1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlari


Download 1.49 Mb.
bet45/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlari
Ma’muriy-huquqiy majburlov — ma’muriy-huquqiy norma­ larda ifodalangan barcha xulq-atvor qoidalarini emas, balki davlat boshqaruvi sohasida umummajburiy qoidalami o'matuvchi norma­ larning ijro etilishini ta’minlashga qaratilgandir. Ma’muriy-huquqiy majburlov — davlat majburlovining ko'ri­ nishi sifatida, jamoat tartibini saqlash va himoya qilishning, jamoat xavfsizligini ta’minlashning, davlat boshqamvi sohasidagi boshqa huquqbuzariiklaiga qarshi kurashishning vositasi hisoblanadi. Bun­ da, ma’muriy-huquqiy majburlov, tegishli huquqbuzarliklarni ogoh­ lantirish va cheklash maqsadini hamda kelajakda ma’muriy hu­ quqbuzarlik uchun jazoni qo'llashni nazarda tutib, jazo funksiya­ larini amalga oshiradi.
Majburlov choralarining «ma’muriy-huquqiy» deb nomlanishi, ulaming odatda, suddan tashqari, ya’ni ma’muriy tartibda (maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi ijro hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar tomonidan) qo'llanilishidan dalolat beradi. Ma’muriy-majburlov choralarining ayrim turlari, faqatgina sud organlari tomonidan qo'llanilishi mumkin. Shu o'rinda alohida ta’kidlab o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonun1 ning 36-moddasiga binoan jinoyat ishlari boyicha tuman (shahar) sudi tarkibida ma’muriy ishlar boyicha sudyalar bo'lishi, nazarda tutilgan.
Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarini qo'llashni tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy normalar to'g'risidagi masala ham katta ahamiyatga ega. Bulardan foydalanish — fuqarolaming hu­ quqlari va erkinliklarini u yoki bu yo'sinda cheklashi mumkin. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarini amalga oshirish asos­ lari, shartlari va tartibi hamda u yoki bu holatlarda foydalanilishi mumkin bo'lgan choralar, ularni qo'llashga vakolatli bo'lgan davlat organlari (mansabdor shaxslar) qonun hujjatlari bilan aniq belgilab qo'yilishi lozim. Ma’muriy-huquqiy majburlovni o'matuvchi amaldagi norma- tiv-huquqiy hujjatlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, ulami uch guruhga bo'lish mumkin: a) ma’muriy ogohlantiruv choralari; b) ma’muriy cheklov (ehtiyot) choralari; d) ma’muriy jazo choralari. Ko'pgina huquqshunos olimlar o'zlarining ilmiy ishlarida, ma’muriy-huquqiy majburlovning aynan mana shu choralarga bo‘- linishini nazarda tutadi. Ularning fikricha, ma’muriy ogohlantiruv choralariga — huquqbuzarlikni va boshqa zararli oqibatlarni bartaraf etish vositalari (masalan, karantin e’lon qilish, bojxona ko'rigidan o'tkazish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, majburiy davolash muassasasiga yuborish, chegaralami yopish va h.klar) kiradi.1
Oxirgi vaqtlarda ko'pgina mutaxassislar, ma’muriy huquq­ buzarlik ishlarini ko'rib chiqishni ta’minlashning protsessual choralarini — ma’muriy-huquqiy majburlovning alohida mustaqil chorasi sifatida ko'rsatib o'tishadi.
Bunday choralar, ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lib, ma’muriy huquqbuzarliklami cheklash, aybdoming shaxsini aniqlash, ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish, o'z vaqtida va to'g'ri ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishni, ular boyicha qabul qilingan qarorlarni ijro etishni ta’minlash maqsadida qo'llaniladi. Bu choralar ma’muriy huqu- buzarlik ishlari boyicha dalillaming aniqlanishida va ulaming mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ma’muriy-huquqiy majburlovning — qayta tiklash ahamiyatga ega bo'lgan choralari ham mavjuddir. Bular ham huquqiy tartibotni tiklashga, huquqqa xilof xulq-atvorni tugatishga xizmat qiladi (masalan, o'zboshimchalik bilan qurilgan obyektni buzish, boqimandani undirish va h.k.lar). Ma’muriy-huquqiy majburlovning, fuqarolar huquqlari va erkinliklariga rioya etish nuqtayi nazaridan, turli choralarga bo'linishidan qat’i nazar, ulardan ijro hokimiyati vazifa va funk­ siyalarini amalga oshirishda foydalanish obyektiv zaruriyatdir. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralari, ba’zi hollarda, boshqa­ riluvchi tizim funksiyalanishining normal sharoitlarini ta’minlash­ ning yagona vositasi sifatida namoyon bo'ladi, u orqali davlat- boshqaruv faoliyatining huquqni muhofaza qilish maqsadiga erishi­ ladi.
4-§. Ma’muriy ogohlantiruv choralari
M a’muriy ogohlantiruv choralari — majburiylik xususiyatiga ega bo'lgan choralar bo'lib, davlat boshqaruvi sohasida jamoat tartibi va xavfsizligini hamda boshqa zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklami ogohlantirish maq­ sadida qo'llaniladi. Ma’muriy ogohlantiruv choralari, masalan, ishlab chiqarishda, yo'l-transport harakatida to'qnashuvlar (avariyalar), yong'inlaming oldini olish; aholining sanitariya-epidemiologiya, havo va temir yo'ldagi xavfsizligini ta’minlash; tabiiy ofatlarda va favqulodda holatlarda fuqarolaming hayoti, sog'lig'i va xavfsizligini ta’minlash uchun qo'llaniladi.
Ma’muriy ogohlantiruv choralari aniq ifodalangan profilaktik (ogohlantirish) xususiyatga ega bo'lib, ijro hokimiyati organlari va mansabdor shaxslaming yuridik hokimiyat vakolatlarini bir tomon­ lama tartibda bajarish jarayonida majburiy amalga oshiriladigan choralar hisoblanadi. Mazkur choralar, qoida boyicha, ma’lum bir taqiqlar va cheklovlar shaklida ifodalanadi. Ma’muriy ogohlantiruv choralari huquqbuzarlikning sodir etilishi holati bilan bog'liq bo'lmasdan, ulami bartaraf etishga qaratiladi, ma’muriy huquqbu­ zarlik sodir etilganda qo'llaniladigan ma’muriy-huquqiy majburlov­ ning boshqa choralarini vujudga keltiradi. Ma’muriy ogohlantiruv choralari turli ko'rinishlarda ifodala­ nib, davlat boshqaruvi sohalarida ijro hokimiyatining turli subyekt­ lari tomonidan qo'llaniladi. Ma’muriy ogohlantiruv choralarining ko'p tarqalgan turlariga. quyidagilarni kiritish mumkin: a) nazorat tartibidagi tekshiruvlami amalga oshirish', b) ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida majburiy ko ‘rsatmalar berish; d) fuqarolaming ashyolarini va ularni shaxsiy ko'rikdan o'tka­ zish-, s) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko ‘zdan kechirish; 0 karantin joriy etish', g) transport va yo ‘lovchilarning harakatini to ‘xtatib turish', h) shaxsning holatini aniqlash maqsadida tibbiy ko'rikdan o'tkazish va h.k.lar.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'­ risidagi kodeks^a binoan boshqa ta’sir ko'rsatish choralari qoilanib boiinganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlikni to'xtatish, huquqbuzaming shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo'lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida tuzish imkoni bo'lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish, ishlaming o'z vaqtida va to'g'ri ko'rib chiqilishini ta’min­ lash va ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan , qarorlarni ijro etish maqsadida shaxsni ko'rikdan o'tkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini ko'zdan kech- irishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qo'yishga hamda ma’muriy yo'l bilan ushlab turishga yo'l qo'yiladi.
Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transporting, bojxona organlari va chegara qo‘- shinlarining vakolatli shaxslari, 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun­ larida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa shunga vakolati bo'lgan boshqa oiganlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shaxsni ko'rikdan o'tkazish ko'rikdan o'tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo'lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin. Ashyolami ko'zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transporting, bojxona organlarining, che­ gara qo'shinlarining, soliq organlarining, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo'linmalarining, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek, tegishli vakolati bo'lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshi­ riladi. Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo'lga kiri­ tilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko'zdan kechirish, odat­ da, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo'lsa, o'sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko'zdan kechirib chiqilishi mumkin.
Shaxsni ko'rikdan o'tkazish va ashyolami ko'zdan kechirish to'g'risida bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga yoxud ma’muriy yo'l bilan ushlab turish to'g'risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo'yiladi. Bojxona muassasalarida shaxsni ko'rikdan o'tkazish va ashyolami ko'zdan kechirish bojxonaga doir qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsni ko'rikdan o'tkazish yoki ashyolarini ko'zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo'lmish ashyo va hujjatlar qonunda nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxs­ lari tomonidan olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo'yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko'rib bo'linganidan keyin esa uni ko'rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo‘q qilib yuboriladi, ashyolar haq toiab olib qo‘yilgari taqdirda esa sotib yuboriladi. Olib qo'yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko'krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum boisa, unda tegishli organga jo'natiladi. Bojxona qoidalari yoki soliq va valutaga to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O'zbekiston Res­ publikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmasa, jarima undiri- lishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo'yilishi mumkin. Ashyo va hujjatlar olib qo'yilgan taqdirda bu xususda bayon­ noma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayon­ nomaga yoxud buyumlarni ko'zdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yoi bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo'yiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo'llanilishi mum­ kin boisa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo'yiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga, shuningdek, haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi gu- vohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo'yilib, talonlar trans­ port vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beri­ ladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohno­ mani olib qo'yish O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalami boshqarish huquqini beruvchi guvohno­ mani va ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo'yish esa — O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, militsiya xodimlari ish ko'rib chiqilgunga qadar o'qotar qurolni, shuningdek, o'q-dorilami olib qo'yishga haqlidirlar, bu xususda mazkur qurolning marka yoki modeli, kalibri, turkumi va tartib raqami, o'q-dorilaming miqdori va turi ko'rsatilgan holda bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo'yiladi.
O'z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo'yish, shaxsni ko'rikdan
o'tkazish va ashyolami ko'zdan kechirib chiqish juda zarur bo'lgan hollardagina qo'llaniladi. Transport vositalarini ushlab turish va ko'rikdan o'tkazish qo­ nun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bunday vakolatga quyidagilar ega: ichki ishlar organlari; harbiy avtomobil inspeksiyasining; O'zbekiston Respublikasi) Tabi­ atni muhofaza qilish davlat qo'mitasi organlarining; O'zbekiston Respublikasi bojxona oiganlarining; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlaiga’ qarshi kurashish departamenti va Uning joylardagi bo'Unmalarining man­ sabdor shaxslari.
Ushlab qolingan transport vositalarini saqlash tartibi (Qurolli Kuchlaming, chegara qo'shinlari va ichki qo'shinlaming transport vositalaridan tashqari) hokimlar bilan kelishib turib, ichki ishlar organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarini ko'rikdan o'tkazish O'zbekiston Respub­ likasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi Nizomga binoan, transport vositalarining majburiy texnik ko'rigi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi- organlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o'tkaziladi. Texnik ko'rikdan o'tkazishning asosiy vazifalari bo'lib: a) transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samaraii nazoratni tashkil etish; b) transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo'l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash; d) transport vositalari sonini, ulaming holatini, amalda mav­ judligini, tegishliligini va boshqa ro'yxatdan o'tkazish ma’lumot- larni aniqlashtirish; e) yo'l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish; f) yo'l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va bar- ham berish hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boigan va belgilangan tartibda YHX
bosh boshqarmasi organlarida ro'yxatdan o'tkazilgan transport vositalari, shuningdek, trolleybuslar va tramvaylar majburiy texnik ko'rikdan o'tkazilishi kerak. O'zbekiston Respublikasida ijro hokimiyati organlari tomoni­ dan amalga oshiriladigan ma’muriy ogohlantiruv choralardan biri — bu jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazoratidir. Mazkur faoliyat O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to'g'risida»gi Qonun1 va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2002-yil 26-fev- raldagi 51-son buyrug'i bilan tasdiqlangan «Jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralari- da ma’muriy nazorat o'rnatish va uni amalga oshirish tartibi to'g'- risida»gi Yo'riqnoma bilan tartibga solinadi.
Amaldagi qonunc- hilikka binoan, jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxs­ lar ustidan ichki ishlar idoralarining ma ’muriy nazorati — tarbiyaviy oldini olish ta’sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat osti- dagilarga nisbatan qonunda ko'zda tutilgan cheklashlarni qo'llash­ dan iboradir. Ma ’muriy nazoratning asosiy maqsadi — ilgari sudlanganlar to­ monidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy yo'lga kirib olishini shakllantirishdan iboratdir. Ma’muriy nazorat o'rnatilishi va amalga oshirilishi nazorat ostidagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitmasligi, ish, o'qish va isiiqomat joyida obro'sini to'kmasligi lozim.
Ma ’muriy nazorat voyaga yetgan quyidagi shaxslarga nisbatan о ‘matiladi: a) og'ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o'tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo'liga o'tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa; b) og'ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o'tab bo'lganlaridan so'ng ichki ishlar idoralarining
jamiyat uchun zararli kun kechirishni to'xtatish to'g'risidagi ogoh- lantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolaming qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan bo'lsalar; d) o'ta og'ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan.
Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklashlar qo ‘llanilishi mumkin: a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo'ygan’vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash; b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo'lishini taqiqlash; d) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (sha- har)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash; e) ro'yxatdan o'tish uchun har oyda bir martadan to'rt mar­ tagacha milisiyaga kelib uchrashish. Yuqorida ko'rsatilgan cheklashlar nazorat ostida bo'lgan shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, avvalgi sudlanganligiga va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to'la hajmda yoki ayrim-ayrim yo'sinda qo'llaniladi.
Cheklashlar ro'yxati uzil-kesil hisoblanadi, unga qo'shimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash mumkin emas. Ma’muriy nazoratni amalga oshirish nazorat ostidagi kishining istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari (militsiya)ga yuklatiladi. Sudyaning qarori ma’muriy nazoratni o'rnatish uchun •asos hisoblanadi. Ma'muriy nazorat o'rnatish to'g'risida taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi: a) og'ir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan ko'proq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxslarga nisbatan — jazoni ijro etish muassasasi boshlig'i tomo­ nidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo'liga o'tishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar bo'lgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin; b) o'ta og'ir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, - jazoni ijro etish muassasasi boshlig'i tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin; d) jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar idorasi boshlig'i tomonidan, shaxs jazoni ijro etish muassasasidan bo'shatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.
Ma’muriy nazoratni o'rnatish to'g'risidagi masala sudya tomo­ nidan taqdimnoma olingan paytdan boshlab 10 kundan kechikmay hal qilinadi. Ma’muriy nazorat o'rnatish to'g'risidagi qarorda nazorat belgilashga nimalar sabab bo'lganligi, nazorat muddati, nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qo'llaniladigan cheklashlar, agar ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatishda belgilangan bo'lsa, uning tanlangan yashash joyiga yetib kelish muddati ko'r- satiladi. :
Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgi­ lanadi. Ma’muriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdim- nomasiga binoan, har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun bel­ gilangan sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Nazorat ostidagi shaxs o'ziga belgilangan vaqt ichida tuzalish yo'liga o'tmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolaming qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki o'zi­ ga nisbatan qoilanilayotgan cheklashlaiga rioya etmayotgan taq­ dirda ma’muriy nazorat muddatini uzaytirishga yo'l qo'yiladi. Cheklashlar ro'yxati nazorat ostidagi kishining shaxsi, uning turmush tarzi va xulq-atvoriga qarab, lekin qonunda nazarda tu­ tilgan cheklashlar doirasida qisqartirilishi yoki to'ldirilishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni o'tash davrida ma’muriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaxsni jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatish oldidan u tanlagan istiqomat joyi- dagi ichki ishlar idoralariga bo'shatilayotgan kishining yetib borish vaqtini xabar qilgan holda sudyaning ma’muriy nazorat belgilash to'g'risidagi qarorini yuboradi. Sudyaning ma’muriy nazorat belgilash yoxud nazorat mudda­ tini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qo'llaniladigan cheklashlarni o'zgartirish to'g'risidagi qarori nazorat ostida boigan shaxsga ichki ishlar idorasi boshlig'i tomonidan, jazoni ijro etish muassasalarida boigan shaxsga esa — jazoni ijro etish muassasasi boshlig'i tomonidan tilxat orqali bildiriladi.
Bunda nazorat ostidagi shaxsga uning burchlari, ma’muriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat jazoni ijro etish muassa­ salaridan bo'shatilish oldidan belgilangan shaxsga esa — tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi. Nazorat ostidagi shaxsga, shuningdek, u ma’muriy nazoratdan bo'yin tovlab istiqomat joyidan o'zbo-
shimchalik bilan ketib qolganlik uchun javobgarlik tushuntirib beriladi. Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslaming fotosurati olinadi va ichki ishlar idoralarida hisobga olib qo'yiladilar. Zarur hollarda nazorat ostida bo'lgan shaxslaming barmoqlari izlari bostirib olinadi. Ma’muriy nazorat ostida bo'lgan har bir shaxs to'g'risida nazorat daftari yuigiziladi. Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlari ma’muriy nazoratni amalga oshirishda: a) nazorat ostiga olinganlaming xulq-atvorini ular yashayotgan va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari; b) nazorat ostiga olinganlami tanlangan istiqomat joyida ro'yxatdan o'tkazish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur choralar ko'rishlari; d) ular tomonidan jamoat tartibi buzilishi, boshqa fuqaro­ laming huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur etkazilishini oldini olishlari hamda yo'l qo'ymasliklari; e) ulaiga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi to'g'­ risida qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart.
Militsiya xodimlari ma ’muriy nazoratini amalga oshirishda: a) nazorat ostiga olingan shaxsning xulq-atvori to'g'risida ish beruvchidan, mazkur shaxs o'qiyotgan joyning ma’muriyatidan, u yashayotgan joydagi jamoat birlashmasi va fuqarolaming o'zini-o'zi boshqarish organidan, shuningdek, fuqarolardan ma’lumotlar talab qilib olish; b) nazorat ostida bo'lgan shaxsni ishga joylashtirish va unga turmush sharoiti yaratib berish to'g'risida tegishli davlat, jamoat va xo'jalik tashkilotlari oldiga masala qo'yish; d) nazorat ostiga olingan shaxsni suhbat uchun militsiyaga chaqirish, zarurat bo'lganda bunday suhbatlami ish beruvchining, jamoat birlashmasi va fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organining vakillari, nazorat ostiga olingan shaxsning qarindoshlari, shuning­ dek, suhbat mavzuyiga aloqador shaxslar ishtirokida o'tkazish; e) nazorat ostida boigan shaxsdan ma’muriy nazorat qoi­ dalarini ijro etish bilan bog'liq masalalar boyicha og'zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish; f) nazorat ostida boigan shaxsning turar joyini soat 6 dan 22 ga qadar borib ko'rish huquqiga egadirlar. Ma’muriy nazoratni amalga oshirish yuzasidan ayrim tad­ birlarni o'tkazishda ichki ishlar idoralariga yordam berish uchun ichki ishlar idoralarining shtatsiz xodimlari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb qilinishi mumkin.
Ma’muriy nazoratdan bosh tortayotgan shaxslami qidirish sudya qaroriga binoan, militsiya tomonidan amalga oshiriladi. Ma 'muriy nazorat quyidagi hollarda to 'xtatiladi: a) ma’muriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin, agar uni uzaytirishga asos bo'lmasa; b) muddatidan ilgari, basharti nazorat ostida bo'lgan shaxs tuzalish yo'liga qat’iyan o'tganligi, ishda va turmushda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatganligi aniqlangan bo'lsa; d) nazorat ostida bo'lgan shaxsning sudlanganlik muhlati tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda. Ma’muriy nazoratni «а» va «V» bandlarida nazarda tutilgan hollarda to'xtatish to'g'risida ma’muriy nazoratni amalga oshi- rayotgan militsiya xodimi tomonidan qaror chiqarilib, bu qaror ichki ishlar tuman, shahar, shahardagi tuman bo'limi (boshqar­ masi) boshlig'i tomonidan tasdiqlanadi. Ma’muriy nazoratni «Ь» bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari to'xtatish to'g'risida ichki ishlar idorasi boshlig'i tomonidan sudga asosli taqdimnoma yo'llanadi, taqdimnoma o'n kunlik muddatda ko'rib chiqilishi lozim. Sudya yoki ichki ishlar idorasining ma’muriy nazoratni to'xtatish to'g'risidagi qarori nazorat ostida bo'lgan shaxsga e’lon qilinadi.
Ma’muriy nazorat ostida turgan shaxsga doir hisobga olish hujjatlari ichki ishlar idorasida nazorat’to'xtatilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi. Ma’muriy nazorat ostida turgan shaxs halol mehnat qilib kun kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolaming qonu- niy manfaatlariga putur etkazmasligi, quyidagi qoidalarga rioya etishi shart. a) militsiyaning chaqiruviga binoan ko'rsatilgan muddatda borish hamda ma’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bog'liq masalalar boyicha og'zaki va yozma tushuntirishlar berish; b) ishlash yoki yashash joyi o'zgatganligi to'g'risida, shuning­ dek, tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani to'g'risida ma’­ muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimlarini bir ke­ cha-kunduzda xabardor qilish; d) boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha- kunduzdan ko'proq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar (milisiya) bo'limida ro'yxatdan o'tish;, e) qonunda nazarda tutilgan, unga nisbatan qoilanilgan chek- lashlaiga rioya etish.
Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslar belgilangan chek- lashlarni buzganlari taqdirda 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ma’muriy nazoratdan bo'yin tovlab istiqomat joyidan o'z- boshimchalik bilan ketib qolgan, shuningdek, ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo'shatilayotganda belgilangan hollarda tanlangan istiqomat joyiga muayyan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan nazorat ostidagi shaxslar O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ichki ishlar organlari boshqa hildagi ma’muriy ogohlantiruv choralarini ham amalga oshirishlari mumkin. Jumladan: — ma’lum bir asoslar mavjud bo'lganida, fuqarolaming shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi; — yo'lovchilaming qo'l yukini va bagajini ko'zdan kechirish, zarur hollarda esa shaxsiy ko'rikdan o'tkazish; — jamoat tartibiga biron-bir tarzda xavf vujudga kelganida, yo'llarda va ko'chalarda transport vositalari va yo'lovchilaming harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash; — insonlaming hayoti, sog'lig'i va mol-mulkini himoya qilish maqsadida ularni ma’lum bir joylarga kirishini, undan chiqib ketishini yoki u joyni tark etishini talab qilish; — transport vositalarini to'xtatish va boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositasi va yuklaming hujjatlarini tekshirish; — transport vositalari va yuklami, haydovchi ishtirokida ko'z­ dan kechirish va h.k.lar. O'zbekiston Respublikasida davlat sanitariya nazorati oiganlari tomonidan ham ma’muriy ogohlantiruv yo'sinidagi choralar qo'l­ lanilishi mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi Qonun‘ning 27-moddasiga binoan, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga quyidagi huquqlar berilgan: a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek, alohida shaxslardan yo'l qo'yilgan sanitariya norma­ lari, qoidalari va gigiena normativlari buzilishiga barham berishni talab qilish;
b) xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiena norma- tivlariga rioya etilishini nazorat qilish; d) mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlash- malarga va alohida shaxslarga belgilangan tartibda: — aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xo'jaligi obyektlarini joylashtirishning istiqbol rejalari boyicha, shuningdek, korxonalar, binolar va inshootlami qurish, qayta qu­ rish loyihalari boyicha xulosalar berish; — qurilish uchun yer uchastkalari berish, ro'zg'orda va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanadigan joylarni va oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va ko'mib tashlash masalalari boyicha xulosalar berish; e) turarjoy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq xo'jalik va boshqa korxonalar, shuningdek, inshootlaming amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish; f) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda o'quv yurt­ larida ta’lim olayotgan bolalarning o'quv-mehnat soatlari va tax- miniy mashg'ulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar yuzasidan xulosalar berish; g) qaysi idoraga bo'ysunishidan qat 4 nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlarini, boshqa muassasalar va tash- kilotlarni maxsus ekspertizalar o'tkazishga jalb etish va bunga buyurtmachilar hisobidan haq to'lash; h) sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari baja­ rilishini nazorat qilish maqsadida qaysi idoraga qarashli bo'lishdan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish; j) qaysi idoraga qarashli bo'lishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlaridan va alohida shaxslardan: — sanitariya normalarini, qoidalarini, epidemiyaga qarshi tarti­ botni muntazam suratda bajarmayotgan va ishlab chiqarishning hamda bajarilayotgan ishlaming xususiyatlarini hisobga olib, yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfmi tug'diradigan shaxslami ishdan chetlashtirishni;
— atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan yuqumli va parazitar kasallik bilan og'rigan bemorlarni kasalxonaga yotqizishni; — profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshi­ rishni; — obyektlaming sanitariya holatini aniqlash hamda aholi salomatligining holatini epidemiologiya jihatdan tahlil qilish uchun zarur boigan ma’lumotlar va tushuntirishlarni berishni talab qilish huquqiga egadirlar; i) gigiena ekspertizalari, laboratoriya tadqiqotlari o'tkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlarni, predmetlar va mate- riallami olish, shuningdek, bevosita obyektlaming o'zida, labora- toriyada ya asboblar yordamida zarur tekshirishlar o'tkazish. Ma’muriy ogohlantiruv choralarining yana bir ko'rinishi — bu ma’lum bir hududlarda karantin e’lon qilish hisoblanadi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan «O'simliklar karantini to'g'risida»gi Qonun'ga binoan, o'simliklar karantinining asosiy vazifalari — o'simliklarning tashqi va ichki karantini boyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat boiib, bu tadbirlar quyidagilaiga qaratiladi: 1) respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, xalq xo'jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boigan karan- tindagi va boshqa xavfli zararkunandalardan, o'simlik kasalliklari va begona o'tlardan muhofaza etish; 2) karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalami, o'simlik kasalliklari va begona o'tlami vaqtida aniqlash, ulaming yoyilishiga yo'l qo'ymaslik va ularni yo'q qilish, shuningdek, respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o'tlardan xoli inintaqalariga ular kirib borishining oldini olish; 3) qishloq xo'jaligi mahsulotlari va boshqa o'simlik mahsu­ lotlarini yetishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o'simliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlaiga rioya etilishi hamda ulaming amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borish. O'simliklar karantini davlat inspektori quyidagi huquqlarga ega: a) temir yo'l stansiyalari va avtovokzallar (avtostansiyalar), aeroportlar, daryo portlari (pristanlari), pochtamtlar, omborlar, tegirmonlar hududiga, passajir va yuk vagonlariga, samolyotlarga, daryo floti kemalariga, ko'rgaz malar, botanika bogiari, ilmiy-tad-
qiqot institutlari, tajriba stansiyalari, jamoa xo'jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hududlariga, fuqarolaming tomorqa uchastkalariga, shuningdek, urug'lar, 0‘simliklar va o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug'ullanuvchi korxonalarga moneliksiz kirish; b) laboratoriya ekspertizalari o'tkazish uchun urug'lardan, o'simliklardan va o'simlik mahsulotlaridan namunalar olish
. Karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va begona o'tlar aniqlangan taqdirda mahsulotlami olib chiqib ketib, ulardan foydalanishni cheklash va karantin tadbirlari tizimini bajarish yuzasidan kerakli topshiriqlar berish; d) karantin p'matilgan hududlardan karantin sertifikatlarisiz olib chiqilgan urug'larni, o'simliklarni va o'simlik mahsulotlarini ushlash, olib qo'yish, zarurat bo'lsa, olib kelingan joyiga qaytarib yuborish; e) bojxonalar, temir yo'l stansiyalari, avtovokzallar (avtostan- siyalar), aeroportlar, daryo portlari (pristanlari), pochtamtlar va boshqa tashkilotlarning ma’muriyatidan kelayotgan va jo'nati- layotgan, qonunga muvofiq karantin tadbirlari qo'llaniladigan yuklar to'g'risida ma’lumotlar talab qilish, zarur bo'lsa, ular tasar­ rufldagi hududda urug'larni, o'simliklarni va o'simlik mahsu­ lotlarini ko'zdan kechirish hamda zararsizlantirish uchun transport vositalari, yordamchi ishchilar, xizmat binolari va yordamchi ma­ teriallar berishni talab qilish. Karantin obyekti aniqlangan hollarda tuman (shahar) o'sim­ liklar karantini davlat inspektori tavsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan ayrim xo'jaliklar, jamoa xo'jaliklari, dehqon (fermer) xo'jaliklari, korxonalar, temir yo'l stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, qishloq va shaharchalaming hududi nosog'Iom deb e’lon qilinib, ularda karantin yoki zarur cheklashlar o'matiladi. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni o'simliklar karantini boyicha nosog'Iom deb e’lon qilish va ularda karantin yoki boshqa chek­ lashlar o'rnatish tegishli o'simliklar karantini bosh davlat inspek- torlari tavsiyanomasiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori yoki O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini bosh davlat inspektorining tavsiyanomasiga binoan O'zbe­ kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Karantin o'rnatish to'g'risida qaror qabul qilinganidan so'ng. karantin e’lon qilingan xo'jaliklardan urug' va ko'chatlarni karantin sertifikatlarisiz karantindagi zararkunandalardan, o'simlik kasallik- laridan va begona o'tlardan xoli bo'lgan boshqa xo'jaliklarga sepish va ekish maqsadida olib chiqish man etiladi. Karantin o'matilgan hududlardan karantin sertifikatlarisiz olib chiqib ketilgan urug'lar, o'simliklar va o'simlik mahsulotlari olib qo'yiladi hamda texnikaviy (sanoat yo'li bilan) qayta ishlash yoki umumiy ovqatlanish korxonalarida foydalanish uchun tayyorlov tashkilotlariga beriladi, zarur hollarda esa zararsizlantiriladi, jo'na- tuvchiga qaytarib yuboriladi yoki yo'q qilib tashlanadi. Karantin o'matilgan hududdagi (aholi punkti, tuman, viloyat) tomorqa uchastkalaridan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari orqaligina olib chiqib ketishga yo'l qo'yiladi, zarar­ langan mahsulotlar bundan mustasno (ulardan qay tarzda va qan­ day shartlarda foydalanishni o'simliklar karantini davlat inspektori karantin qoidalariga muvofiq belgilaydi).
Hududda o'matilgan karantin yoki cheklash belgilangan karantin tadbirlari o'tkazib bo'linganidan hamda karantindagi zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va begona o'tlar o'choqlari batamom yo'q qilinganidan keyingina o'simliklar karantini boyicha tegishli bosh davlat inspektorlarining tavsiyanomasiga binoan karantin yoki cheklashlaftii o'matgan tuman, shahar, viloyat va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan yoki O'zbekiston Respub­ likasi O'simliklar karantini bosh davlat inspektorining tavsiyano­ masiga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bekor qilinadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling