1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


-Mavzu:Ma’muriy –huquqiy uslublar


Download 1.49 Mb.
bet40/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

11-Mavzu:Ma’muriy –huquqiy uslublar


Reja:
1. Davlat boshqaruvi uslublari
2. Ishontirish — boshqaruv uslubi sifatida
3. Ma’muriy-huquqiy majburlov


DAVLAT BOSHQARUVI USLUBLARI
Davlat boshqaruvi uslublari tushunchasi va xususiyatlari
Boshqaruv shakli (ijro hokimiyati yoki boshqaruv harakatlari shakli) masalasi bilan tanishib chiqish, boshqa huquqiy hodisaning — boshqaruv uslublarini ham aniqlash lozimligini ko'rsatadi. Uslub — bu amaliy faoliyatning usuli, vositasi hisoblanadi. Boshqaruv shakllari va boshqaruv uslublarini bir-biridan ajratmagan holda ko'rib chiqish lozim. Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi va ma’muriy huquqiy (boshqaruv) uslublar, nomlanishi jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Lekin bu holat- ularning faqatgina tashqi ko‘rinishidan yaqinligini ko'rsatadi. Tartibga solish uslubi — ma’muriy huquqning asosiy funksiyasi bo'lib, boshqaruv munosabatlarini huquqiy tartibga soluvchi vosita hisoblanadi. Davlat boshqaruvi uslubi esa boshqaruv subyektlari (ijro hokimiyati oiganlari) oldida turgan barcha vazifalarni, shu jumladan, tartibga solishni ham, amaliy hal etish vositasi hisoblanadi.
Davlat boshqaruvi uslubi — ma’muriy huquq har qanday subyektining emas, balki ma’lum bir sohada boshqaruvni (ijro hokimiyatini) amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan subyektning funksiyasi hisoblanadi. Boshqaruv organlari normativ tusdagi hujjatni qabul qilganida, bu ikkala vosita bir-biriga mos kelishi mumkin. Lekin tartibga solish uslubi o'zining mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan davlat boshqaruvi uslublaridan ajralib turadi. Huquqiy tartibga solish hamma vaqt normativdir. Shu sababli, uning vositalari (ko'rsatma berish, taqiq, vakolat berish) tartibga solinadigan munosabatlaming barcha subyektlariga nisbatan qo'llaniladi. • Boshqaruv uslublari esa bunday vakolatga ega bo'lgan ijro hokimiyati organi (mansabdor
shaxs) tomonidan qo'llaniladi hamda ular yakkalashtirilgan, ya’ni individuallashtirilgandir. Yuridik adabiyotlarda boshqaruv uslublari turlicha nomlangan bo‘1 ishi mumkin, masalan, «boshqaruv harakatlarini amalga oshirish uslublari», «boshqaruv faoliyati uslublari», «та ’muriy huquqiy uslublar», «ijro hokimiyatini amalga oshirish uslublari» va hokazolar. Lekin bu tushunchalarning mazmuni bir xil, ya’ni davlat boshqa­ ruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bosh- qaruvni (boshqaruv harakatlarini) amalga oshirish, tegishli obyekt­ lar va shaxslarga ma’muriy ta’sir-ko'rsatish maqsadida, qonunchi­ likda ruxsat etilgan doirada, qo'llaniladigan usul va vositalardir.
Demak, boshqaruv uslubi — davlat boshqaruvi faoliyatining maqsadlariga erishish, vazifalarini bajarish va funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan huquqiy vositalar hisoblanadi. Boshqaruv shakli boshqaruv ta’siri usullarini o‘z ichiga oladi. Masalan, boshqaruv organi tomonidan ma’lum bir sohada nazo­ ratni amalga oshirish va javobgarlikni qo'llashi uchun mansabdor shaxsning majburiyatlarini o'matuvchi huquqiy akt qabul qilinishi lozim. Shakl uslubga qaraganda birlamchi hisoblanadi. Boshqamv uslubi boshqaruv subyektining obyekt bilan o'zaro munosabatga kirishganligini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqaruv uslubi boshqaruv shaklida, albatta, o'z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv shakli bo'lmaganida, bosh­ qamv uslublari, ya’ni boshqamv subyektining obyektga nisbatan ta’siri o'z ma’nosini va o'zining formal mazmunini yo'qotadi, amalda emas, balki xayolda qoladi. Masalan, ma’lum bir shaxsni ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortishga yoxud davlat budjeti mablag'laridan ma’lum bir obyektni moliyalashtirishga qaratilgan boshqamv faoliyati harakatlarini rasmiylashtirmasdan turib, ya’ni boshqaruvning tegishli huquqiy aktini qabul qilmasdan turib, amalga oshirib bo'lmaydi. Shu sababli, boshqamv uslublari boshqamv shakllari bilan va asosan huquqiy aktlami qabul qilish bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.
Davlat boshqamvi tizimida boshqamv uslublari muhim huquqiy vosita hisoblanadi. Ma’muriy huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan, boshqamv uslublari masalasini ikki ko'rinishda ko'rib chiqish maqsadga mu­ vofiqdir: birinchidan — boshqamv uslublari mavjud bo'lishini va ularning boshqamv sohasidagi ahamiyatini nazariy asoslash;
ikkinchidan — boshqaruv uslublarini amalga oshirish mexaniz- mini yaratish va normativ ta’minlash. Boshqaruv uslublari — ijro hokimiyati organlari tomonidan davlat boshqaruvi maqsadlari, vazifalari va funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minlash vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Boshqaruv uslublari yordamida davlat funksiyalari bevosita amalga oshiriladi. Uning vazifalari hal qilinadi, huquq-tartibot, fuqarolar va turli tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi. Boshqaruv uslublari — iqtisodiyot (xo'jalik), ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilish sohalarida ommaviy boshqaruvni amalga oshirishning zaruriy elementi hisob­ lanadi. Boshqaruv uslublari — boshqaruv ishi qanday amalga oshi­ rilishini, boshqaruv maqsadiga uning qanday usul va vositalari orqali erishilishini belgilab beradi. Boshqaruv uslublari — huquq subyektining boshqasiga nisbatan maqsadga muvofiq yo'naltirilgan ta’sir etish vositasidir.
Maxsus adabiyotlarda huquqshunos olimlar, boshqaruv uslub- lariga deyarli bir xilda yondashgan, boshqaruv uslublarining odatiy, o'ziga xos xususiyatlariga esa quyidagilar kiritilgan: 1) boshqaruv uslublarining mavjudligi — davlat hokimiyati ijro etuvchi organlarini tashkil etishga asoslanadi; 2) boshqaruv uslubining asosiy maqsadi yoki uning amaliy ahamiyati — davlat boshqaruvini, boshqaruv vazifalari va funksiya­ larining ijro hokimiyati organlari tomonidan amaliy bajarilishini ta 'minlashdan iborat; 3) boshqaruv uslublaridan boshqaruv faoliyatida qo'llaniladi va foydalaniladi, 4) davlat boshqaruvi subyekti va obyekti o'rtasida maxsus huquqiy munosabatlar mavjud bo ‘ladi. Bu munosabatlarda davlat organi yoki mansabdor shaxs turli vositalar — ishontirish, tarbiyalash, tartibga solish yoki majburlash choralarini qo'llash orqali o'z vakolatini amalga oshiradi. Bosh­ qaruv uslublari mazkur munosabatlarda boshqaruv subyekti va obyekti o'rtasida vujudga keladigan aloqa va munosabatlarni ifodalaydi; 5) huquqiy aktlarda boshqaruv ta’siri o'matiladi, ya’ni bosh­ qaruv uslubini qo ‘llash huquqiy tartibga solingan bo ‘ladi. Lekin boshqaruv amaliyotida huquqiy normalar bilan tartibga solinmagan (yoki ularda nazarda tutilmagan) uslublar (masalan, ishontirish, tarbiyalash) ham qo'llanilishi mumkin;
6) boshqaruv uslublari boshqaruv subyektlariga tegishli bo'lgan kompetensiya va vakolatlarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi; 7) boshqaruv uslublari boshqaruv subyektlari tomonidan obyekt­ ga nisbatan qo'llaniladigan vakolatlaming; tegishli subyekt yuridik hokimiyat vakolatlarining xususiyatlarini namoyon etadi; 8) har bir aniq holatda boshqaruv ta ’sirining mazmuni boshqaruv uslublari qo'llanilayotgan obyektning xususiyatlariga bog'liq bo'ladi (masalan, jismoniy shaxs yoki tashkilot, mulk shakli, vertikal bo‘ysinuvning mavjudligi va h.k.lar); 9) boshqaruv uslublari har qanday boshqaruv ta’siri singari, boshqaruv sohasida namunali (belgilangan) tartibni ta ’minlaydi; ular tashkiliy xususiyatga ega va boshqaruv tizimida yuz berayotgan jarayonlarni tartibga soladi', 10) boshqaruv ta ’sirini ko'rsatuvchi subyektlar tomonidan huquq ijodkorligi va individul-farmoyish berish vakolatlari amalga oshiriladi', 11) boshqaruv uslublarining doimiy harakatda bo 'lishi, ya ’ni ular boshqaruv tizimini, funksiya va vakolatlaming bajarilishini real ta ’minlaydi; 12) qonunchilikda boshqaruv uslublarini qo'llashning belgilangan tartibi mavjud bo 'ladi; 13) boshqaruv uslublarini qo'llashning tashkiliy-huquqiy shakl­ lari yoki ulami ifodalashning huquqiy shakllari mavjud bo 'ladi. Boshqaruv uslublar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv shakllariga bog'liq bo'lib, ularda ifodalangan bo'ladi. Shu ma’noda, boshqaruv uslublari va boshqaruv shakllari o'zaro chambarchas bog'liqdir. Masalan, ma’muriy majburlash uslubi aniq bir shaxsni ma’muriy jazoga (jarima, ma’muriy qamoq) tortishga qaratilgan individual aktni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv uslublari ma’muriy huquq ijodkorligi shaklida ham, masalan, boshqaruv ta’sirini ta’minlash maqsadida ma’lum bir normativ huquqiy aktni tayyorlash va qabul qilishda ham namoyon bo'lishi mumkin; 14) boshqaruv uslublari — boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta ’siri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Boshqaruv uslublari to'g'ridan-to'g'ri ta’sir etishi (masalan, hu- quqbuzarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki mansabdor shaxs­ larga intizomiy javobgarlikni qo'llash) yoki egri ta ’sir etishi mumkin (masalan, qonunchilikda nazarda tutilgan davlat xizmatchilari uchun cheklovlarni amalda tatbiq qilish yoki, aksincha, rag'bat­ lantirish choralarini qo'llash); 15) boshqaruv uslubida boshqaruv obyektiga yakka yoki jamoa ta ’sirini ko 'rsatish mavjud bo ‘ladi;
16) boshqaruv uslublarini qo'llashning vaqtinchalik xususiyatga ega bo ‘tishi, ya ’ni boshqaruv ta ’siri hamma vaqt ham uzoq muddatga emas, balki ma ’lum bir muddatga mo ‘Ijallangan bo ‘ladi. Yu.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv uslublariga quyidagi xu­ susiyatlar xos bo'lib hisoblanadi: — boshqaruv uslublari ijro hokimiyatini amalga oshirish maq­ sadlari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir; — ularda davlat-boshqaruv faoliyati subyektlari bilan obyektlari o'rtasidagi o'zaro aloqa ifodalanadi; — boshqaruv uslublari ijro hokimiyati organlari tomonidan ularga berilgan kompetensiyani amalga oshirish uchun qo'llaniladi; — boshqaruv uslubi o'zining aniq yo'nalishiga, yakka yoki ja­ moa obyektiga ega; — unda boshqaruv munosabatlari ishtirokchilarining xulq- atvoriga boshqaruv (tartibga solish) ta’sirini ko'rsatish nazarda tutiladi; — ular ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda ommaviy manfaatlarni ifodalaydi; — boshqaruv uslubi — yuridik hokimiyat vakolatining ma’lum bir qismini o'zida nazarda tutadi.1 Boshqaruv uslublari o'rtasida davlat boshqaruvi organlari va ulaming mansabdor shaxslarining yuridik hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan ma ’muriy-huquqiy uslublar muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasidagi boshqaruv tizimida umumiy tartibga solish yoki ma’muriy-huquqiy tartibga solish uslub­ lari shakllanmoqda va huquqiy mazmunga ega bo'lmoqda. Ularda iqtisodiy munosabatlarga boshqaruv ta’sirini o'tkazishning kuchli va samaraii potensiali mavjuddir. Jumladan, iqtisodiyotning turli sohalaridagi davlat kontroli va nazorati; sanoat sohalariga moliyaviy (budjet) yordam ko'rsatish; davlat tashkilotlarini samaraii boshqa- rishni ta’minlash; monopoliyaga qarshi tartibga solish; xususiy- lashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi; subyektlarga u yoki bu faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish va h.k.lar. Ma’muriy-huquqiy uslublaming maqsadi — ommaviy manfaat­ larni himoya qilish, huquqiy tartibotni, jismoniy va yuridik shaxs- larning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’min­ lashga yo'naltirilgan davlat tadbirlarini kuchaytirish, davlat bosh­ qaruvida intizomni mustahkamlashdan iboratdir.
Yuridik adabiyotlarda, davlat boshqaruvi tizimidagi ta’sir ko'r- satishning ikki asosiy (universal) uslubi: ishontirish va majburlash uslublari ko'rib chiqiladi. Amaliyotda bu uslublar turli ko'rinish- larda namoyon bo'ladi. Ishontirish — boshqaruv uslubi sifatida, tushuntirish, tarbiya­ lash, rag'batlantirish va boshqa axloqiy ahamiyatga ega bo'lgan choralarni amalga oshirish orqali isonlarga ta’sir ko'rsatish hisob­ lanadi. Rag'batlantirish, masalan, davlat boshqaruvi sohasida ijro hokimiyatining fuqarolar, yuridik shaxslar, huquqiy munosabatlar turli subyektlari bilan bo'ladigan o‘zaro munosabatlarida qonuniylik va intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshqaruvning maqsad va vazifalariga erishish majburlash xususiyatidagi choralar yordamida ham ta’minlanishi mumkin. Bu holatda, boshqamv obyekti, normativ-huquqiy aktlarda ko'rsatib o'tilgan tartibda harakat qilishga majbur boiadi. Agar shaxslaming harakati huquqiy aktlaming talablariga mos kelmasa, davlat, uning organlari va mansabdor shaxslar majburlov choralarini qo'llash huquqiga ega boMadi. Ba’zi vaqtlarda bu choralar huquqiy tartibotni, jamoat tartibini, harakatlarni amalga oshirishning o'matilgan tartibini ta’minlovchi choralar sifatida namoyon boMadi. Ayrim hollarda esa, majburlov choralari huquqbuzarlikni (no­ jo'ya xatti-harakatni) sodir etgan shaxsni jazolashga qaratilgan boMadi. Bu — intizomiy, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy xususiyat- dagi choralar sifatida namoyon bo'ladi. Majburlov choralari shaxsning qonunga xilof xulqini cheklash- ga, shuningdek, turli ijtimoiy munosabatlardagi qonuniy tartibni qayta tiklashga qaratiladi. Boshqaruv uslublari ma’muriy (to'g'ri) va iqtisodiy (tartibga soluvchi) uslublarga boMinadi. Ma’muriy uslublar - boshqaruv subyektining obyektga (fuqa­ rolarga, yuridik shaxslar, davlat xizmatchilariga) bir tomonlama tartibda davlat-hokimiyat ta’sirini ko'rsatishi orqali ifodalanadi. Boshqaruvni amalga oshiruvchi subyekt tegishli shaxslar uchun bajarilishi majburiy boMgan va yuridik oqibatlarni keltirib chiqa- radigan huquqiy aktlami qabul qiladi. Qabul qilingan qarorning, buyruqning yoki farmoyishning bajarilmaganligi intizomning bu­ zilishi hisoblanib, aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralari qoMlaniladi.
Davlat boshqaruvi ideologiyasi o'z tarkibida to'g'ridan-to'g'ri hokimiyat ta’sirini ko'rsatishning ma’muriy uslublari mavjud bo'­ lishini talab etadi. Keng ma’noda, boshqaruv uslublari ijro hoki­ miyatining birligini, davlat boshqaruvi turli subyektlari o'zaro munosabatida tartib-intizomni, shuningdek, ijro hokimiyati organ­ lari funksiyalanishining qonuniyligini ta’minlaydi.
Boshqaruv uslublari mazkur uslublar yo'naltirilgan shaxslaming ongiga, irodasiga va xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatadi. Bu uslublarni amalga oshirish huquq subyektlariga to'g'ridan-to'g'ri iqtisodiy ta’sirni, moddiy-mulkiy natijalarni keltirib chiqarmaydi. Ma’muriy uslublarda obyektlar o'z xohishiga ko'ra boshqaruvni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas, ular belgilangan ma’muriy tartib doirasida va qabul qilingan ko'rsatmalarni bajarishga maj­ burdirlar. Huquq subyektlariga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir etish (ma’muriy) uslublaridan foydalanmasdan, davlat boshqaruvining maqsad va vazifalariga erishib bo'lmaydi. To'g'ridan-to'g'ri ta'sir etish — bu ma'lum bir vakolatga ega bo'lgan yuqori turuvchi mansabdor shaxs yoki boshqaruv subyekti tomonidan bo'yruq, farmoyishning qabul qilinishidir. Ma’muriy uslublar boshqariluvchilarning moddiy manfaatlariga ta’sir ko'rsatish, ya’ni moddiy naf yoki moddiy rag'batlantirish olishni nazarda tutmagan.
Namunali xulq-atvorga o'matilgan ko'rsatmalarga ixtiyoriy rioya qilish orqali erishiladi, ya’ni bunda asosiy ta’sir ko'rsatish vositasi axloqiy xususiyatga ega bo'ladi. Iqtisodiy munosabatlarga to'g'ridan-to'g'ri (ma’muriy) ta’sir ko'rsatish davlatning iqtisodiy manfaatlari qondirilishini ta’min- lashda zarurdir. Iqtisodiyot sohasiga davlatning ta’siri quyidagilarda namoyon bo'ladi: birinchidan — iqtisodiy faoliyat ma’lum bir turlarining faqat davlat tomonidan amalga oshirilishi (masalan, soliq, bojxona fao­ liyati); ikkinchidan — davlat tashkilotlari xo'jalik faoliyatini boshqarish va markazlashgan holda tartibga solish; uchinchidan — davlat mulki obyektlarini boshqarish; to'rtinchidan — iqtisodiyot sohasida davlat kontroli va nazoratini amalga oshirish; beshinchidan — ro'yxatga olish, ruxsat berish (litsenziya) faoli­ yatini amalga oshirish va h.k.lar. Ma’muriy uslublarni turli asoslarga ko'ra tasniflash mumkin. Jumladan:
1) ifodalash shakliga ko'ra ma’muriy uslublar: a) huquqiy (normativ huquqiy aktlarda nazarda tutilgan va huquqiy mazmunga ega boMgan) uslublar; b) tashkiliy (boshqamv subyekti tomonidan tashkiliy-boshqaruv harakatlarini amalga oshirish) uslublariga bo'linadi; 2) ma’muriy-huquqiy xususiyatlarga asoslanib, ular: a) normativ (normativ huquqiy aktlarni qabul qilish maqsadida qo'llaniladigan) uslublar; b) individual (yakka ma’muriy huquqiy aktlarni qabul qilishda qo'llaniladigan) uslublarga bo'linadi; 3) boshqaruv obyektiga ta’sir ko'rsatish darajasiga ko'ra ma'muriy uslublar: a) imperativ, ya’ni taqiqlami, to'g'ridan-to'g'ri ma’muriy buy- ruqlami, davlat-hokimiyat ko'rsatmalarini nazarda tutuvchi, shu­ ningdek, tegishli harakatlarni sodir etish yoki tegishli xulq-atvomi amalga oshirishga majburlovchi uslublar; b) vakolat beruvchi, ya’ni ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki boshqaruvning tegishli aktini qabul qilishga ruxsat beruvchi uslublar; d) rag'batlantiruvchi va tavsiya beruvchi, ya'ni rag'batlantirish yoki ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish boyicha tavsiyalarni beruvchi uslublarga bo'linadi. Boshqaruvning tartibga soluvchi (iqtisodiy) uslublarini qo'llash orqali boshqaruv obyektlari tomonidan namunali xulq-atvorga erishilganida, ularning iqtisodiy yoki moddiy manfaatlarini qondi­ rish ta’minlanadi.
Boshqaruv subyekti boshqariluvchi obyektlaming individual (yakka) manfaatlariga ta’sir etish orqali boshqaruvning maqsad va vazifalarining bajarilishiga shart-sharoit yaratib beradi. Moddiy (yoki iqtisodiy) tartibga solish orqali boshqariluvchi obyektlar tomonidan o'z faoliyatlarida o'matilgan tartib va ko'rsat- malarga rioya etishi ta’minlanadi. Shu tariqa boshqaruvning ichki apparati (masalan, davlat organlarida xizmatchilami moddiy rag'­ batlantirish, mansabdor shaxslar uchun moddiy va mulkiy imtiyoz- lar berish) hamda iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishi (masalan, iqtisodiyotga yangi ishlanmalarni joriy etishni tartibga solish, iqti- sodiyotning ma’lum bir sohalarini qo'llab-quwatlash, soliq im- tiyozlarini berish) ta’minlanadi. Davlat organlari tomonidan boshqariluvchilarga samaraii boshqaruv ta’sirini ko'rsatish — iqtisodiy uslublarni «egri» yo'l bilan qo'llash orqali erishiladi. Boshqaruvni tartibga soluvchi (iqtisodiy) uslublari quyidagi о ‘ziga xos xususiyatlarga ega:
a) boshqaruvning nazarda tutilgan natijalariga erishish uchun, boshqariluvchi shaxslaming ongi va irodasiga ta’sir ko'rsatish; b) boshqariluvchi subycktlarning manfaatlariga, ehtiyojlariga ta’sir ko'rsatish orqali, ularning namunali xulq-atvorda bo'lishini ta’minlashning real boshqaruvini tashkil etish; d) jismoniy va yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan harakatlar va qarorlarni ma’muriy hamda sud tartibida shikoyat qilinishini ta'minlash; e) ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish va qarorlarni qabul qilishni belgilovchi boshqaruv aktlarini chiqarish; f) boshqamv harakatlarini amalga oshirish uslublari qaratilgan shaxslarga xatti-harakat (xulq-atvor)ni tanlash imkoniyatini berish; g) tartibga solishning normativ o'rnatilishi va h.k.lar. Boshqaruvning iqtisodiy uslublari, ma’muriy uslublar singari, faqatgina normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruv — bu uslublarining tartibga solish ta’siri — boshqamv sohasidagi ulaming muhimligi, ahamiyatliligi va samaradorligi bilan ifodalanishi kerak. Ba’zi huquqshunos olimlar tomonidan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan egri (iqtisodiy) tartibga solishning quyidagi elementlari ham ko'rsatib o'tiladi: davlat axboroti va prognozi; davlat dasturlari, kontraktlar va buyurtmalar; baho, daromad, aholi bandligi, professional tayyorgarlikni tartibga solish; soliq va amar- tizatsiyaviy siyosat.
Ma’muriy va iqtisodiy uslublar turlicha mazmunga va aha­ miyatga ega bo'lsalar ham, amaliyotda ular chambarchas bog'liqdir. Ular boshqamv mazmuniga ega ekanligi; qo'llash subyektlari; boshqamv ta’sirining obyekti; boshqaruvning maqsadiga erishish va vazifalarini bajarish; boshqamv ta’sirini amalga oshirish shakli (ma’muriy yoki boshqaruvning huquqiy aktini qabul qilish) boyicha umumiy xususiyatlarga egadir. Shu bilan birga, davlat boshqa­ ruvining turli sohalarida u yoki bu boshqamv uslublaridan foyda­ lanish ko'p uchrab turadi. Masalan, davlat xavfsizligi organlari yoki ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda ma’muriy uslublar ko'proq qo'llaniladi; ta’lim, fan va sog'liqni saqlash sohalarida ma’muriy uslublar bilan bir qatorda, iqtisodiy uslublar katta ahamiyatga ega bo'ladi; sanoat sohasida ma’muriy uslublarga qaraganda, iqtisodiy uslublar ko'proq qo'llaniladi. Ma’muriy va iqtisodiy uslublar birgalikda boshqamv ta’sirining tegishli usullar va vositalar tizimini tashkil etadi.
Davlat boshqaruvi sohasida foydalaniladigan odatiy (umumiy) uslublarga, D.N.Baxraxning fikricha, quyidagilarni kiritish mumkin: 1) boshqaruv faoliyatini tartibga solish; davlat boshqaruvi sohasida amalda bo'luvchi tegishli ko'rsatmalarni o'rnatish; 2) boshqaruv jarayoniga yangi boshqaruv texnologiyalarini va vositalarini kiritish to'g'risida qaror qabul qilish; 3) u yoki bu harakatlarni amalga oshirish yoki tegishli qarorlarni qabul qilishda taqiqlarni, cheklovlarni va majburiyatlarni o'rnatish; 4) aniq bir vazifani bajarish zarurligi to'g'risida og'zaki yoki yozma farmoyish berish; 5) davlat mulki obyektlarini boshqarish; 6) ruxsat berish, ro'yxatga olish va litsenziyalash faoliyatini amalga oshirish; 7) davlat boshqaruvi organlariga bo'ysinuvchi tashkilotlami qayta tashkil etish va tugatish to'g'risida qarorlarni qabul qilish; 8) ma’lum bir sohalami, ishlab chiqarishni, korxonalami moliyaviy qo'llab-quwatlash; 9) monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirish; 10) sertifikatlashtirish, davlat statiskasi faoliyatini amalga oshirishning huquqiy tartibini, standartlarini o'rnatish; 11) ommaviy boshqaruv subyektlari talablarini qondirish to'g'risida qaror qabul qilish; 12) ijro hokimiyati organlari tizimi va tuzilishini qayta tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilish; 13) boshqaruv personalini shakllantirish va ular faoliyatining samaradorligini ta’minlash boyicha choralarni (lavozimga tayinlash, attestatsiya o’tkazish, xizmat boyicha yuqoriga ko'tarish, yangi ma- lakaviy daraja berish, malakasini oshirishga yuborish, lavozimdan bo'shatish) amalga oshirish; 14) boshqaruv huquqiy aktlarini to'xtatish yoki bekor qilish; 15) ommaviy boshqaruv (ma’muriy) shartnomalami tuzish zarurligi to'g'risida qaror qabul qilish; 16) davlat buyurtmasini joylashtirish; 17) davlat ro'yxatiga olish (ijro hokimiyati organlarining nor­ mativ hujjatlarini, mahalliy tuzilmalaming ustavlarini); 18) tartibga soluvchi boshqaruv faoliyatini, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan nizolami va boshqa boshqa­ ruv ishlarini amalga oshirishning protsessual tartibi va jarayonini o'rnatish; 19) kontrol va nazorat faoliyatini amalga oshirish;
20) ma’muriy yurisdiksiyaviy faoliyatni amalga oshirish; 21) huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish; 22) ma'muriy-huquqiy majburlov choralarini qo'llash; 23) rag'batlantirish va boshqa tartibga solish tadbirlarini amal­ ga oshirish; 24) moddiy javobgarlik choralarini qo'llash.1
Yu.M.Kozlov, boshqaruv uslublarining ishontirish va majbur­ lash turlaridan tashqari, tegishli harakatlaming aniq maqsadlaridan kelib chiqqan holda, ulami uch guruhga bo'ladi: birinchidan — boshqaruv ta’siri uslublari. Bunda boshqaruv subyekti va obyekti o'rtasidagi munosabatlarga xos bo'lgan barcha xususiyatlar bevosita o'z ifodasini topadi; ikkinchidan — ijro hokimiyati organlari ishini tashkil etish uslublari. Bu uslublar apparat ahamiyatiga ega bo'lib, samaraii boshqaruv ta’sirini ko'rsatish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi. Mazkur uslublarga huquqiy (masalan, apparat xodimlari o'rtasida javobgarlikni o'rnatish, vakolatlarni taqsimlash) va huquqiy bo'lmagan (masalan, matematik, ijtimoiy, tadqiqot) vositalar kiradi. Bunday uslublardan boshqaruv ta’siri doirasida foydalaniladi; uchinchidan — boshqaruv harakatlarini amalga oshirish uslub­ lari.
Bu uslublar protseduraviy xususiyatga ega (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning, kontrol-nazorat harakatlarini amalga oshirishning ma’lum bir uslublari mavjud).2 Ma’muriy-huquqiy uslublar (boshqaruv uslublari) turli ko'ri- nishlarda: xulq-atvor qoidalarini o'rnatishda; aniq vazifalarni be­ rishda; ma’lum bir harakatlarni sodir etishni belgilashda; lavozimga tayinlashda; boshqaruv munosabatlari ishtirokchilarining qonuniy talablarini qondirishda; ma’lum bir harakatlarni taqiqlashda; turli xildagi ruxsatnomalar berishda; ro'yxatga olish faoliyatini amalga oshirishda; kontrol va nazorat olib borishda; moddiy va axloqiy rag'batlantirishda; moddiy sanksiyalami qo'llashda; ma’muriy nizo- larni hal etishda; davlat buyurtmalarini rasmiylashtirishda; ma’­ muriy majburlov choralarini qo'llashda va h.k.larda namoyon bo'­ lishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling