1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-huquqiy normalaming tasnifi


Download 1.49 Mb.
bet35/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy normalaming tasnifi
Ma’muriy-huquqiy normalar o'zining tartibga solish yo'nalishi va unga muvofiq holda yuridik mazmuni bilan nihoyatda xilma- xildir. Shu sababli, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy muno- sabatlami tartibga solishda ma’muriy-huquqiy normalaming o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ularni tasniflash katta aha-’ miyatga egadir. - Yuridik adabiyotlarda huquqiy normalaming turlicha tasnifi mavjud bo'lib, ularning ayrimlari to'la ravishda asoslantirilmagan. Masalan, huquq tarmog'i tomonidan bajariladigan funksiyalaiga qarab huquqiy normalar tartibga soluvchi va muhofaza etuvchi normalaiga ajratiladi. huquqiy normalami huquqiy tartibga solish jarayonida qanday faoliyatni bajarishiga qarab, ya’ni ulami ixti- soslashuvi bo'yicha tasniflash ham jiddiy e’tirozlarga sabab bo'ladi. Ushbu tasnif bo'yicha, masalan, definitsiya-normalar va prinsip- normalar farqlanadi. Ushbu tasnif huquq normasining asl mazmun- mohiyati bilan bog'liq bo'lgan obyektiv realiikni aks ettirmaydi. Aksariyat huquqshunos olimlari ma’muriy-huquqiy normalami ikki guruhga: moddiy va protsessual normalaiga bo'ladi. Bunday tasniflash mezoni sifatida ayrim hollarda ma’muriy-huquqiy nor­ malar mazmuni, boshqa hollarda esa ma’muriy-huquqiy tartibga solish predmetining o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
Moddiy ma’muriy-huquqiy normalar — davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo'yicha bo'ladigan munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari hajmi va mazmunini, shuningdek, ulaming javobgarligini belgilaydi. Masalan, «O'zbe­ kiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunning1 7-moddasiga binoan «Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi». Mazkur norma moddiy huquqiy norma bo'lib, 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining vakolatini belgilab bergan. Protsessual ma’muriy-huquqiy normalar — tartibga solinayot- gan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari uchun moddiy ma’muriy- huquqiy normalarda nazarda tutilgan, davlat boshqaruvi sohasidagi yuridik huquq va majburiyatlami amalga oshirish tartibini bel­ gilaydi. Boshqacha aytganda, ular davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo'yicha faoliyat tartibini belgilaydi va amaldagi qonunchilik bilan belgilangan ushbu faoliyatdagi jarayon qoida­ lariga rioya etilishini talab qiladi. Masalan, O'zbekiston Respub­ likasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun2ning 22-moddasiga binoan '«Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokim- liklar) boshqarmalar, bo ‘limlar va boshqa bo'linmalardan iborat bo'lib, ulaming strukturasi, ulami tashkil etish tartibi va faoliyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi». Ushbu norma mahalliy davlat hoki­ miyati organlarining vakolatlari va majburiyatlarini bevosita amalga oshirishga ko'maklashuvchi prosessual huquqiy norma hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi huquq tizimining boshqa tarmoqla­ ridan3 farqli ravishda, ma’muriy huquqda, odatda, moddiy va prosessual normalar yagona manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Jumla­ dan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi moddiy va protsessual normalar yagona qonun hujjatida — O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida o'z ifodasini topgan.
Ma’muriy-huquqiy normalami ulaming aniq yuridik mazmu- niga qarab tasniflanishi alohida ahamiyat kasb etadi. U huquqning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish uslubining u yoki bu doirasi: ko'rsatma berish, man etish va ruxsat berishga asoslanadi. Shu nuqtayi na- zardan ma’muriy-huquqiy normalaming uch turi ajratiladi: maj- buriyat yuklovchi, taqiqlovchi va vakolat beruvchi normalar.
1 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 №9-10, 138-m. 2 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993 №9, 320-m. 3 Masalan, fuqarolik huquqi va jinoyat huquqida moddiy va protsessual nor­ malar ikkita mustaqil manbalarda: Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslarida, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarida berilgan.
Majburiyat yuklovchi ma’muriy-huquqiy normalar ushbu nor­ malar gipotezasida nazarda tutilgan .sharoitlar mavjud bo'lgan hol­ larda, muayyan harakatlarni, albatta, amalga oshirish lozim bo'lgan yuridik hokimiyat ko'rsatmalarini o'z ichiga oladi. Majburiyat yuklovchi ma’muriy-huquqiy normalar shaxsni qandaydir xatti-harakatni sodir etishga majbur qiladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishi- larning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar». Taqiqlovchi ma’muriy-huquqiy normalar — ushbu normalar u yoki bu harakatlarni amalga oshirishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan,
O'zbekiston Respublikasining «Notariat to'g'ri- sida»gi Qonunning1 6-moddasiga binoan «Notariusning, notarial harakatlarni ahtalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslaming, shu­ ningdek, amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazi­ fasini bajarish munosabati bilan xabardor bo ‘lib qolgan shaxslaming o'zlariga ma’lum bo'lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi». Mazkur huquqiy norma orqali notarius yoki tegishli shaxs tomonidan ma’lumotlami oshkor qilish mumkin emasligi (taqiq) belgilangan. A.Lining ko'rsatib o'tishicha, taqiqlovchi normalar — bevosita va vositali xiisusiyatlaiga ega boiishi mumkin. Bevosita shakldagi normalarda tadqiq to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tiladi.
Vositali shakldagi taqiq esa barcha huquqiy normalarda mavjud boiib, ularda u yoki bu huquqbuzarlikning yuridik tarkibi nazarda tu­ tiladi.2 Vakolat beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar — davlat bosh­ qaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga yuridik hokimiyat ko'rsatmalari doirasida o'z ixtiyori bo'yicha harakat qilish imkoniyatini nazarda tutadi, ya’ni bu yerda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmalar ham, man etishlar ham yo'q.
Masalan, O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan «Fuqaro­ laming murojaatlari to'g'risida»gi Qonunning3 3-moddasiga binoan « 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega». Mazkur normada ko'rsatib o'tilgan huquq bevosita fuqaroning erkiga bog'­ liq bo'lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, vakolat beruvchi huquqiy normalarda shaxsning harakat qilish doirasi aniq ko'rsatib o'tiladi. Shaxs faqatgina mana shu doirada harakat qilib, o'zining xohish-irodasini ifoda etishi mumkin. Ma’muriy-huquqiy normalami asosiy (dastlabki) va hosila nor- malarga bo'lishimiz mumkin.
Agar normada umumiy xususiyatga ega bo'lgan qoidalar mustahkamlangan bo'lsa — asosiy, umumiy qoidalami rivojlantirishga, aniqlashtirishga qaratilgan normalar — hosila normalar hisoblanadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko'rsatib o'tilgan aksariyat normalar (asosiy) O'zbekiston Respublikasining joriy qonunlari bilan (hosila), joriy qonunlaming normalari (asosiy) qonunosti normativ hujjatlar bilan (hosila) aniqlashtiriladi va rivojlantiriladi. Misol, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-mod- dasiga binoan « О'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari — bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega». Mazkur norma asosiy noyna hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g'risida»gi Qonunning2 2-moddasiga binoan esa «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O'zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Respub­ likasining Davlat madhiyasiga zo'r ehtirom bilan qarash O'zbe­ kiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir». Mazkur norma hosila normasi hisoblanadi. Bundan tashqari, huquqshunos olimlar huquqni muhofaza qiluvchi normalar sanksiyalarining aniqligiga qarab — mutlaq aniq yoki nisbatan aniq normalaiga bo'lishadi.
Mutlaq aniq sanksiyali normada aniq bitta davlatning majburlov chorasi ko'rsatib o'tiladi. Masalan, O'zR MJtKning 51-moddasiga binoan «Qonunda nazarda tutilgan hollami istisno etganda, mehnatga biron bir shaklda ma’­ muriy tarzda majburlov, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi».
Nisbatan aniq sanksiyali norma esa turli xil jazo choralarining birini yoki huquqiy ta’sir choralarining birini qo'llashni nazarda tutadi. Masalan, O'zR MJtKning 183-moddasiga binoan «Mayda bezorilik, ya ’ni jamoat joylarida uyatli so ‘zlar bilan so ‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqa- rolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurishturish qoidalarini qasddan mensimaslik, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki о ‘n besh sutkagacha muddatga ma 'muriy qa- moqqa olishga sabab bo'ladi». Bunday sanksiyalar muqobil sank- siyalar deb ham ataladi. Ma’muriy-huquqiy normalami munosabat subyektlariga nisba­ tan harakatiga qarab ham umumiy va maxsus normalaiga bo‘lish mumkin.
Umumiy normalar barcha huquq subyektlariga taalluqli bo'ladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga binoan «Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslaming, davlat va jamiyatning qonuniy man­ faatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkaz/nasliklari shart». Maxsus normalar esa aholining muayyan 'guruhiga yoki aniq belgilangan doiradagi subyektlarga taalluqli bo'ladi. Masalan, man­ sabdor shaxslarga, voyaga yetmagan shaxslarga, harbiy xizmatchi- larga yoki boshqa shaxslar doirasiga qaratilgan normalar mavjuddir. Demak, ma’muriy-huquqiy normalar turli asoslarga ko'ra tas- niflanadi va ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijti­ moiy munosabatlar ishtirokchilarining xatti-harakatini, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling