavlari) bilan, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslaming esa — jinoyat ijroiya qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Bunda intizomiy nojo'ya xatti- harakatlaming tarkibi umumiy holda ko'rsatib o'tilgan, ya’ni aniq- lashtirilmagan. Intizomiy javobgarlik, odatda, xizmat vazifalarini bajarmagan- likdan yoki lozim darajada bajarmaganlikdan vujudga keladi. Ma’ muriy javobgarlik esa umumiy qoidaga binoan, davlat boshqaruvi sohasidagi umumajburiy qoidalarning bajarilmaganligidan yoki lo zim darajada bajarilmaganligidan kelib chiqadi. Demak, ma’muriy javobgarlik tomonidan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi, intizomiy javobgarlikka qaraganda, kengroqdir. Intizomiy nojo‘ya xatti-harakatlar-uchun intizomiy javobgarlik vakolatli rahbar (yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs) tomonidan o'ziga bo‘ysungan shaxsga nisbatan, ma’muriy javob- garlikda esa — vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan xizmat boyicha bo'ysinuv mavjud bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi. Demak, ma’muriy huquqbuzarlik (nojo'ya xatti-harakat) tu shunchasi jinoyat va intizomiy nojo'ya xatti-harakat tushuncha- lariga yaqin turishi bilan bir vaqtda, turli asoslarga ko'ra farqla- nuvchi va o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga ham egadir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling