1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


-Mavzu:Davlat boshqaruv organlari


Download 1.49 Mb.
bet15/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

5-Mavzu:Davlat boshqaruv organlari
Reja:

  1. Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari

  2. Ijro hokimiyati organlari tushunchasi va ularning o'ziga xos xususiyatlari

  3. Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

  5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari.



Davlat organlari tushunchasi va xususiyatlari Davlat — o‘z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-moddiy kuchga, ya’ni davlat mexanizmiga egadir. Mexa­ nizm davlatning nimadan tashkil topganligini ko‘rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. Davlat mexanizmi - davlat organlari va boshqa tashkilotlarining davlat hokimiyatini, vazifa va funksiya­ larini amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya’ni bo'ysunuvga asos­ langan tizimidir.
Davlat mexanizmining boshlang'ich va asosiy tarkibiy element- laridan biri — bu davlat organlaridir. Davlat organlari — davlat funksiyalarini amalga oshiradigan va hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir.
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko'ra, davlat organlarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
1) davlat organi — davlat mexanizmining bir bo'lagi sifatida, ma’lum bir mustaqillikka (avtonomiyaga) egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o‘z o'rniga ega bo'lib, uning boshqa qismlari bilan o'zaro aloqada bo'ladi;
2) davlat organi — turli munosabatlarda davlat nomidan harakat qiluvchi xizmatchilardan iborat bo'ladi. Aynan davlat xiz- matchilarining harakatlarida u yoki bu davlat organining faoliyati namoyon bo'ladi;
3) davlat organlari ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya’ni ular' yagona maqsad atrofida birlashgan bo'linmalardan iborat bo'ladi;
4) davlat organlari ma’lum bir hajm va mohiyatga ega bo'lgan davlat-hokimiyat vakolatiga egadir;
5) davlat organlarining funksiyalanishini — davlat tomonidan moliyaviy mablag' ajratish orqali ta’minlanadi;
6) davlat organlari — davlatning vazifa va funksiyalarini amal­ ga oshirish uchun, ma’lum bir shakl va uslublardan foydalanadi.
Davlat organi o'zining mohiyatiga ko'ra qandaydir tashkilotni, fuqarolaming jamoasini anglatadi. Bunday fbqarolaming jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi.
Davlat o'z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ulami tashkil etish tartibini belgilaydi, ulaming funksiyalanishining asosiy qoida­ larini o‘matadi, davlat nomidan va davlat manfaatini ko'zlab harakat qilishi uchun ulaiga ma’lum bir vakolatlarni berib qo‘yadi.
Davlat organlarining barchasi, yagonalikda — davlat apparatini tashkil etadi. Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi. Davlat — fuqarolaming siyosiy tashkiloti bo'lganligi sababli, tashkil qilinadigan davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo­ ladi.
Davlat-hokimiyat vakolati keng qamrovli tushuncha bo'lib, asosan quyidagilami o'z ichiga oladi:
a) davlat nomidan va davlat manfaatini ko'zlab huquqiy akt chiqarish;
b) ulaming amalga oshirilishini — tarbiyalash, ishontirish va rag'batlantirish choralarini qo'llash orqali ta’minlash;
d) huquqiy aktlardan kelib chiqadigan talablar ijro etilishini nazorat qilish;
e) huquqiy aktlami himoya qilish, ya’ni huquqiy aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda, ularni majburiy choralar qo'llash orqali himoya qilish. Davlat organlari to'g'risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun, ulami fuqarolaming boshqa jamoalaridan, masalan jamoat tashkilotlaridan farqlash lozim. Jamoat tashkilotlari davlat tomo­ nidan emas, balki fUqarolar yoki mehnat jamoasi tomonidan, dav­ lat organi esa davlat tomonidan tashkil etiladi. Ba’zi hollarda davlat o'z organlari orqali jamoat tashkilotlarini tashkil etish asoslarini va tartibini, faoliyat yo'nalishlarini belgilab berishi mumkin. Davlat organlari davlat-hokimiyat vakolatiga ega, ya’ni davlat nomidan va davlat manfaatini ko'zlab butun mamlakat bo'yicha yoki ma’lum bir hududlar (viloyat, tuman, shahar) bo'yicha harakat qiladi. Jamoat tashkilotlari ham ma’lum bir vakolatlarga ega, lekin bu vakolatlar davlat-hokimiyat vakolati hisoblanmaydi. Jamoat tashki­ lotlarining vakolati ma’lum bir belgilangan doirada, masalan, jamo­ at tashkiloti doirasida yoki jamoat xodimlariga nisbatan harakatda bo'ladi.
Davlat oiganlarining o‘ziga xos xususiyatlarini korxonalar bilan taqqoslab ko'iganda ham ko'rish mumkin. Jumladan, davlat organlari davlat oldida tuigan vazifa va funksiyalarni amalga oshi­ rib, o'zlarining xatti-harakatlari bilan bevosita moddiy boyliklar yaratmaydilar. Korxonalar esa bevosita ishlab chiqarish bilan, moddiy boyliklami yaratish bilan shug'ullanadi.
Bundan tashqari, har bir davlat oiganining o'ziga xos xusu­ siyatini uning huquqiy maqomida ko'rishimiz mumkin. Davlat organlarining huquqiy maqomi quyidagi asosiy jihatlar bilan bel­ gilanadi:
— davlat organlarining o‘z faoliyatini qonun asosida hamda qonunni ijro etish maqsadida amalga oshirishi;
— davlat oiganlarining barchasi bevosita yoki yuqori turuvchi organlari orqali davlat hokimiyati organlariga bo'ysunishi va nazorat qilinishi;
— davlat oiganlarining o'z vakolati doirasida harakat qilishi hamda operativ mustaqillikka ega bo'lishi;
— quyi turuvchi davlat oiganining yuqori turuvchi davlat oiganiga bo'ysinishi;
— yuqori turuvchi davlat organi chiqaigan huquqiy aktlarning quyi organlar uchun majburiyligi va boshqalar.
Demak, davlat organlari:
birinchidan — davlat mexanizmi (apparati)ning bir qismi hisoblanadi;,
ikkinchidan — davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo'ladi;
uchinchidan — davlat oldida tuigan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida davlat tomohidan tashkil etiladi;
to'rtinchidan — maium bir tashkiliy tuzilmaga ega bo'ladi;
beshinchidan — ulaming faoliyati bevosita ishlab chiqarish bilan, moddiy boyliklami yaratish bilan bog'liq emas.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling