1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Rag'batlantirish tushunchasi va uning turlari
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Rag'batlantirish tushunchasi va uning turlari
Boshqaruvning samaraii uslublaridan yana biri — bu rag'bat- lantirishdir. Rag'batlantirish — manfaatdorlik, ong orqali insonlar- ning irodasini belgilangan foydali ishni bajarishga yo'naltiruvchi ta’sir etish usulidir. Rag'batlantirish ma’lum bir ishlarning baja- rilishiga, moddiy va axloqiy manfaatdorlikning vujudga kelishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, boshqaruvning rag'batlantirish uslubini tartibga soluvchi huquqiy normalar (qonunchilik) shakllangan bo'lib, rivoj lanish jarayonidadir. Bunga konstitutsiyaviy, ma’muriy. mehnat va boshqa huquq normalarini kiritishimiz mumkin. Huquqiy tartibga solingan rag'batlantirish, A.V.Malkoning fikricha, bu - ixtiyoriy, maqsadga muvofiq va xurmatga sazovor xulq-atvorni ma’qullash- ning yuridik shakli va chorasi bo'lib, uni amalga oshirish natijasida subyekt mukofotlanadi (ya’ni unga nisbatan foydali oqibatlar vujudga keladi).1 Amaldagi huquqiy normalar yordamida rag'batlantirish cho ralari; uni qo'llash asoslari; hokimiyat subyektining rag'batlantirish boyicha vakolati; rag'batlantirish tartibi mustahkamlangan. Boshqaruvning rag'batlantirish uslubini tartibga solishda ma’ muriy-huquqiy normalami tutgan o'rni kattadir. Ular orqali rag'- batlantirishning turli choralari, keng ko'lamdagi rag'batlantirish asoslari va rag'batlantiriluvchi shaxslar doirasi belgilab beriladi. D.N.Baxraxning ko'rsatib o'tishicha, rag'batlantirish — ijro hokimiyati faoliyatining uslubi sifatida quyidagi o'ziga xos xusu siyatlarga egadir: 1) hokimiyat subyekti tomonidan ijobiy baholanadigan xizmat, xatti-harakat — rag'batlantirishning faktik asosi bo'lib hisoblanadi;2) rag'batlantirish sodir etilgan xatti-harakatlami baholash bilan bog'liqdir; 3) rag'batlantirish ma'lum bir individual yoki jamoa sub yektlariga nisbatan qo'llaniladi; 4) rag'batlantirish — axloqiy ma’qullash, huquqlar, imtiyozlar, moddiy qimmatliklar berishdan iboratdir; 5) u orqali rag'batlantiriluvchi irodasiga manfaatdorlik, emot- siya, ong orqali egri ta'sir ko'rsatiladi.1 Rag'batlantirish — ko'pgina insonlarda mavjud bo'lgan ularni faoliyatini baholash, xizmatini tan olish hamda ular amalga oshi- rayotgan faoliyatga e’tibor qaratish ehtiyoji bilan bog'liqdir. Boshqamv faoliyatini amalga oshirishning umumiy prinsip- laridan, rag'batlantirishning — asoslantirilganlik, operativlik va osh koralik prinsiplari kelib chiqadi. Ularga amal qilish rag'batlantirish uslubining samaraii qo'llanilishini ta’minlaydi. Rag'batlantirish faoliyatining oshkoraligi — rag'batlantirilgan shaxs uchun ham, uni o'rab turgan muhit uchun ham katta ahamiyatga egadir. U rag'batlantirilgan shaxsning obro'-e’tiborini oshiradi, o'rab turgan muhitning unga nisbatan bo'lgan muno sabatini yaxshilaydi, ko'pgina shaxslarga namunali ta’sir ko'rsatadi. Huquqiy tartibga solingan rag'batlantirish qonunlar, davlat rahbari, ijro hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilot larining aktlari bilan o'matiladi. Boshqaruv harakatlarini amalga oshirish uslubi sifatida, rag' batlantirish, tartibga soluvchilik ta’sirini ko'rsatish usullarining tizimini ifodalaydi. Ijobiy baholanadigan xatti-harakatlarning turli- tumanligi sababli, ularga nisbatan qo'llaniladigan rag'batlantirish vositalari ham liar xildir. Rag'batlantiriluvchi shaxsga ta'sir ko'rsatishning barcha ijobiy tartibga solish vositalarini uch gumhga: a) axloqiy, b) moddiy; d) aralashga bo'lish mumkin. Masalan, moddiy rag'batlantirishni olib ko'radigan bo'lsak, u qimmatli sovg'alar berishda ifodalanadi. Rag'batlantirish choralari bir vaqtning o'zida ham moddiy, ham axloqiy bo'lishi mumkin. Masalan, bunday aralash shakldagi ta’sir ko'rsatishga (rag'batlantirishga) — muddatidan oldin navbat dagi darajani berishni kiritish mumkin. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi2ning 180-mod- dasiga binoan, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag'bat-lantirish choralari qo'llanilishi mumkin. Rag'batlantirish turlari, ulami qo'llash tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shart nomalari, ichki mehnat tartib-qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to'g'risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo'yiladi. Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Ish haqi, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, usta- malar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to'lovlar rag'batlantirish turlariga kirmaydi. Yuqorida o'matilgan talab umumiy bo'lib, barcha sohada davlat va nodavlat tashkilotlari unga amal qilishi lozim. Aniq bir sohada qo'llaniladigan rag'batlantirish choralari bilan tanishib chiqadigan bo'lsak, rag'batlantirishning mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida tushunchalarni yanada boyitish mumkin. Masalan, qarang, «Davlat xizmatchilarini rag'batlantirish» (mazkur darslikning 10-bobi, 11-para- grafi). Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling