1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Download 1.49 Mb.
bet23/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat xizmati prinsiplari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha modda­ lari bevosita davlat xizmati bilan bog'liq bo'lib, uning asosiy prin- siplarini mustahkamlaydi. Masalan, davlat xizmatida qonuniylik, inson va fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ustunligi, davlat xizmati sohasida vakolatlaming taqsimlanganligi, davlat xizmatida ishtirok etuvchi fuqarolaming tengligi va boshqa konstitutsiyaviy prinsiplami ko'rsatib o'tishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatini tashkil etishning asosiy prinsiplaridan biri — bu davlat organlari va mansabdor shaxslaming jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligidir.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu holat huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy belgisidir. Davlat, uning organlari insonlar uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga binoan O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning va qonunlarning ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat xizmatchilari amaldagi qonunchilik hujjatlariga tayanib, faqatgina davlat o ig an in in g vakolat doirasida o'z faoliyat­ larini amalga oshirishlari, qonunchilik bilan ulaiga yuklangan vazi- falami o‘z vaqtida bajarishlari, berilgan huquqlardan to‘g‘ri foydala- nishlari, belgilangan tartibga rioya qilishlari lozim.
Qonuniylik prin­ sipiga binoan davlat xizmatini tashkil etish va faoliyat ko'rsatishi huquq normalariga asoslanishi hamda jamiyat va fuqarolaming man­ faatlarini ta’minlagan holda amalga oshirilishi lozim. Davlat xizmati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan davlat hokimiyatining tizimi asosida, ya’ni hoki- miyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi asosida tashkil qilinadi. Davlat hokimiyati xalq manfaat­ larini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Hokimiyat oiganlari bir-biridan mustaqil bo'lib, ularning har biri davlat oldida turgan ma’lum bir vazifa va funksiyalarni amalga oshiradilar. huquqiy demokratik davlat qurishning muhim belgilaridan biri — bu davlat vakolatlarini hokimiyat oiganlari o'rtasida taqsimlashdir.
Qonunchilikka binoan fuqarolar davlat xizmatida bevosita ishtirok etishlari mumkin. Bunday ishtirok — davlat xizmatida ma’­ lum bir faoliyatni amalga oshirish yoki davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Konstitutsiyaning 35- moddasiga binoan esa har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Shu holatni ham alohida ta’kidlab o'tish lozimki, davlat xizmatida bevosita ishtirok etishga faqatgina O'zbekiston Respub­ likasi fuqarolarigina ega bo'lib hisoblanadilar. Davlat xizmatida ishtirok etuvchi barcha fuqarolar bir xildagi huquqlarga ega bo'lib, millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa belgilaridan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar.
Davlat xizmatida fuqarolaming faoliyat ko'rsatishida, mansab yoki lavozim bo'yicha harakatlanishida davlat tomonidan teng shart-sharoitlar yaratib beriladi. Yuridik adabiyotlarda davlat xizmatining asosiy prinsiplaridan tashqari, tashkiliy-funksional prinsiplari ham ko'rsatib o'tilgan. Ularga quyidagilami kiritish mumkin:
1) yuqori davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqa­ rilgan qarorlarning quyi turuvchi organlar (davlat xizmatchilari) uchun majburiyligi prinsipi. Bu prinsip orqali davlat xizmatidagi quyidagi asosiy holatlar belgilab beriladi: birinchidan, yuqori davlat oigani yoki rahbar tgmonidan chiqarilgan qarorlar quyi turuvchi organlar va davlat xizmatchilari tomonidan bajarilishi majburiydir; ikkinchidan, chi- qariladigan qarorlar qonuniy bo'lishi, ya’ni qarorlar uni chiqarish vakolatiga ega bo'lgan davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan vakolat doirasida chiqarilishi lozim; uchinchidan, bu qarorlar qonun talablariga zid kelmasligi lozim. Bu prinsip orqali davlat organlarining normal funksiyalanishi ta’minlanadi; 2) davlat xizmatida o'rnatiladigan asosiy talablaming yagonaligi prinsipi. Mazkur prinsipga binoan davlat xizmati va davlat xizmat- chilariga o'rnatiladigan barcha talablar, ya’ni davlat xizmatini tashkil etish, davlat xizmatiga kirish, xizmatchilarga qo'yiladigan malakaviy talablar, mansab majbariyatlarini bajarishga qo'yilgan talablar, davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish, xizmatchi­ larga nisbatan intizomiy javobgarlikni qo'llash, malakasini oshirish va boshqa talablar qonunchilikda bir xil belgilanadi; 3) davlat xizmatini amalga oshirishda oshkoralik prinsipi.
Davlat xizmatini amalga oshirishda oshkoralik prinsipi yorda­ mida davlat organlari va davlat xizmatchilarining faoliyati to'g'­ risidagi ma’lumotlami olish ta’minlanadi. Har qanday davlat xizmati oshkoralik prinsipi asosida tashkil etilishi va amalga oshi­ rilishi lozim. Oshkoralik prinsipi orqali bir tomondan fuqarolaming davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishi, ikkinchi tomondan esa davlat oldida turgan vazifalarni hal etishda fuqarolaming fikrini e’tiborga olish ta’minlanadi.
Davlat xizmatida oshkoralikni ta’minlash uchun quyidagilar zarurdir: birinchidan, fuqarolar fikrini inobatga olish mexanizmini tashkil etish; ikkinchidan, davlat organlari, davlat xizmatchilari faoliyatiga nisbatan fuqarolar bildirgan fikrlar muhofazasining huquqiy sharoitini yaratish; uchinchidan, axborot vositalari orqali davlat organlari va davlat xizmatchilarining o'z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida oshkoralikni ta’minlash. 4) qabul qilinadigan qarorlar, о ‘z vazifasini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilarining javob- garligi prinsipi.
Mazkur prinsip davlat xizmatchilari tomonidan o'zlarining man­ sab majburiyatlarini vijdonan va to'g'ri bajarishlarini ta’minlaydi. Davlat xizmatchilari tomonidan qabul qilinadigan har qanday qaror qonuniy, maqsadga muvofiq va boshqaruv aktlariga qo'yila- digan talablarga mos bo'lishi lozim. Davlat xizmatchisining o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajar- masligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud mansab vako- latlaridan chetga chiqishi, ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo'llashga olib keladi; 5) davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish prinsipi. Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilari uchun quyidagi ijtimoiy himoya vositalari o'matilgandir: haqi to'lanadigan mehnat ta’tili; davlat hisobidan tibbiy xizmatdan foydalanish; davlat xiz­ matchilari tomonidan o'z vazifalarini bajarish jarayonida ulaming va oila a’zolarining sha’ni, qadr-qimmatini hamda boshqa noqo- nuniy harakatlardan himoya qilish; transport va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlash va boshqalar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling