1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet43/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy majburlov
Majburlov tushunchasi
Majburlov — bu bo'ysinuvchi subyektning irodasini rad etish va uning xulq-atvoriga tashqi ta’sir ko'rsatish hisoblanadi. O'matilgan tartibning (ko'rsatmaning) bajarilmaganligi sababli, hokimiyat subyektining irodasi buziladi. Hokimiyat subyekti irodasini qayta tiklash va bo'ysinuvga erishish maqsadida, ikkinchi subyektning irodasiga — axloqiy, mulkiy, tashkiliy, jismoniy ta’sir ko'rsatiladi. Majburlov orqali — huquq tartibot, mulkchilik, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari va manfaatlari, ommaviy hokimiyatning normal faoliyat yuritishi ta’minlanadi. Majburlov — hokimiyatni amalga oshirishning asosiy uslubidir. Jamiyatda majburlovning turli ko'rinishlari mavjud bo'lib, ta’sir etish obyektiga qarab: ruhiy, moddiy, tashkiliy va jismoniy ta’sir etishga bo'linadi. Masalan, shaxsga, uning mulkiga qaratilgan ta’sir etish — jismoniy, ishdan bo'shatish, huquqdan mahrum etish, tashkilotni tugatish — tashkiliy ta’sir etish hisoblanadi. Lekin majburlovning bunday turlarga bo'linishi shartlidir. Majburlov choralari huquqning individual subyektlariga ham, jamoa subyektlariga ham qo'llanilishi mumkin. Majburlov choralarini yurdik tabiatiga ko ra qonuniy va qonun­ ga zid choralarga bo'lish mumkin. Qonuniy majburlov choralari — vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qonunga zid majburlov, masalan, boshqa davlatlarning agressivasi, o'zga hududni bosib olishi, tashqi tazyiq va boshqalarda namoyon bo'lishi mumkin.
Mamlakat ichida esa hokimiyat tuzilmalarining mansab suiiste’molliklari, vakolat doirasidan chetga chiqish, mansabdor shaxslaming xizmat vazifa­ lariga sovuqqonlik bilan qarashida ifodalanishi mumkin. Majburlov choralari, huquqshunoslami, birinchi navbatda hu­ quq tartibotni ta’minlash va davlat faoliyatining ma’lum bir uslubi sifatida qiziqtiradi. Huquqshunoslik fani huquqiy normalar asosida qo'llaniladigan hamda ommaviy hokimiyat ko'rsatmalariga rioya etilishiga olib keladigan huquqiy majburlovm o'rganadi.
Huquqiy majburlov: — birinchidan — insonlaming qonunga zid, jamiyat uchun zararli bo ‘Igan xulq-atvoriga nisbatan davlat organlarining ta 'siri sifatida namoyon bo'ladi. Majburlov choralari — huquqiy aktlarda ifoda­ langan iroda bilan uni buzgan shaxsning individual irodasi o'rtasidagi qarama-qarshilikka asoslanadi. Agar qonun talablarini buzadigan harakatlar sodir etilmasa, majburlov choralari ham mav­ jud bo'lmaydi. Aynan shu yerda huquqiy normaning chegarasi namoyon bo'ladi. Shtatning qisqarishi munosabati bilan ishdan bo'shatish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun yerni olib qo'yish, sog'lig'ini yo'qotgan shaxsni avtomobil transportini boshqarish huquqidan mahrum etish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish erkinligini cheklash va h.k.lar insonlaiga salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramasdan, majburlov choralari hisoblanmaydi. Har qanday «no- xush» oqibat ham, yuridik aktlarda ifodalangan bo'lishidan va shaxslaming ongli harakatlaridan kelib chiqqanligidan qat’i nazar, majburlov chorasi hisoblanmaydi. — ikkinchidan — qonun normalari talablarini buzgan huquqning aniq subyektiga nisbatan qo'llaniladi.
Bu — subyektning xulq-atvo- riga tashqi ta’sir ko'rsatish bo'lib, huquqiy ko'rsatmalarni bajarishga majbur qiladi. yangi huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo'l qo'ymaydi, aybdomi va o'rab tuigan muhitni tarbiyalashga xizmat qiladi. — uchinchidan — yurisdiksiyaviy, huquqni qo ‘llash aktlari orqali amalga oshiriladi. S.S.Alekseevning ko'rsatishicha, huquqiy normalarning o'zi, faqatgina majburlov imkoniyatini nazarda tutadi. Haqiqatda esa huquqiy tartibga solishning hokimiyat-majburlov xususiyati — hu% quqni qo'llash. aktlarida ifodalanadi.1 — to'rtinchidan, huquq asosida qo'llaniladi. Huquqiy normalar — qanday choralar, qanaqa sharoitlarda, kim tomonidan va qanday tartibda amalga oshirilishini belgilab beradi. Qonunchilik hujjatlari bilan hokimiyat organlari tomonidan qo'llaniladigan majburlov choralarining asoslari va xususiyatlari o'matiladi. Qonuniy asoslar mavjud bo'lganda qanday majburlov choralari va qanday tartibda qo'llanilishi normativ tartibda o'matiladi. Majburlov choralarini qo'llash jarayonini, majberlov subyektlari doirasi va ulaming kompetensiyasini huquqiy tartibga solish katta ahamiyatga ega..
Majburlov ta’sirini ko'rsatish jarayoni huquq bilan o'matiladi hamda fuqarolar va tashkilotlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolatlarini shakllantiradi. Har qanday majburlov chorasini — huquq normasi bilan ruxsat etilgan shaxsning maqomini o'zgartirish ma’nosida tushunish lozim. Vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar, faqatgina huquqiy doirada, majburlov choralarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi. — beshincftidan, huquqiy majburlovni tartibga solishda davlat «monopoliyasi» mavjud. Davlat qaysi organlar tomonidan, qanday tartibda va qanday majburlov choralarini qo'llashini tartibga soluvchi huquqiy aktlarni qabul qilish vakolatiga ega. Majburlovning maxsus apparatiga ega bo'lgan davlatgina, fuqarolarga va tashkilotlarga nisbatan majburlov choralarini qo'llashi mumkin. Davlatning huquqiy normalari asosida fuqarolar va nodavlat tashkilotlariga o'zini himoya qilish huquqi beriladi, shuningdek, mahalliy va xususiy tashkilotlarga — intizomiy majburlovni qo'llash huquqi beriladi. Rossiya Federatsiyasida davlatning majburlov choralarini qo'llash huquqi, masalan ma'muriy-huquqiy majburlovning ayrim choralari, mahalliy tashkilotlarga (xalq drujinachilari) va ba’zi bir jamoat tashkilotlariga (jamoat inspeksiyalari) berilishi mumkin.1 Nodavlat tashkilotlari va fuqarolar qonun hujjatlarida belgi- - langan tartibda, davlat ko'rsatmasiga binoan va davlatning bevosita nazorati ostida majburlov choralarini qo'llashlari mumkin.
Demak, huquqiy majburlov — huquq tartibotni ta’minlashning asosiy uslublaridan biri bo'lib, qonunda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan huquqning aniq bir subyektiga qo'llaniladi. Huquqiy majburlovning turli choralarga va ko'pgina o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi sababli, ularni turli asoslarga ko'ra tasniflash mumkin. Masalan, birinchi navbatda, ular sud va suddan tashqari qo'llaniladigan majburlov choralariga bo'linadi. Majburlov choralarini o'matuvchi huquq tarmoqlariga ko'ra, ular davlat, fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, mehnat va ma’­ muriy majburlovga bo'linadi.
Majburlov faoliyatining asosiy vazifasi — huquqiy tartibotni himoya qilishdir. Huquqiy tartibot1 — bu jamiyatda o'matilgan tartibning bir qismi bo'lib, huquqiy normalami amalga oshirish natijasida paydo bo'ladi, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy mun- sabatlami huquqiy vositalar orqali tartibga soladi. Qonuniylik huquqiy tartibot bilan uzviy bog'liq bo'lib, u orqali amalga oshiriladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling