1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Mavzu:Davlat xizmatchilari Reja: 1. Davlat xizmatchilari. Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi va ular uchun ornatilgan kafolatlar
- 4. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan otkazish 5. Davlat xizmatchilarini ragbatlantirish 6. Davlat xizmatchilarining javobgarligi
Nazorat uchun savollar
1. Ma’muriy huquq va davlat xizmatining o'zaro munosabati. 2. Ijtimoiy foydali faoliyat tushunchasi va turlari. 3. Davlat xizmati tushunchasi. 4. Davlat xizmatining o'ziga xos xususiyatlari. 5. Mahalliy organlardagi xizmat tushunchasi. 6. Davlat xizmati prinsiplari. 7. Davlat xizmati maqsadi. 8. Davlat xizmatining asosiy vazifalari. 9. Davlat xizmati funksiyalari. 10. Davlat xizmati instituti funksiyalari. 7-Mavzu:Davlat xizmatchilari Reja: 1. Davlat xizmatchilari. Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi va ular uchun o'rnatilgan kafolatlar 2. Davlat xizmatchilariga qo'yiladigan etik talablar, cheklovlar va taqiqlar. 3. Davlat xizmatchilarining tasnifi. Davlat xizmatini o'tash tushunchasi va tartibi. 4. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish 5. Davlat xizmatchilarini rag'batlantirish 6. Davlat xizmatchilarining javobgarligi Davlat xizmatchilari — huquqning individual subyektlaridan iborat boMgan ijtimoiy guruh bo'lib, ma’lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshiradilar.'. Har bir tashkil etiladigan tashkilot uning normal funksiya lanishi uchun maxsus tayyorlangan xizmatchilardan iborat bo'lgan ma’lum bir personalga ega bo'lishi lozim. Tashkilotlarning turiga qarab huquq obyektlarining quyidagi xizmatchilarini: davlat (davlat organlari), mahalliy oiganlar, jamoat birlashmalari nodavlat, tijorat, notijorat, diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini ko'rsatib o'tish mumkin. Ko'pgina insonlar ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg'uldir: jamiyatning normal faoliyat ko'rsatishini ta’minlash maqsadida turli funksiyalarni amalga oshiradilar; moddiy boyliklar yaratadilar, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, tarbiyaviy va ta’lim funksiyalarini amalga oshiradilar, davlat-hokimiyat harakatlari va huquqni muhofaza qilish funksiyalarini bajaradilar, turli xildagi qa- rorlarni qabul qiladilar. Xizmatchilar to'g'risida batafsil tushuncha hosil qilish maq sadida, ularning faoliyatini jamiyatning turli tashkilotlarida (kor xona, muassasalarida) band bo'lgan boshqa shaxslar faoliyati bilan taqqoslash kerak: 1) xizmatchilar turli tashkilotlarda (davlat, mahalliy, nodavlat, tijorat, notijorat, jamoat, diniy) ma’lum bir lavozimlami egallay- dilar; 1) ularning faoliyati aqliy xususiyatga ega, ya’ni ular bevosita moddiy boyliklami yaratmaydilar. Lekin xizmatchilar moddiy ish lab chiqarish sohasida ham faoliyat yuritishi mumkin, masalan, tashkiliy, ishlab chiqansh jarayonini texnologik ta’minlash, loyi- halami tayyorlash, marketing, tadqiqot faoliyati va boshqalar; 2) xizmatchilar hokimiyat faoliyatini (tashkillashtirish, far moyish berish, rahbarlik, nazorat) amalga oshiradilar hamda tegish li tashkiliy-farmoyish berish va ma’muriy-xo'jalik vakolatlariga ega bo'ladi; ular davlat va jamoat majburlov choralarini qo'llashlari mumkin. har qanday tashkilotdagi xizmatchilar, asosan boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradilar (bunda, boshqaruv funksiyasi deganda, turli huquq subyektlarining faoliyatini tartibga soluvchi vosita sifatida tushunmoq lozim); 3) xizmatchilar o'zlarining vakolatlarini, funksiyalarini, qoida bo'yicha, ma’lum bir haq evaziga amalga oshiradilar. Xizmatchilar o'rtasida davlat va mahalliy organlarda faoliyat ko'rsatuvchi xizmatchilarni alohida ko'rsatib o'tish lozim. Davlat va mahalliy organlarining xizmatchilari davlat va mahalliy organ- laming manfaatlarini ko'zlab, ulaming nomidan harakat qiladilar hamda davlat va mahalliy ma’muriyatning vakillari bo'lib hisob- lanadilar. Davlat va mahalliy organlarning xizmatchilari davlat va mahal liy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshira dilar. Davlat xizmatchisi, keng ma’noda, davlat vazifa va funksiya larini nafaqat davlat organlarida, balki davlatning boshqa tashkilot, muassasa va korxonalarida amalga oshiradigan huquqning indivi dual subyektidir. Davlat xizmatchisi — bu davlat organlari vakolatlarini bajarishni ta’minlash bo'yicha professional faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatchisi va davlat (davlat organi) o'rtasida davlat-xizmat munosabatlari vujudga kelib, ular o'zaro huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Davlat xizmatchisi, tor ma’noda davlat xizmatida davlat lavo- zimini egallagan, ya’ni davlat ma’muriyatining tuzilmalari tizimida ma’lum bir mansabni egallaydigan, pul mukofoti evaziga mazkur davlat oiganining funksiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir. • Davlat xizmatchilarining aksariyati ijro-farmoyish berish (tash killashtirish) vakolatlarini va ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish bilan shug'ullanadilar. Faqatgina ayrim davlat xizmatchilari maxsus davlat lavozimlarini egallaydilar, masalan, odilsudlovni va prokuror nazoratini (ya’ni, huquqni muhofaza qilish faoliyatini) amalga oshiradilar. Ko'pgina yuridik adabiyotlarda davlat xizmatchisiga quyida gicha ta’rif beriladi: davlat xizmatchisi — bu davlat ma’muriyati apparatida bevosita yoki bilvosita ma’lum bir haq evaziga domiy yoki vaqtincha xizmat majburiyatlarini amalga oshiruvchi shaxsdir.1 Bunda «xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishi» asosiy tushuncha sifatida namoyon bo'ladi. Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma’noda ko‘rib chiqish mumkin: birinchidan — davlat-huquqiy nuqtayi nazaridan davlat xiz matchisi — bu turli xususiyatdagi va ahamiyatdagi vakolatlarga ega bo'lgan davlatning (davlat organlarining) «xizmatkori» hisoblanadi. Xizmatchilar davlatni davlat ma’muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda yoki tashqi aloqalarda davlat nomidan harakat qiladi. Davlat xizmatchisi — davlat va jamiyat taraqqiyotining mah- suli bo'lib, davlat funksiyalarini amalga oshiradi; ikkinchidan — ma’muriy-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xiz matchisi — maxsus hokimiyat, tashkillashtiruvchi-farmoyish beruv chi vakolatlarga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiksiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va vakolatlarni amalga oshirish va ma’muriy-huquqiy sanksiyalarni qo'llash huquqiga ega bo'lgan ho kimiyat vakilidir; uchinchidan — jinoyat-huquqiy nuqtayi nazaridan davlat xizmatchisi — jinoiy javobgarlikning maxsus subyekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi — mansabdor shaxs - mansab jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar). Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimidan kelib chiquvchi ma’lum bir vazifalarni bajarishi kerak Davlat lavozimi — bu davlat xizmatchisining ish (xizmat) joyi hisoblanadi. har bir davlat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo'lgan shtat birligiga kiritiladi. Shtat jadvali davlat organi (tash- kiloti)da tashkil etilgan lavozimlardan iboratdir. Davlat tashki- lotlarida lavozimlar davlat hokimiyati subyektlari tomonidan far moyish berish tartibida tashkil etiladi. Xizmatchi ma’lum bir lavozimni uzoq vaqt davomida (ma salan, butun faoliyati davomida) egallashi mumkin. Davlat xiz matchisi davlat organida faoliyat yuritishi jarayonida lavozim bo'yi cha harakatlanishi mumkin, ya’ni davlat xizmatida malaka darajalar joriy etilgan. Malaka darajalar davlat xizmatchisiga bir lavozimdan ikkinchi lavozimni egallashini (masalan, yuqoriga yoki pastga qarab harakatlanishini) belgilab beradi. Ular butun professional hayot jarayonida davlat xizmatchisini davlat bilan bog'lab turadi hamda davlat va jamiyatdagi munosabatlaming muvozanatini ta’minlaydi. G'arbiy Yevropa davlatlarining ko'pchiligida, agar davlat lavozimi bekor qilinadigan bo'lsa, lavozimni egallagan shaxs ishdan bo'sha- tilishi mumkin emas, chunki u olgan malaka darajasi boshqa davlat lavozimini egallash huquqini beradi. Malaka darajasi davlat xiz- matchisi uchun himoya hisoblanadi. Aynan mana shu jihatlari bilan malaka darajasi davlat lavozimidan ajralib turadi.1 Alimov X.R. davlat xizmatchisiga to'xtalib, unga quyidagicha tushuncha beradi: davlat xizmatchisi — bu davlat-hokimiyat vakolati doirasida ma’lum bir haq evaziga davlat oldida tuigan vazifa va funksiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatiga faqat gina O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kirishi mumkin.2 D.M.Ovsyankoning fikricha: davlat xizmatchisi — qonun bilan o'matilgan tartibda ma’lum bir pul mukofoti evaziga davlat xiz- matidagi davlat lavozimi bo'yicha majburiyatlarni amalga oshi ruvchi fuqaro hisoblanadi. Davlat xizmatchilari orqali butun jamiyat sohalariga taalluqli bo'lgan davlat oiganlarining vakolatlari amalga oshiriladi.3 O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin: birinchidan, davlat xizmatchisi — bu 18 yoshga to'lgan, davlat tilini bilgan, ma’lum bir bilimga ega bo'lgan O'zbekiston Res publikasining fuqarosidir. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat muno- sabatlarining bir tomonini tashkil etadi. Davlat oigani hamda xizmatchi o'rtasida mehnat shartnomasi tuzilib, unga ko'ra xiz- matchi davlat organining vakolatlarini, davlat funksiyalarini baja radi, davlat qurilishining ma’lum bir maqsadlariga erishish uchun maxsus vazifalarni hal etadi, davlat (davlat oigani) esa, o'z nav batida, xizmatchi oldida: uning huquqlari va manfaatlarini o'rna- tadi va ta’minlaydi, ijtimoiy-huquqiy kafolatlar, javobgarlik, pul mablag'i bilan ta’minlash kabi majburiyatlarga ega bo'ladi. Davlat xizmatchisi ma’muriyatning vakili, davlat byurokratining bir qismi hisoblanadi. Davlat xizmatchilarining barcha harakatlari davlat nomidan va uning ko'rsatmasi asosida amalga oshiriladi, davlat esa davlat xizmatchisi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli holatlarda ulaiga nisbatan majburlov choralarini qo'llaydi. Davlat xizmatchisi faqatgina davlat organida davlat mansabini egallashi mumkin; ikkinchidan, davlat xizmatchisi faoliyati davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak; uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunchilik bilan o'matilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan ta’minlanadigan davlat lavozimini egallaydi. Qonunchilik davlat xizmatchisi faoliyatining mazmunini, uning huquqiy holatini, faoliyatning maqsadi, vazifasi va asosiy yo'nalishlarini, huquqlami, majburiyatlarni, javobgar likni, cheklovlarni, kafolatlarni belgilab beradi. Davlat lavozimlarini faqatgina davlat xizmatchilari egallashlari mumkin; to'rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka darajalari beriladi; beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funksiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’mu- riy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va h.k.larda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar; oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqi- batlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradilar (ma salan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar, jazoga tortadilar). Bunday harakatlar yuridik faktlar sifatida namoyon bo'lishi mum kin. Davlat xizmatchilarining bunday harakatlari davlat va jamiyat hayotida turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirishi, o'zgar- tirishi yoki bekor qilishi mumkin; yettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, qoida bo'yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas. Lekin ulaming faoliyati, umuman ishlab chiqarish bilan bog'liq emas, degan xulosaga kel- maslik lozim. Chunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jara yoniga uni yo'naltirish, boshqarish, loyihalarni tayyorlash va bosh qa funksiyalar orqali ta’sir ko'rsatadi. Davlat xizmatchilari o'z faoliyatlari orqali insonlar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, meh nat jamoalarini tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga ta’sir ko'r satadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling