1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-huquqiy normalaming tuzilishi


Download 1.49 Mb.
bet34/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy normalaming tuzilishi
Ma’muriy-huquqiy normalar, huquqning har qanday tarmog'i singari o'zining ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo'lib, ayni paytda ular o'zaro bir-biri bilan bog'liqdir. ^Yuridik adabiyotlarda ma’muriy-huquqiy normalaming tuzi­ lishi (tarkibi) bo'yicha turlicha yondashuvlar mavjud bo'lib, ular­ ning aksariyatida huquqiy normalar uch qismga bo'lingan: 1. Ma’muriy-huquqiy normalaming gipotezasi. Gipoteza — huquqiy normaning harakatga kelishini va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshirilishini, shuningdek, hayotiy sharoit va mavjud holatlarni belgilab beradi. Gipotezada shartlar shakllanib, ular mavjud bo'lgan hollarda norma talablariga asoslanish lozim. Gipotezalar ikki shaklda namoyon bo'ladi: a) mutlaq aniq gipoteza — bunda huquqiy normaning qanday holatda harakatga kelishi aniq ko'rsatib o'tiladi.’ Masalan, O'zR MJtKning 13-moddasida «Ma’muriy huquq- buzarlikni sodir etgan paytda 16 yoshga to ‘Igan shaxslar ma ’muriy javobgarlikka tortiladilar», degan norma nazarda tutilgan. Mazkur norma — mutlaq aniq gipotezada berilgan bo'lib, normaning qaysi vaqtda harakatga kelishi aniq belgilangan (ushbu misolimizda gipoteza «16 yoshga to‘Igan»);
b) nisbiy aniq gipoteza — bunda normaning harakatga kelishi aniq ko'rsatib o'tilmay, normaning harakati boshqa normaning amalga oshirilishidan vujudga keladi. Masalan, O'zR MJtKning 25-moddasiga binoan «Jarima — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir». Mazkur norma — nisbiy aniq gipo­ tezada berilgan bo'lib, u ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasini belgilovchi normalaming amalga oshirilishi bilan harakatga keladi. Demak,_gipoteza — huquqiy nofmaning tarkibiy qismi bo'lib, uning qachon va qanday vaziyatda harakatga kelishini belgilab beradi. Shu o'rinda alohida ta’kidlab o'tish lozimki, aksariyat ma’muriy-huquqiy normalaming gipotezasi nisbiy aniq holatda be- riladiV 2. Ma’muriy-huquqiy normalaming dispozitsiyasi. Dispozitsiya — huquqiy normaning bir qismi bo'lib, unda hu­ quq tarmog'i tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar ishtirok­ chilarining huquqlari, majburiyatlari, xatti-harakatlari doirasi ko'r­ satib o'tiladi.
Huquqiy norma dispozitsiyasida — ko'rsatma, ruxsat berish, man etish, ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilari xulq- atvorining mazmuni ko'rsatib o'tiladi. Huquqiy normalardagi dispozitsiya qismi turli ko'rinishlarda ifodalangan bo'lishi mumkin; a) huquqiy norma — gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan. ibo­ rat bo'lishi mumkin. Masalan, O'zR MJtKning 41-moddasiga binoan «haqorat qilish, ya ’ni shaxsning sha ’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi».
Mazkur norma yuqorida aytilgan uchala qismdan ham iborat; b) huquqiy normada dispozitsiya qismi bilan bir qatorda, uning qaysi holatda harakatga kelishi (gipoteza) nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Masalan, O'zR MJtKning 39-moddasiga binoan «Ma’muriy jazoni qo'llanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni baja- rilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo'llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi».
Ushbu norma gipoteza va dispozitsiyadan iborat; d) huquqiy normada faqatgina dispozitsiya qismi ko'rsatib o'tilgan bo'lishi mumkin. Masalan, 0 ‘zR MJtKning 1-moddasiga binoan Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj­ lisining Qarorlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Far- monlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaror­ lari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining va Vazirlar Kengashining Qaror­ lari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengash- larining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Qarorlaridan iboratdir. Mazkur normaga e’tibor beradigan bo'lsak, u faqatgina dispozitsiyadan, ya’ni davlat ko'rsatmasidan iborat. 3. Ma’muriy-huquqiy normalaming sanksiyasi. Ko'pgina huquqshunos olimlarining fikricha, huquqiy norma- laming sanksiyasi — bu ma’muriy-huquqiy normalar dispozitsiya- sida mavjud bo'lgan talablaming bajarilmaganligi uchun javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi tarkibiy qism sifatida ta’riflashadi. Ular huquqiy normalar sanksiyasi mazmunining bir tomonlama xususiyatini, ya’ni faqatgina javobgarlikdan iborat ekanligini ko'r- satishadi. Mazkur qarashlarning tarafdorlari «huquqiy norma sank­ siyasi» va «javobgarlik sanksiyasi» tushunchalarini bir o'ringa qo'yishadi.
Bizningcha,'sanksiya — bu huquqiy norma dispozitsiyasi qis­ mida ko'rsatib o'tilgan xatti-harakatga nisbatan ta’sir chorasi bo'­ lib, ham salbiy (negativ), ham ijobiy (pozitiv) xususiyatga ega bo'lishi mumkin.. Huquqiy norma sanksiyasi turlicha bo'lishi mumkin. Jum­ ladan, davlat va huquq nazariyasi faniga binoan, I huquqiy norma­ laming sanksiyalarida dispozitsiya qismida ko'rsatib o'tilgan talab- laini bajarmaganlik uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan javobgarlik yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun rag'batlantirish turi va oichovi ifodalangan bo'ladi.1
Demak, sanksiya — bu huquqiy normaning tarkibiy qismi bo'lib, unda dispozitsiyasi qismida belgilangan talabning bajarilishi yoki bajarilmaganligi uchun qoilaniladigan ta’sir etish choralari nazarda tutiladi. , 1-misol. G^zR MJtKning 47-moddasiga binoan «Ota-onalar yoki ularning o'mini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalami tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majbu- riyatlami bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning mа ’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi, — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi». Ushbu norma sanksiyasi javobgarlik xusu­ siyatiga egadir. 2-misol. O'zR Mehnat kodeksining 180-moddasiga binoan «Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xiz- matlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin». Mazkur norma sanksiyasi rag'batlantirish xususiyatiga egadir. > Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy normalar har qanday huquq tarmog'ining normalari singari ma’lum bir tarkibiy qismga egadir. huquqiy normalar gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat bo'­ ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling