1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


-Mavzu: Ma’muriy huquq sub’ektlari


Download 1.49 Mb.
bet13/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

4-Mavzu: Ma’muriy huquq sub’ektlari.
Reja:
1.Ma’muriy huquq subyekti tushunchasi
2.Ma’muriy huquq subyektlarining huquq layoqati va muomala layoqati

Har bir huquq tarmog'i o'zining subyektlariga ega bo'lib, ular tartibga solinadigan huquqiy munosabatlaming o'ziga xos xusu­ siyatlari bilan tavsiflanadi. .«Huquq subyekti»dan «huquqiy munosabat subyekti»ni farqlash lozim. Oldingi boblardan ma’lumki, huquqiy munosabat subyekti — bu aniq bir huquqiy munosabatning ishtirokchisidir. Huquq sub­ yekti esa bu huquqiy munosabatlarda ishtirok eta oladigan hamda subyektiv huquqlar va majburiyatlaiga ega bo'lgan shaxslardirJ Huquq subyektlari huquqiy munosabatlarga kirishganida, hu­ quqiy munosabat subyektiga aylanishi mumkin. Lekin huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan huquq subyektlari o'zlarining oldingi holatini yo'qotmaydi. huquq subyektlari bir vaqtning o'zida bir necha huquqiy munosabatlaming ishtirokchilari sifatida na­ moyon bo'lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan olganda, huquq subyekti huquqiy munosabat subyektiga qaraganda kengroq tu- shunchadir. Yuridik adabiyotlarda huquq subyektlari bo'yicha turlicha fikr­ lar 15ildirilgan. Aksariyat huquqshunos olimlarining fikricha, ma’­ muriy huquq subyektlari ikkiga bo'linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar. Jumladan, Yu.M.Kozlovning ko'rsatishicha, individul subyekt­ lar — bu fuqarolar, xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo'l­ magan shaxslar, shuningdek, davlat xizmatchilaridir. Jamoa subyektlariga — turli ko'rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlari kiradi. Birinchi guruhga — ijro hokimiyati organlari, davlat korxonalarf 'va muassasalari hamda ulaming birlashmalari (masalan, korporatsiya, konsem va h.k.lar), ijro hokimiyati organ-


larining ma’lum bir vakolatga ega bo'lgan tuzilmaviy bo‘linmalari (masalan, departamentlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa jamoat birlashmalari (partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalari kiradi.1 Yu.N.Starilovning fikricha, ma’muriy huquq subyektlari doi- rasini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan ular ma’muriy-huquqiy munosabatlaming ishtirokchilari sifatida namoyon bo‘lib, davlat boshqaruvi vazifalari va funksiyalarini amalga oshiradilar; davlat boshqaruvi sohasida tartibga solish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, farmoyish berish, kontrol-nazorat vakolatlarini amalga oshiradilar; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklami ko‘rib chiqadilar va h.k.lar. Ma’muriy huquq subyektlari sifatida ma’muriy qonunchilik normalari bilan o‘rnatilgan asoslarda, davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslar (tash­ kilotlar) namoyon bo'ladi. IMa’muriy huquq subyektlari — ommaviy boshqaruv faoliyati tomonlarining biri bo'lib, qonunchilik bilan ma’lum bir huquqlarga, majburiyatlarga, vakolatlarga, javobgar- likka, ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishish qobiliyatiga ega bo'lgan boshqaruv munosabatlarining ishtirokchilaridir. Ma’muriy huquq subyektlari tomonidan ularga berilgan huquqlar va maj- buriyatlami bajarish aniq bir huquqiy munosabat doirasida amalga oshiriladi.2 ; Yu.NlStarilov ham Yu.M.Kozlov singari, ma’muriy huquq subyektlarini ikkiga: individual va jamoa subyektlariga bo'ladi. Individual subyektlar — fuqarolar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lib, ular ijro hokimiyati va ommaviy boshqaruv oiganlari bilan qat’iy va doimiy tashkiliy alo- qalarda bo'lmaydi.-Fuqarolar, masalan, qandaydir harakat ni sodir etish zarurati bilan ulaiga yuklatilgan majburiyatlami bajarish, tegishli davlat oiganining ruxsatini (litsenziya) olish, huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni buzadigan ijro hokimiyati organlarining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish orqali ma’muriy-huquqiy munosabatlaming subyekti sifatida namoyon bo'ladi.
Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar ham ma’muriy huquqning individual subyektlari hisoblanadi. Ular davlat hoki­ miyati oiganlarida davlat mansablarini egallaydilar, mazkur oigan- lar bilan qat’iy va doimiy aloqalarda bo'ladilar; ulaming maqomi normativ huquqiy aktlar bilan bir xilda tartibga solinadi; davlat organlari vakolatlarini amalga oshiradilar va ma’lum bir davlat- hokimiyat vakolatiga ega bo'ladilar; davlat oiganlari nomidan hara­ kat qiladilar va qarorlar qabul qiladilar. Ma’muriy huquqning jamoa subyektlari — bu insonlar guruhi bo'lib, tashqi munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etadilar; ulami tashkil etish tartibi va faoliyati normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda jamoa subyektlari o'z nomlaridan harakat qiladilar; qonun va bosh­ qa normativ hujjatlarda ulaming huquqlari va ma’lum bir maj- buriyatlari belgilab qo'yiladi. B.N.Gabrichidzening ko'rsatib o'tishicha, ma’muriy huquq­ ning subyektlari bo'lib: a) davlat hokimiyati organlari; b) jamoat birlashmalarv, d) korxona va tashkilotlarning ma ’muriyatr, e) fuqarolar hisoblanadi. Ma’muriy huquq subyektlari o'zining tabiati, huquqiy maqomi va boshqa belgilariga ko'ra bir-biridan farqlanadi.1 L.I.Solovevaning fikricha, ma’muriy-huquqiy muno-sabatlar- ning subyektlari deganda — davlat boshqaruvi sohasida huquq va majburiyatlaiga ega bo'lgan va ulami amalga oshira oladigan aniq tomonlar tushuniladi. [Ma’muriy-huquqiy munosabatlaming sub­ yektlari bo'lib: a) davlat organlari; b) boshqaruv organi yoki jamoat birlashmasi nomidan harakat qiladigan hamda boshqaruv sohasida yuridik-hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan mansabdor shaxslar, d) korxona, muassasa va tashkilotlar, e) jamoat birlashmalarr,

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling