1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy cheklov (ehtiyot) choralari


Download 1.49 Mb.
bet46/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy cheklov (ehtiyot) choralari
M a’muriy cheklov choralari — huquqqa xilof harakatlarni tugatish (to'xtatish) va uning zararli oqibatlarini bartaraf etish maq­ sadida qo'llaniladi. Bu choralar, ma’muriy ogohlantiruv choralari singari, turli ko'rinishlaiga ega boiib, davlat boshqaruvining turli sohalarida ijro hokimiyati subyektlari tomonidan qo'llaniladi. M a’muriy cheklov choralariga. quyidagilarni kiritish mumkin: 1) huquqqa xilof harakatni to'xtatish to'g'risidagi talab; 2) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni m a’muriy tartibda ushlab turish; 3) atrofdagilar uchun xavfli boigan kasallikka duchor boigan shaxsni majburiy davolash;
4) infeksion kasallarni vaqtincha ishdan chetlashtirish; 5) transport vositasining holati o'matilgan talablarga javob bermaganida, undan foydalanishni taqiqlash; 6) jamoat xavfsizligini ta’minlash boyicha o'matilgan talablarga rioya etmagan holda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va boshqa ishlami taqiqlash yoki cheklash; 7) bevosita jismoniy ta’sir ko'rsatish; 8) ommaviy tartibsizliklami va bir guruh shaxslaming noqo- nuniy harakatlarini to'xtatish uchun maxsus vositalarni qo'llash; 9) vakolatli shaxsning o'qotar qurolidan foydalanishi va boshqalar. M a’muriy tartibda ushlab turish. O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks^ga binoan boshqa ta’sir ko'rsatish choralari qo'llanib boiinganidan keyin ma’muriy huquq­ buzarlikni to'xtatish, huquqbuzaming shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo'lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida tuzish imkonj bo'lmagan taqdirda ma’muriy huquq­ buzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish, ishlaming o'z vaqtida va to'g'ri ko'rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo'l bilan ushlab turishga yo'l qo'yiladi. Ma’muriy yo'l bilan ushlab turish to'g'risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxs­ ning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko'rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo'yiladi. Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko'ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug'lari, advokat, ish yoki o'qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilib qo'yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o'mini bosuvchi shaxslar, albatta xabardor qilinadi. Ma’muriy yo'l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansab­ dor shaxslar)ga quyidagilar kiradi:
1) ichki ishlar organlari; 2) chegara qo‘shinlari; 3) harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi; 4) harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari; 5) 0 ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari; 6) bojxona organlari xizmatchilari; 7) harbiy patrul; 8) davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari; 9) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boiinmalarining mansabdor shaxslari Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ma’muriy ushlab turish muddati huquqbuzar bayonnoma tuzish uchun olib kelingan paytdan, mastlik holatidagi shaxs uchun esa — uning xushiga kelgan vaqtdan boshlab hisob­ lanadi.
Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan 0 ‘zbe- kiston Respublikasi qonun hujjatlarida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin. Chegara tartibini yoki O'zbekiston Respublikasi davlat chega­ rasi orqali o'tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkin, huquqbuzaming shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boigan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigir­ ma to'rt soat ichida prokuroiga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda o'zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boimasa, prokurorning sanksiyasi bilan o ‘n sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan ayrim holatlarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o'zining shaxsi to'g'risidagi ma’lumotlami yashiigan shaxslar. huquqbuzarlik to'g'risidagi ishi ma’muriy ishlar boyicha sudya yoki ichki ishlar organi boshlig'i (boshliq o'rinbosari) tomonidan ko'rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko'p bo'lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin. Ma’muriy yo'l bilan ushlab turish muddati huquqbuzami bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan bosh­ lanadi.
Ma’muriy tartibda ushlab turishni aniq bir davlat oigani tomonidan qo'llanilishi jarayoniga e’tibor beradigan boisak, uningmazmun-mohiyatini to‘la tushunib olish mumkin. Misol uchun, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining 1999-yil 28-apreldagi 02/20-52 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Bojxona qonun hujjatlarini buzgan shaxslami ma’muriy ushlab turish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga binoan bojxona organlari xodimlari 0 ‘zbe- kiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishga to'sqinlik qilish) va 227-mod- dasida (bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklami bartaraf etish maqsadida, shaxsini aniqlash, joyning o'zida tuzish mumkin bo‘lmaganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishni o'z vaqtida va to‘g‘ri ko'rib chiqishni ta’minlash hamda bojxona qonun huj­ jatlarini buzganlik to'g'risidagi ishlarga doir qarorlar ijrosi boyicha ta’sir ko'rsatishning boshqa choralari qo'llanib bo'lganda, huquq­ buzarliklarni, shuningdek, shaxsi aniqlanmagan, o'zi haqida anketa ma’lumotlarini ma’lum qilmaydigan yoki yolg'on ma’lumotlar beradigan huquqbuzarlarni ma’muriy ushlab turishga haqlidirlar.
Ma ’muriy ushlab turish amalga oshirilganda bojxona organi xodimi: a) bojxona qonun hujjatlarini buzganligi uchun ushlangan shaxsni bojxona organining navbatchilik xonasiga olib keladi; b) bayonnoma tuzadi, unda quyidagilar ko'rsatiladi: uni tuzish sanasi va joyi; bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlangan huquqbuzarning shaxsi to'g'risidagi ma’lumotlar; ushlab turish vaqti, joyi va asosi; d) uni imzolaydi va xolislar hamda huquqbuzarlaiga imzo chekishni taklif qiladi. Ushlangan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortganda unga bu haqda qayd etadi. Bayonnoma ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishga tikib qo'yiladi; e) zarur hollarda huquqbuzar shaxsan topshirilishini, unda bo'lgan buyumlar ko'zdan kechirilishini va huquqbuzarlik quroli yoki bevosita obyekti bo'lgan ashyolar va hujjatlar topilganda olib qo'yilishini, shuningdek, o'qotar va sovuq qurollar, o'q-dorilar, giyohvandlik, tez ta’sir etuvchi va zaharli moddalar musodara qilinishini tashkil etadi (o'tkazadi). Ashyolar, qo'l yuki bagajlar va boshqa buyumlarni tezkor navbatchi odatda ular mulki yoki egaligida bo'lgan shaxs hozirligida ko'zdan kechiradi. Zudlik bilan chora ko'rish talab qilinadigan hollarda mazkur ashyolar, buyumlar mulkdor (egasi) yo'qligida ikki xolis ishtirokida ko'zdan kechirilishi mumkin.
Shaxsni ko'zdan kechirish ushlangan shaxs bilan bir jinsda boigan shaxs tomonidan, shu jinsga mansub ikki xolis hozirligida amalga oshiriladi. Shaxsni ko'zdan kechirish va ashyolami tekshirib chiqish, ashyolar va hujjatlarni olib qo'yish to'g'risida belgilangan tartibda bayonnomalar tuziladi va ma’muriy ushlab turish to'g'risidagi bayonnomaga tegishli yozuv qayd etiladi; f) barcha olib qo'yilgan ashyolar va buyumlar hamda ularning individual belgilari (raqami, seriyasi, rangi va h.k.) ko'rsatilgan bayonnoma ko'zdan kechirish va olib qo'yishni amalga oshirgan shaxs, xolislar va huquqbuzar tomonidan imzolanadi.
Huquqbuzar bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda unda bu haqda yozuv qayd etiladi. Bayonnoma ma’muriy huquqbuzarlik to'g'ri­ sidagi ish yig'majildida saqlanadi; g) huquqbuzarning sogiig'i holatini, shuningdek, uni ushlab turish munosabati bilan og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin boigan holatlarni (ishlab chiqarishning to'xtab qolishi, qozonning portlashi, isitish tarmoqlarining muzlab qolishi va hokazolar, shuningdek, bolalar yoki doimiy parvarishga muhtoj shaxslarni ulaming hayotiga xavf soladigan vaziyatda qoldirish va h.k.) aniqlaydi; h) ushlangan shaxs va to'plangan materiallarni (bojxona qonun hujjatlarini buzganlik, ma’muriy ushlab turish to'g'risidagi bayon­ nomalar, aniqlangan huquqbuzarlik to'g'risidagi bildiigi, huquqbu­ zar tushuntirishlari, tovarga ilova qilinuvchi va boshqa hujjatlarni) bojxona organining tezkor navbatchisiga topshiradi. Huquqbuzar ozod etilganda olib qo'yilgan barcha ashyolar, hujjatlar, boyliklar va pullar unga qaytariladi, huquqbuzarlik quroli yoki bevosita obyekti boigan buyumlar, ashyolar va hujjatlar, qidiruvda boigan, fuqarolik oborotidan olib qo'yilgan, shuningdek, musodara qilinadigan yoki pulini toiab olib qo'yiladigan buyum va ashyolar hamda qalbaki hujjatlar bundan mustasnodir. Qaytarilgan ashyolar, hujjatlar va boshqa boyliklami oigani haqida huquqbuzar olib qo'yilganligi ko'rsatilgan bayonnomaga imzo chekadi. Ushlangan shaxslaming iltimosiga ko'ra ularga ush­ lab turish vaqti va sabablari ko'rsatilgan ma’lumotnomalar beriladi. Huquqbuzarlik quroli yoki bevosita obyekti boigan, ushlangan shaxsdan olib qo'yilgan ashyo va hujjatlar olib qo'yilgani to'g'risida yozuv qayd etilgan bayonnoma bilan birga bojxona oiganining navbatchilik qismida, kaliti tezkor navbatchida bo'ladigan maxsus javonda saqlanadi.
Olib qo'yilgan ashyo va hujjatlar (qurol-yarog' va o'q-dori- lardan tashqari) ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi materiallar bilan birgalikda mazkur ishni olib borishga vakolatli bojxona organi xodimiga topshiriladi va Bojxona qonun hujjatlarini buzishlar to'g'­ risidagi materiallarni ro'yxatga olish jurnalida unga imzo chek- tiriladi. Ushlangan shaxslardan olib qo'yilgan qurol-yarog' va o'q- dorilarni bojxona organining tezkor navbatchisi o'zining shaxsiy muhri bilan surg'uchlangan maxsus temir javonda saqlaydi, so'ngra bojxona organi boshlig'ining yozma topshirig'iga binoan mazkur qurol-yarog' buyumlarini saqlash vazifasi zimmasiga yuklangan xodim tezkor navbatchida saqlanayotgan kvitansiya koreshogiga imzo chekkandan so'ng ular topshiriladi.
Agar tekshirish, ushlangan kishini shaxsan ko'zdan kechirish yoki uning ashyolarini qarab chiqish paytida shaxsning harakat- larida jinoyat belgilari mavjudligini ko'rsatadigan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa yoki u qidirishda boisa, shuningdek, buyum va ashyolami g'ayriqonuniy tarzda saqlasa (fuqarolik oborotidan olib qo'yilgan buyum va ashyolar, o'g'irlangan mol-mulkni) yoxud qalbaki hujjatlarga ega boisa, tezkor navbatchi aniqlangan faktlar to'g'risida bojxona organi boshlig'iga axborot beradi va uning ko'rsatmasiga binoan mavjud materiallar va olib qo'yilgan buyum hamda ashyolami tegishli jumalda (daftarda) imzo chektirib olib, bundan keyin tekshirish va jinoyat ishini qo'zg'atish masalasini hal qilish uchun surishtiruv boshlash uchun tiyinlangan shaxsga topshiradi. Ma’muriy ushlab turishni amalga oshirish jarayonida bojxona organlari xodimlari sodir etgan xatti-harakatlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Majburiy davolash. O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 12-dekabrda qabul qilingan «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boigan bemorlami majburiy davolash to'g'risida»gi Qonun'ga binoan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boigan bemorlami O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi maxsus davolash- oldini olish muassasalarida majburiy davolash belgilab qo'yiladi. Jamoat tartibini, boshqa shaxslaming huquqlarini buzayotgan yoxud aholining osoyishtaligiga, salomatligiga va ma’naviyatiga xavf
tug‘dirayotgan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvand­ likka mubtalo bo'lgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qo'llanadi. Shaxsni surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvand­ likka mubtalo bo'lgan bemor deb topish O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Shaxs majburiy davolashga jo'natish uchun tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortgan hollarda, u ichki ishlar idoralarining ko'ma- gida o'n kun muddat ichida narkologiya muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak.
Mazkur toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish to'g'risidagi materiallar tibbiy xulosa bo'lgan taqdirda ichki ishlar idoralari tomonidan ularning o'z tashabbusiga ko'ra, yoki bemor- ning oila a’zolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sog'liqni saqlash muassasalarining, iltimosnomalari asosida tayyor­ lanadi va rasmiylashtiriladi. Mazkur qonunda ko'rsatilgan shaxslarni majburiy davolashga jo'natish masalasi yigirma kunlik muddat ichida bemor yashab turgan joydagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan bemor ishtirokida hal etiladi. Bemor uzrsiz sabab bilan kelmasa, u ichki ishlar idoralari orqali majburiy tarzda olib ke- linadi. Sudning majburiy davolashga yuborish to'g'risidagi qarori ustidan qaror chiqarilgan shaxs yoxud uning himoyachisi shikoyat qilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida yetti kunlik muddat ichida yuqori turuvchi sudga norozilik bildirilishi mumkin. Shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida norozilik bildirilishi sud qarorining ijrosini to'xtatib turadi. Sudning shaxsni majburiy davolashga yuborish to'g'risidagi qarori ichki ishlar idoralari tomonidan bu qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab kechi bilan o'n kunlik muddat ichida ijro etiladi.
Majburiy davolash muddati to'g'risidagi masala davolash muassasasi tomonidan komissiyadan o'tkazish tartibida, bemor davolashga joylashtirilgach besh kun ichida hal etiladi. Bemor davolanayotgan davolash muassasasining komissiyasi qabul qilgan qaror asosida bemomi majburiy davolash to'xtatiladi. Majburiy davolashni o'tayotgan va davolashga hamda mehnat terapiyasiga vijdonan munosabatda bo'layotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ta’til berilishi mumkin.
Shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi sudning qarori uni ishdan bo'shash nafaqasi to'lamay ishdan bo'shatish uchun asos bo'ladi. Majburiy davolanishga yuborilgan shaxslar avvalgi yashash joyidagi turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qola- dilar. Davolash muassasasida boiish vaqti mehnat stajining uzilishiga olib kelmaydi va umumiy mehnat stajiga qo'shiladi. Davolash muassasalaridan majburiy davolashdan qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish Qonun hujjatlarida belgilangan tartib­ da amalga oshiriladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling