1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti
O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risi dagi ko^eksining 13-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o'n olti yoshga to'lgan shaxslar ma’muriy ja vobgarlikka tortiladilar. O'zR MJtKning 20-moddasiga binoan esa g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik ho latida bo'lgan shaxs, ya’ni surunkali ruhiy kasallik, ruhiy faoliyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud boshqa xil kasallik oqibatida o'z harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Demak, umumiy qoidagi ko'ra, ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti — bu 16 yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxsdir. Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida ma’ muriy javobgarlikning subyektlari uch guruhga bo'lingan: 1) umumiy subyekt — har qanday 16 yoshga to'lgan jismoniy shaxs. Jumladan, O'zR MJtKning 13-moddasida ma’muriy javob garlik subyekti umumiy holda ko'rsatib o'tilgan; 2) maxsus subyekt — umumiy subyektlarga qaraganda o'ziga xos xususiyatlarga (qo'shimcha belgilarga) ega bo'lgan subyektlardir. Ma’muriy huquqbuzarlikning maxsus subyektiga — mansabdor shaxslarni, haydovchilarni, voyaga yetmaganlami va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan qo'llaniladigan javobgarlik o'zi ga xos xususiyatlarga egadir. Masalan, mansabdor shaxslar tomo nidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar ulaming egallab turgan lavozimi yoki mansabi bilan yoxud ular zimmasiga yuklan gan vazifalar (majburiyatlar)ning bajarilmaganligi yoki lozim dara jada bajarilmaganligi bilan bog'liq holda sodir etiladi. Mansabdor shaxslaming ma’muriy javobgarligi fuqarolarga (umumiy subyekt) qaiaganda yuqori bo'ladi. 1-misol. O'zR MJtKning 175-4-moddasiga binoan ish haqini taqiqlangan shakllarda to'lash uchun faqatgina mansabdor shaxs- largina javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki xodimlarga ish ha qini berish majburiyati korxona, muassasa va tashkilotning man sabdor shaxsi zimmasiga yuklangan. 2-misol. O'zR MJtKning 125-moddasiga binoan foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo'lgan transport vositalarini boshqarish uchun faqatgina haydovchilar javobgarlikka tortilishi mumkin. Chunki haydovchigina — transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'ladi. Ma’muriy javobgarlik 16 yoshga to'lgan fuqarolarga nisbatan qo'llanilishi belgilangan. Lekin 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan fuqarolar — voyaga yetmaganlar toifasiga kirishini ham unutmaslik kerak. Ularning ma’muriy javobgarligi, odatda maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi; 3) alohida subyekt — intizom ustavlari yoki xizmat to'g'risidagi nizomlar tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxsl ar. Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida subyektlari — maxsus subyektlaming alohida guruhini tashkil etadi. Alohida subyektlar ham maxsus subyektlar singari o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlikning u yoki bu subyektlari doirasiga qaratilgan javobgarlikning qo'shimcha asoslari yoki uning yuqori hajmi, boshqalariga nisbatan esa ma’muriy javobgarlikni qo'llashda cheklanishlar ko'rsatib o'tiladi. Masalan, O'zR MJtKning 53-moddasiga binoan sanitariya qonun hujjat- arini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiena normativlarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. O'zR MJtK ning 16-moddasiga binoan muddatli xizmatdagi harbiy xizmat- chilarga jarima solinishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxs- laming ma’muriy javobgarligi ham nazarda tutilgan. Bu toifadagi shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik subyektlarining qaysi guruhiga kiradi, degan savol vujudga kelishi mumkin. Agar xorijiy fuqarolar diplomatik immunitet huquqidan foydalanmasa, O'zbekiston Res publikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda javobgarlikka torti- ladi. Agar bunday huquqqa ega bo'lsa, ularning javobgarlik masalasi xalqaro shartnomalarda (yoki davlatlar o'rtasida tuzilgan xalqaro bitimlarda) nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Demak, ular ma’muriy huquqbuzarlikning ham umumiy subyekti, ham maxsus subyekti sifatida namoyon boiishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qaratilgan javobgarlikni nazarda tutgan boiishi mumkin. Masalan, O'zR MJtKning 225-moddasida O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzish, ya’ni O'zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo'lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaq tincha yoki doimiy ro'yxatga turish, ko'chish yoki turar joy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo'lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo'yin tovlashi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o'tish tartibiga rioya qilmasligi uchun xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxs- larning ma’muriy javobgarligi nazarda tutilgan. Yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan, faqatgina jismoniy shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ayrim davlatlarda esa, masalan, Rossiya Federatsiyasida, ma’muriy javob- galikka yuridik shaxslar ham tortiladi. O'zbekiston Respublikasida ma’muriy huquqbuzarlikning sub yekti sifatida yuridik shaxslaming namoyon bo'lishi holati ham mavjud (Qarang, ushbu darslikning 21 -bob 7-§). Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling