1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-huquqiy majburlov mazmuni va xususiyatlari


Download 1.49 Mb.
bet44/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy majburlov mazmuni va xususiyatlari
Ma’muriy huquq normalari — boshqaruv jarayonida huquqiy tartibotni ta’minlash maqsadida, keng doiradagi majburlov ta’siri choralarini mustahkamlaydi. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, mazkur majburlov choralari nafaqat ma’muriy-huquqiy normalami, balki amalga oshirilishi ijro hokimiyati subyektlari tomonidan ta’minlanadigan fuqarolik, mehnat, yer va boshqa huquq tarmoq- larining normalarini ham muhofaza qiladi. Yuridik adabiyotlarda «та ’muriy-huquqiy majburlov» va «та - muriy huquq normalari bilan o'rnatiladigan majburlov choralari» tushunchalari farqlanadi.
Ma’muriy qonunchilik2 — ma’muriy- huquqiy, intizomiy-huquqiy, ijtimoiy-huquqiy majburlov chorala­ rini o'matadi. Ma’muriy-huquqiy majburlov to'la hajmda, intizomiy majbur­ lov choralari esa, qisman ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Bundan tashqari, ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan intizomiy majburlov choralarini va intizomiy javobgarlik choralarini farqlash mumkin. Huquq nazariyasiga binoan, javobgarlik — davlat majbur- lovining ko'rinishi, javobgarlik choralari esa, majburlov chorala­ rining alohida turi hisoblanadi. Demak, ma’muriy-huquqiy majbur­ lovning tarkibiy qismini ma’muriy javobgarlik, intizomiy majbur­ lovning tarkibiy qismini intizomiy va moddiy javobgarlik tashkil etadi. Umuman olganda, ma’muriy huquq boyicha javobgarlik — ma’muriy huquq boyicha majburlovning bir qismidir.
Yu.M.Kozlovning ko'rsatib o'tishicha, ma’muriy majburlov — asosiy maqsad emas, balki davlat majburlovining bir ko'rinishi bo'lib, undan huquqiy tartibotni himoya qilish va ta’minlashning oxirgi vositasi sifatida foydalaniladi. Ma’muriy majburlov chora- laridan — huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko'rib chiqishni, shuningdek, tegishli ravishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash vositasi sifatida foydalaniladi. Keng ma’noda, ma’muriy majburlash — ma’muriy- huquqiy normalarda ifodalangan xulq-atvor qoidalarining ijro eti­ lishini ta’minlaydi. Ma’muriy majburlov, odatda, suddan tashqari qo'llaniladigan choralar bo'lib, ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan ulaming kundalik faoliyati jarayonida qo'llaniladi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, ular sud organlari tomonidan ham qo'llaniladi.1 Ijro hokimiyati organlari turli majburlov choralarini qo'llashda ishtirok etadilar.
Ular o'z faoliyatlarini amalga oshirishda ma’muriy va intizomiy majburlov vositalaridan foydalanadilar. Ayrim hol­ larda, ijro hokimiyati organlari jinoiy-protsessual majburlov vosita­ laridan ham foydalanishlari mumkin. Masalan, ichki ishlar organ­ lari yoki xavfsizlik xizmati organlari jinoiy ishlami qo'zg'atib, dastlabki tergov harakatlarini olib boradilar va jinoiy-protsessual majburlov choralarini qo'llaydilar. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralari barcha ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan emas, balki qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslari) tomonidan qo'llaniladi. Ma’muriy-huquqiy majburlov ijro hokimiyati organlarining umumiy tizimiga kiruvchi huquqni muhofaza qilish organlarining funksiyasi hisoblanadi. Masalan, bunga ma’muriy-nazorat vakolat­ lariga ega bo'lgan barcha organlar kiradi.
Ma’muriy-huquqiy majburlov — umummajburiy xulq-atvor qoidalarini nazarda tutuvchi ma’muriy-huquqiy normalarga (masalan, harakatlanish xavfsizligi qoidalari, tabiatni muhofaza qilish qoidalari) rioya etilishini ta’minlash maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy-huquqiy majburlov — ma’muriy hokimiyatni amalga oshirish bo'lib, unda ijro hokimiyatini, davlat-boshqaruv faoliyati subyektlari yuridik hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishning vositalari namoyon bo'ladi.
Ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar)ning vakolatlari doirasida ma’muriy-huquqiy majburlov vositalarining mavjudligi, boshqaruv ta’sirining faqatgina majburlashga asoslanganligini ang- latmaydi. Bu choralar yordamida ma’lum bir holatlarda (tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarda) ijtimoiy hayotning normal sha­ roitlari ta’minlanadi; ular huquqni muhofaza qilish, ya’ni ijobiy (pozitiv) maqsadlarga xizmat qiladi va ayrim hollarda, jazo chorasi sifatida (majburlovning asl ma’nosida) qo'llaniladi.
Ma’muriy majburlov, X.R.Alimovning fikricha, insonlaming ongiga va xulq-atvoriga ruhiy yoki jismoniy ta’sir ko'rsatish uslubi bo'lib, davlat boshqamvi sohasida aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish, ma’muriy huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash maqsadida qo'llaniladi. Ma’muriy majburlov: a) odatda, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qo'llaniladi; ayrim hollarda, sudya, vakillik organlari, shuningdek, jamoat bir­ lashmalari tomonidan qo'llanilishi mumkin; b) huquqni qo'llash organi bilan xizmat bo'ysinuvida bo'l­ magan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi; d) ularni qo'llovchi organlar doirasining kengligi; e) insonlarni huquqiy tartibotga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash singari umumiy maqsadga qaratilgan — huquqbuzarlarni jazolash, huquqbuzarliklarni ogohlantirish va cheklash maqsadida qo'llaniladi; f) shaxslaming huquqlarini cheklashga qaratiladi; g) o'matilgan tartibga qarshi qaratilgan harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi; h) protsessual tartibga ega; i) ulami qo'llash jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qiladi; j) aksariyat hollarda, huquqbuzarlarga nisbatan, ayrim hollarda esa bunday xatti-harakatni sodir etmagan shaxslarga nisbatan (masalan, favqulodda hollatlarda, huquqbuzarlik sodir etilishini ogohlantirishda) qo'llanilishi mumkin; k) ular boshqaruv faoliyatining barcha subyektlari emas, balki qonun hujjatlari bilan maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan amalga oshiriladi.1 Yuridik adabiyotlarda, boshqaruv faoliyati subyektlari tomo­ nidan qo'llaniladigan ma’muriy-huquqiy majburlov «ma ’muriy majburlov» deb ko‘rsatiladi. Lekin bu ikkala termin nomlanishi jihatidan biri-biriga o'xshab ketsa ham aynan bir narsaning o'zi emas. Chunki ma’muriy majburlov ma’muriy-huquqiy majburlovga qaraganda kengroq tushuncha bo'lib, huquqqa zid ko'rinishida (masalan, o'zboshimchalik, tazyiq) ham bo'lishi mumkin. Shu sababli, ma’muriy huquqning yoki boshqaruv faoliyatining asosiy uslubi to'g'risida gapirganda, aynan huquqiy majburlovni nazarda tutish lozim. Ma’muriy-huquqiy majburlov — huquqiy majburlovning bir turi bo'lib, barcha umumiy xususiyatlar (huquqni qo'llash faoliyati sifatida namoyon bo'lishi, huquqiy tartibotni ta’minlashi, muhofaza qilinadigan huquqiy munosabatlar doirasida amalga oshirilishi va h.k.lar)ga ega. Shu bilan bir vaqtda, uning sifat jihatlarini belgilab beruvchi о ‘ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. Jumladan: 1) ma’muriy-huquqiy majburlov choralari — ma’muriy-hu­ quqiy vositalar bilan himoya qilinadigan normalarning buzilishiga olib keladigan va jamiyatda o'matilgan tartibga qarshi qaratilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchun qo'llaniladi; 2) ma’muriy-huquqiy majburlov — xizmat bo'ysinuvi dorasidan tashqarida, ya’ni ushbu huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o'rta­ sida tashkiliy bo'ysiniivning mavjud bo'lmaganida, amalga oshiri­ ladi; 3) ma’muriy • yurisdiksiyaning (ma’muriy-huquqiy majbur­ lovning) ko'pgina subyektlar tomonidan amalga oshirilishi; 4) ma’muriy-huquqiy majburlov nafaqat jismoniy shaxslarga, balki tashkilotlar va jamoa subyektlariga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin; 5) ma’muriy-huquqiy majburlov — ma’muriy huquq normalari bilan har tomonlama tartibga solinadi. Ma’muriy huquq normalari ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlarini, asoslarini va ularni qo'llash tartibini belgilab beradi. Demak, ma’muriy-huquqiy majburlov — bu huquqiy majbur­ lovning alohida turi boiib, huquqqa xilof qilmishga nisbatan ommaviy hokimiyat subyektlari tomonidan ma’muriy huquq normalarida nazarda tutilgan majburlov choralarining qo'llani- lishidir. Ma’muriy-huquqiy majburlov — huquqiy tartibotni himoya qilishda, shuningdek, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda katta ahamiyatga egadir. Bu shu bilan izohlanadiki, ichki ishlar oiganlari, davlat inspeksiyalari va boshqa ijro hokimiyati subyektlari tegishli tartib va qoidalarga rioya etilishi ustidan doimo nazoratni olib borib, ulaming har qanday buzilishiga darhol ta’sir ko'rsatishlari
mumkin. Ma’muriy-huquqiy majburlov — jamiyat tartibiga tajovuz qiluvchi qilmishni to'xtatish va unga barham berishni, ijtimoiy xavfli oqibatlaming kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikni nazarda tutuvchi ko'pgina cheklov (ehtiyot) vositalarini ham o'z ichiga oladi. Ma’muriy-huquqiy majburlov vositalarining aksariyat hollarda, birinchi marotaba huquqbuzarlikni sodir etgan va bunday qil- mishning jamiyat tartibiga qarshi qaratilganligini anglamagan fuqarolarga nisbatan qoilanilganligi sababli, ularning jinoyatlami oldini olishdagi tarbiyaviy ahamiyati juda yuqoridir.
Amaliyotdan kelib chiqadigan bo'lsak, kam ahamiyatli huquqbuzarliklarga hech qanday ta’sir ko'rsatmaganlik, aybdor shxaslarga majburlov cho­ ralarini qo'llamaganlik — yangi huquqbuzarliklaming va jinoyat- laming sodir etilishi imkoniyatini oshiradi. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralari o'rtasida ishning mazmuniga qarab hal etishni nazarda tutuvchi mustaqil choralar ham mavjuddir. Masalan, bunga ma’muriy sanksiyalar kiradi. Shu bilan birga, ta’minlov, protsessual choralar ham mavjud bo'lib, ulardan ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini olib borishga shart- sharoit yaratib berish maqsadida foydalaniladi. Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, majburlov — huquqiy tarti­ botni himoya qilish maqsadida qo'llaniladi. Lekin bunga, turli uslublarda erishiladi: huquqbuzarliklarni cheklash, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni- qayta tiklash, jazo va- h.k.lar. Shu sababli, majburlov choralarini qo'llash maqsadidan kelib chiqqan holda, ulami cheklov (ehtiyot) choralariga, qayta tiklash chora- lariga va jazo choralariga bo'lish mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling