1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
-Mavzu:Ma’muriy –huquqiy shakllar
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
10-Mavzu:Ma’muriy –huquqiy shakllar
Reja: 1. Ma’muriy-huquqiy shakllar tushunchasi 2. Ma’muriy-huquqiy shakllarning turlari Ma’muriy-huquqiy shakllar tushunchasi Shakl — bu ma’lum bir hodisa yoki harakat mazmunining tashqi ko‘rinishidir. Masalan, ta’lim jarayoni — ma’ruzalar yoki amaliy mashg'ulotlami olib borish (ya’ni ta’lim shakllari) orqali namoyon bo'ladi. Har qanday faoliyat singari davlat boshqaruvi faoliyati ham, ma’lum bir shakllarda ifodalanadi. Davlat boshqaruvi shunday jarayonki, unda ko'pgina shaxslar, tashkilot va organlar ishtirok etadi. Bu jarayonda ijro hokimiyati organlarining (boshqaruv faoliyati asosiy subyektining) vazifalari, funksiyalari va vakolatlari amalga oshirilganligi sababli, birinchi navbatda mazkur hokimiyat subyektlari faoliyati shakllari muammosi vujudga keladi. Ushbu faoliyatning shakllarini aniqlash orqali davlat-boshqaruv faoliya tining mazmunini chuqurroq anglash mumkin. Boshqaruv shakli, Yu.N.Starilovning fikricha, davlat organi, uning tarkibiy bo'linmalari va mansabdor shaxslar faoliyatining ma’lum bir qismi hisoblanadi. Boshqaruvning shakli — aniq subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum bir harakatlarda ifodalanib, boshqaruv faoliyatining, boshqaruv ta’sirining mazmu nini yoritib beradi. Boshqaruv shakllari huquqiy mazmunga ega, ya’ni normativ huquqiy akt orqali o'rnatiladi. Ba’zi hollarda boshqaruv shakllari normativ o'matilmagan bo'lishi ham mumkin va bulami boshqaruvning huquqiy shakllari jumlasiga kiritish mum kin emas.1 Ma’lumki, davlat hokimiyati uning har qanday ko'rinishida ham o'z-o'zidari amalga oshirilmaydi. Balki, o'zini namoyon qilish maqsadida, davlat — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud sohasida harakat qilishi lozim bo'ladi. Aynan uning tegishli subyektlarining aniq harakatlarida mazkur hokimiyatning mazmuni va yo'nalishlari namoyon bo'ladi. Boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) o'zlarining kundalik amaliy faoliyatlarida turli xildagi harakatlarni amalga oshiradilar. Bunda davlat organining yoki uning vakili (mansabdor shaxs)ning kompetensiyasi — u yoki bu boshqaruv sohasida ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini belgilab beradi. Jum ladan, ba’zi bir ijro hokimiyati oiganlari qonunosti huquqiy normalami, ya’ni davlat boshqaruvi jarayonida yoki uning ayrim sohalarida xulq-atvor qoidalarini o'rnatish vakolatiga; boshqalari esa, boshqaruv munosabatlarining u yoki bu subyektiga qaratilgan aniq yuridik hokimiyat ko'rsatmalarini berish vakolatiga; uchinchisi esa, kontrol-nazorat funksiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bo'lishi mumkin. Ulaming barchasi o'z faoliyatlarini yoki bo'y sinuvchi subyektlaming faoliyatini tashkil etish maqsadida ma’lum bir harakatlarni amalga oshiradilar; turli ko'rinishlardagi fuqarolar va jamoat birlashmalarining ehtiyojlarini qondiradilar. Ijro hokimiyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan turli xildagi harakatlar — davlat boshqaruvining mazmun-mohiya- tini ifoda etadi, boshqaruv vazifalari va funksiyalari, ya’ni davlat- boshqaruv faoliyati qanday amalga oshirilishi to'g'risida tasawur hosil qilishga olib keladi. Ijro hokimiyati organlari o'zining funksiyalarini bevosita davlat nomidan amalga oshira г ekan, ular faoliyatining tashqi ko'rinishi (shakli) huquq normalari bilan tartibga solingan boiishi kerak. U yoki bu davlat organining huquqiy maqomini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar, ular faoliyatining tashqi ko'rinishi (shakllari)ni ham belgilab beradi. X.R.Alimovning fikricha, davlat boshqaruvi funksiyalari va uslublari uning mazmunini tashkil etadi. Har qanday faoliyat mazmuni ma’lum bir shaklga, ya’ni tashqi ko'rinishga ega boiishi lozim. Shu sababli, boshqaruv faoliyatining shakli deganda — uning mazmuni tashqi ko'rinishining u yoki bu usulini tushunish lozim.1 Yu.M.Kozlovning fikricha, boshqamv faoliyatining shakllari — ijro hokimiyati oiganlari (mansabdor shaxslar) harakatining tashqi ifodalanishi bo'lib, ulaming kompetensiyasi doirasida amalga oshi riladi va ma’lum bir oqibatlami vujudga keltiradi. Mazkur subyekt- laming harakatlari — o'zining xususiyati, ahamiyati va vujudga keltiruvchi oqibatlariga ko'ra turli xildir. Boshqaruv shakllari: a) ijro hokimiyatini amalga oshirish shakllari; b) ichki apparat xususiyatidagi faoliyat shakllari sifatida na moyon bo'ladi.1 A.G.Chemyavskiy ham Yu.M.Kozlov singari boshqaruv shakl- larini ijro hokimiyati organlari faoliyatining tashqi ko'rinishini ifodalanishini va ularning vakolat doirasida amalga oshirilishini ko'rsatib, boshqaruv shakllariga to'g'ridan-to'g'ri yuridik ta’sir ko'rsatmaydigan shakllami ham kiritadi. Uning fikricha, boshqaruv shakllari — boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati mohiyatini ifodalaydi. Boshqamv shaklini tanlash — davlat funksiyalarini maqsadga muvofiq bajarish, boshqaruvning maqsadiga erishish uchun kam vaqt talab etadigan kuch va vositalardan foydalanishni belgilab berishi lozim.2 Boshqaruv shakllarining mazmun-mohiyatini ochib berishda «boshqaruvning maqsadi», «boshqamv funksiyalari», «boshqamv vazifalari», «vakolat»-, «kompetensiya» singari terminlaiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Mazkur tushunchalar aniq bir boshqamv sohasida boshqaruv uslubini tanlashda ham xizmat qiladi. Boshqaruv funksiyalari — boshqamv faoliyatining mazmunini belgilab beradi. Boshqaruv maqsadiga ~ boshqamv subyektlari tomonidan foydala- niladigan barcha boshqamv shakllari bo'ysindirilgan. Boshqamv organlari boshqamv shakllari orqali o'zlarining vakolaA&nni, kompetensiyasini amalga oshiradi. Boshqamvning maqsadiga erishish uchun boshqamv shakllari — boshqamv funksiyalarini amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, boshqamv jarayonining mazmuni boshqaruv funk siyalari, boshqaruv uslublari va boshqaruv shakllari orqali yoritib be riladi. Boshqamv nazariyasi aynan mana shu kategoriyalarga asos-lanadi. Boshqaruv amaliyoti esa mazkur kategoriyalarning rivojla- nishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv shakllari boshqa hokimiyat organlari faoliyatining shakllaridan, ya’ni qonun ijodkorligi (qonunchilik faoliyati) va odilsudlov (sud faoliyati)dan farq qiladi. Boshqaruv shakllari davlat va jamiyat hayotining, boshqaruvning barcha sohalarida davlat funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. G’arbiy Yevropaning ma’muriy huquq darsliklarida boshqa ruvning bir necha turlari ko‘rib chiqilgan. Masalan, nemis olimlari tomonidan boshqaruvning quyidagi shakllari ko'rsatib o'tiladi: 1) huquq ijodkorligi (qarorlar, ustavlar, ma’muriy ko'rsat- malar); 2) ma’muriy aktlar; 3) ommaviy-huquqiy shartnomalar; 4) oddiy ma’muriy harakatlar; 5) xususiy-huquqiy ma’muriy faoliyat (masalan, subsidiyalar berish).1 Bunda nemis olimlari tomonidan boshqaruv qarorlarining ko'pgina turlari tahlil qilinib, ommaviy boshqaruvni amalga oshi rishda rejalashtirishning katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ko'rsatib o'tiladi. Boshqaruv aktlarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, boshqaruv faoliyatida ulardan foydalanish orqali davlat organla rining vakolatlari amalga oshiriladi, boshqaruv tartibi, fuqarolaming huquqlari va qonuniy manfaatlari, boshqamv harakatlarining qonuniyligi, oshkoralik va ijtimoiy fikmi hisobga olish va boshqalar ta’minlanadi. Boshqamv organlari va mansabdor shaxslar har bir holatda aniq boshqamv shaklini qo'llaydilar. Boshqamv harakatlarining u yoki bu shaklini tanlash esa ma’lum bir qoidalar asosida amalga oshiriladi. Jumladan, ular mazkur organ (mansabdor shaxs) kom petensiyasiga, yo'nalishiga (ahamiyatiga), boshqamv faoliyatining funksiyalari va uslublariga, hal qilinadigan masalalar xususiyatiga, boshqamv ta’siri maqsadlariga, aniq obyekt xususiyatlariga mos kelishi kerak. Boshqamv shakllari tegishli boshqamv oigani (mans abdor shaxs) faoliyati doirasiga kimvchi obyektlaigagina qo'lla nilishi mumkin. Boshqaruv organlari o'z vazifa va funksiyalarini amalga oshi rish jarayonida turli xildagi ma’muriy-huquqiy shakllardan foyda- lanadilar. Boshqaruv faoliyati shakllari — boshqaruv faoliyati maz muniga mos kelishi kerak, ya’ni boshqaruvning u yoki bu funk siyasini amalga oshirishda maqsadga muvofiq va kam vaqt talab etadigan kuch va vositalardan foydalanish lozimdir. Davlat "boshqaruvi jarayonida normativ huquqiy hujjatlar (ustavlar, nizomlar, instruksiyalar) bilan o'matilgan boshqaruv shakllaridan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, boshqaruv jarayo nida davlatning u yoki bu vazifasini hal etish, u yoki bu funksiyasini amalga oshirishning ruxsat berilgan (ya’ni normativ hujjatlar bilan belgilangan) shakllaridan foydalaniladi. Aks holda, boshqaruv harakatlari va ularning mazmuni shubha ostiga olinishi, normativ hujjatlar talabiga mos kelmasligi mumkin. Lekin bu boshqaruv subyektining o'z xohishiga ko'ra harakatlanish imko- niyatidan mahrum etilganligini anglatmaydi. Boshqaruv subyekti har bir holat boyicha boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonida u yoki bu shaklni tanlashga ijodiy yondoshishi mumkin. Boshqamv shakllaridan foydalanishning samaradorligi — ulaming protsessual shaklini o'rnatish orqali ta’minlanadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv faoliyati ttuquqiy (ma’muriy-huquqiy) tartibda rasmiylash tirilgan bo'lishi kerak. Unda boshqaruv harakatlarini amalga oshi rishning asoslari, ulami amalga oshirish zaruriyati, boshqaruv qarorlari loyihalarining eng muhim jihatlari, boshqaruv qarotiarini ishlab chiqish va qabul qilish, boshqaruv qarorlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish nazarda tutilishi lozim. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling