1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ommaviy tadtiirlar o'tkazishda qo'llaniladigan choralar


Download 1.49 Mb.
bet47/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ommaviy tadtiirlar o'tkazishda qo'llaniladigan choralar
O'zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi «Ommaviy tadbirlarni o'tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 15-son Qarori!ga binoan, ushbu g'oidalar ommaviy tadbirlarni o'tkazish paytida jamoat xavfsizligini ta’min­ lash va tartibni muhofaza qilishga qaratilgan hamda ommaviy tadbirlar o'tkazish tartibini va ular qatnashchilari munosabatlarini tartibga soladi.
Mazkur qoidalar maqsadlari uchun ko'ngilochar, teatr-tomosha, konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlarini, shuningdek, kamida 100 kishi ishtirokida umum- xalq, diniy, professional bayramlami o'tkazish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda, maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tashkil etiladigan kishilami to'plash — ommaviy tadbir deb e’tirof etiladi. Davlat hokimiyati va boshqamv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ommaviy tadbirlarni o'tkazish tashkilotchilari bo'lishlari mumkin. Tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutil­ gan tomoshali chiqishlami (harakatlarni) bevosita amalga oshiruv­ chi boshqa shaxslar hamda tomoshabinlar — ommaviy tadbirlar qatnashchilari hisoblanadi. Ommaviy tadbirlarni o'tkazishda jamoat tartibi muhofaza qilinishini va xavfsizlikni ta’minlash ichki ishlar organlari tomo­ nidan amalga oshiriladi. Ommaviy tadbirlar о ‘tkazish vaqtida ichki ishlar organlari:
1) tadbirlarni o'tkazish chog'ida jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog'liq xarajatlami qoplash yuzasidan ommaviy tadbirlarni o'tkazish tashkilotchilari bilan shartnomalar tuzish; 2) tadbir o'tkaziladigan joyga odamlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi buyumlar va ashyolar olib kirilishiga yo'l qo'ymaslik maq­ sadida qatnashchilar, shu jumladan, maxsus texnik vositalar qoi- lanilgan holda, ularning havfsizligini amalga oshirish; 3) ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan, inshootlar va tad­ birlar o'tkaziladigan boshqa obyektlar ma’muriyatidan: inshootdagi o'rinlar sonidan yoki tomoshabinlar va tadbir qatnashchilari uchun tayyorlangan joylardan ortiqcha chiptalar sotmaslikni va maxsus ruxsatnomalar tarqatmaslikni; o'tish joylari va evakuatsiya yo'llari har xil buyumlar bilan to'sib qo'yilmasligini; inshoot ichida va unga tutashib ketgan hududda spirtli ichim- liklar bilan savdo qilish taqiqlanishi talab qilish; 4) obyektlar ma’muriyatiga obyektga keluvchilar, ayniqsa, yoshlar va o'smirlar bilan qatnashchilar va tomoshabinlarning o'zi­ ni tutish qoidalariga rioya etishlari boyicha ko'rgazmali tashviqot, mahalliy retranslatsiya tarmog'i va boshqa vositalardan foydalangan holda vaqti-vaqti bilan tushuntirish ishlari olib borish majburiyatini yuklash; 5) yong'in xavfsizligi talablari bajarilishini; 6) inshootlar ma’muriyatining puxta tayyorgarlik ko'rgan xodimlarining kuchlari bilan nazorat-o'tkazish rejimi tashkil eti­ lishini, qatnashchilar va tomoshabinlar ular tomonidan sotib olin­ gan chiptalar, maxsus ruxsatnomalar va taklifnomalarga muvofiq tribunalar va sektorlarga joylashtirilishini tashkil etishini talab etish kabi huquqlaiga ega.
X.R.Alimov ma’muriy cheklov choralarini ikki toifaga bo'lib, ikkinchi toifaga ichki ishlar organlarining maxsus ma’muriy cheklov harakatlarini, ko'rsatib o'tadi. Uning fikricha, bu choralar ma’muriy cheklovning boshqa choralari bilan bartaraf etish mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llanilishi mumkin. Maxsus ma’muriy cheklov chora­ lariga quyidagilar kiradi: a) o'qotar qurolini qo'llash; b) sambo uslublarini qo'llash; d) ta’sir ko'rsatishning boshqa vositalari.1
Ma’muriy qayta tiklov choralari — yetkazilgan zararni qoplash, oldingi holatni tiklash maqsadida qo'llaniladi. Shu sababli, bu choralaming turi va hajmi ko‘p jihatdan, huquqqa xilof harakat orqali yetkazilgan zarar hajmi va xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, qayta tiklov choralariga, o'zboshimchalik bilan qurilgan bino va boshqa obyektlami buzish, o'zboshimchalik bilan egallab olingan turar joydan majburiy chiqarish, tashkilotdan qonunga zid ravishda olingan mol-mulkni olib qo'yish, boqimandani, penyani undirish va h.k.lar kiradi. O'zboshimchalik bilan qurilgan obyektlar (uy, chorbog', garaj, omborxona va h.k.lar) majburiy tartibda buzilishi mumkin. Ob’ekt- larni buzishdan oldin, hokimiyatning tegishli subyekti tomonidan huquqbuzar ogohlantiriladi. Agar huquqbuzar o'z kuchi va vosita­ lari yordamida obyektni buzmasa, yer uchastkasini belgilangan tartibga keltirmasa, majburiy holda tegishli organ tomonidan aybdoming hisobidan obyekt buziladi. Moliyaviy sanksiyalar. boqimandani undirish va penya ham ma’muriy qayta tiklov chorasiga kiradi.
Boqimanda — bu budjetga yoki davlat budjetdan tashqari jamg'armalariga o'z vaqtida kiri- tilmagan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning summasidir. Bo­ qimanda aniqlanganda, soliq xizmati organlari belgilangan mud­ datda boqimandani qoplash boyicha soliq toiovchiga yozma shakldagi talabni yuboradi. Agar, ko'rsatilgan talab bajarilmasa, boqimanda soliq to'lovchining mulkiga qaratilishi mumkin. Penya - to'lanishi kcchiktirilgan summaning har bir kuniga belgilanadigan ma’lum bir miqdorda undiriladigan pul summasi hisoblanadi.
Umumiy qoidagi ko'ra, penya — boqimanda vujudga kelgan vaqtdagi davlat organi tomonidan belgilangan foiz miq- dorida bo'ladi. Penyani to'lash — qayta tiklov sanksiyasining baja­ rilishi hisoblanadi. Qayta tiklov sanksiyalarining o'ziga xos xusu­ siyati shundan iboratki, ular ixtiyoriy ravishda ijro etilishi mumkin. Hech qanday hokimiyat oiganining aralashuvisiz, aybdor subyekt huquqqa xilof harakat oqibatida yetkazilgan zararlami qoplashi mumkin.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. Majburlov tushunchasi.
2. Huquqiy majburlov va uning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Ma’muriy-huquqiy majburlov tushunchasi.
4. Ma’muriy-huquqiy majburlovning xususiyatlari.
5. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlari.
6. Ma’muriy ogohlantiruv choralari tushunchasi va maqsadi.
7. Shaxsni ko'rikdan o'tkazish.
8. Ashyo va hujjatlarni olib qo'yish.
9. Transport vositalarini ushlab turish va ko'rikdan o'tkazish.
10. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati.
11. Davlat sanitariya nazorati.
12. Karantin e’lon qilish.
13. Ma’muriy cheklov choralari tushunchasi va maqsadi.
14. Ushlab turish.
15. Majburiy davolash.
16. Ommaviy tadbirlar o'tkazishda qo'llaniladigan choralar.
17. Ma’muriy qayta tiklov choralari.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling