1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat xizmati maqsadi, vazifalari va funksiyalari


Download 1.49 Mb.
bet24/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat xizmati maqsadi, vazifalari va funksiyalari
O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi bo'lib — davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat xotirjamligini ta’minlash, O'zbekiston Respub­ likasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari bilan o'matilgan prinsiplar va boshqa holatlar asosida ommaviy manfaatlarni qon- dirish hisoblanadi.. Yuridik adabiyotlarda1 davlat xizmatining vazifalariga deyarli barcha huquqshunos olimlari bir xilda yondashgan. Ulaming fik­ richa, davlat xizmatining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratib berish, ishlab chiqarish, shaxsning erkin hayot kechirishini ta’minlash, fuqarolaming hu­ quqlari, ekrinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 2) davlat organlari oldida turgan funksiyalaming amalga oshi­ rilishi uchun ijtimoiy-siyosiy va davlat-huquqiy sharoitlarni tashkil etish;
3) davlat organlariga berilgan kompetensiyadan kelib chiqqan holda ularning samaraii faoliyatini ta'minlash; 4) davlat xizmati va davlat xizmatchilarining professional fao­ liyati sharoitlarini takomillashtirish; 5) davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyatida osh­ koralik prinsipining amalda bo'lishini ta’minlash, qonuniylikka rioya etish, davlat xizmatida ma’muriy-buyruqbozlik, korrupsiya va boshqa negativ holatlarga barham berish; 6) davlat organlarida xizmatchilaming qobiliyatini, muoma- lasini yaxshilash, boshqaruv ishining samaradorligini oshirish; 7) davlat xizmatchilari malakasini oshirish hamda ulami qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va ta’minlash; 8) davlat organlarini davlat xizmatiga yaroqli bo'lgan hamda o'zining mansab majburiyatlarini bajara oladigan yuqori malakali xizmatchilar bilan to'ldirish; 9) davlat organlari xizmatchilari faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy, axborot, moddiy-moliyaviy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlami tashkil etish; 10) kadrlarni tanlash, xizmat bo'yicha harakatlanish tartibini, malakali sinovlami, attestatsiyalami o'tkazish, malaka darajalarini berish, muvozanat va javobgarlik choralarini belgilash va h.k.lar. O'zbekiston Respublikasida, Alimov X.R.ning ko'rsatishicha, davlat xizmatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) O'zbekiston Respublikasi xalqi manfaatlarini ko'zlab davlat funksiyalarini amalga oshirish; 2) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining qarorlarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa normativ hujjatlarini ijro etish; 3) faoliyatning o'matilgan maqsadlari va vakolatlariga qat’iy rioya etgan holda, respublika va mahalliy organlarning samaraii ish faoliyatini ta’minlash; 4) fuqarolar va yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishini va himoya qilinishini ta’minlash; 5) boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va ilmiy-texnik jarayonning eng ilg'or vositalaridan foydalanish, pro­ fessional darajani oshirib borish va boshqalar.1
Davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatining har bir turi normativ huquqiy hujjatlarda bel­ gilangan o'zlarining vazifalariga egadir. B.Mirbobov, O.Husanovlaming ko'rsatishicha, davlat xizma­ tining asosiy maqsadi — davlatning Konstitutsiya va qonunlarini amalga oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda ular quyidagi vazifa­ larni bajaradi: 1) davlatni aholi bilan aloqasini, davlat ■ xizmatining obro'- e’tiborini ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy va davlat-huquqiy asoslarini shakllantirish; 2) markaziy va mahalliy davlat organlari apparatini samaraii ishlashi va rivojlanishini ta’minlash; 3) mehnatni ilmiy tashkil etish, fan yangiliklaridan, texnika yutuqlaridan foydalanish, jahon tajribasini qo'llash orqali davlat apparati faoliyatini doimiy takomillashtirib borish; 4) davlat boshqaruvini demokratlashtirish, uning faoliyatida oshkoralik va ochiqlik uchun sharoit yaratish, qonuniylikni ta’­ minlash, byurokratizm va korrupsiya ko'rinishlariga barham berish; 5) davlat organlari jamoasida sog'lom muhit, ishchanlik sifat- larini, tashabbuskorlik, ijodkorlikni vujudga keltiruvchi sharoitlarni ta’minlash; 6) davlat boshqaruvi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshi­ rish tizimini vujudga keltirish va faoliyat ko'rsatishini ta’minlash, xodimlami xizmat pillapoyasidagi adolatli siljishiga imkoniyat yaratish; 7) davlat boshqaruviga xizmatga qabul qilish, xizmatni o'z­ gartirish, yuqori ko'tarilish, xodimlar faoliyatini baholash, rag'bat- lantirish, javobgarlik tartiblarini aniqlash.1
Davlat xizmatining vazifalari — davlat organining huquqiy maqomiga, davlat xizmatchisining qanday mansab va lavozimni egallab turganiga bog'liq bo'ladi. Davlat xizmatining funksiyalari masalasini ko'rib chiqish nafaqat uning asosiy maqsadini, balki davlat xizmatidagi hal etil- magan muammolarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xizmati funksiyalari orqali davlat xizmatini huquqiy tartibga solishdagi bo'shliqlar bartaraf etiladi, davlat xizmatini takomillashtirish va qayta tashkil etishning yo'nalishlari ishlab chiqiladi.
Davlat xizmatining funksiyasi to'g'risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun «huquq funksiyasi» va «davlat funksiyasi» atama- lari o‘rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni, bir-biriga ta’sir etishini, o'x­ shashlik va o'ziga xos xususiyatlarini bilish lozim (Qarang: ushbu darslikning 1-bobi, 3-§). T.N.Radko davlat xizmatining funksiyalariga tushuncha berar ekan, davlat va huquq funksiyalarining birligi, o'xshash tomoni shundan iboratki, ular davlat va huquqning mohiyatini va ijtimoiy yo'nalishini belgilab beradi va aksariyat holatlarda umumiy vazi- falami hal etishga qaratiladi. Huquq funksiyasining davlat funk­ siyasidan farqi shundaki, birinchidan, ularning o'ziga xos xususiyat­ lari; ikkinchidan, bu funksiyalarni amalga oshirish yo'llari, uslub va shakllari turlichadir; uchinchidan, amalga oshiriladigan funksiyalar- ning soni va turlari bir-biriga to'g'ri kelmaydi; to‘rtinchidan, funksiyalarni amalga oshirish doirasi turlichadir.1 Davlat xizmatining funksiyalari — bu davlat xizmati instituti huquqiy normalarini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib, davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy tartibga solish maqsadiga erishish hamda davlat xizmatining ijtimoiy va davlat-huquqiy rolini bajarishidir. Funksiyalar davlat xizmatini tashkil etish va bu faoliyatni bevosita amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan davlat-xiz- mat munosabatlariga ta’sir etishning aniq yo'nalishlari hisoblanadi. Davlat xizmati funksiyalari bilan bir qatorda, davlat xizmati huquqiy institutining funksiyalari to'g'risida ham to'xtalib o'tish lozim. Davlat xizmati huquqiy institutining asosiy funksiyasi — bu davlat-xizmat munosabatlarini to'g'ri va to'liq huquqiy tartibga solishdir, ya’ni davlat qurilishini, davlat apparatini tashkil etish, samaraii funksiyalanishini ta’minlash, inson va fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masadida dav- lat-xizmat munosabatlarini tashkil etishdir. Huquq funksiyalari — ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning xarakterini ifoda etadi.
Davlat xizmati funksiyalarining vujudga kelishi — uning maq­ sadi va vazifalari, davlat-xizmat munosabatlarining o'ziga xos xusu­ siyatlari bilan tavsiflanadi. Davlat xizmati bir necha huquq sohalari bilan tartibga olinadi. Bu huquq sohalari ichida ma’muriy huquq normalari yetakchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Shu sababli ham davlat xizmati instituti ma’muriy huquq sohasining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi.
Demak, huquq funksiyalari davlat-xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi mexanizmda ishtirok etuvchi ma’muriy huquq norma- larining xususiyatlarini, yo‘nalishlarini belgilab beradi. Davlat xizmati huquqiy institut sifatida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi. ta ’minlash funksiyasi, ya’ni davlat va uning oiganlarining vazifa va funksiyalarini bajarish. Davlat organlari murakkab tizimga ega bo‘lib, ulaming har biri o'zining vazifa va funksiyalariga egadir.
Davlat xizmati aynan shu organlarning kompetensiyasini amalga oshirish, ijtimoiy jarayonlarga samaraii ta’sir etish maqsadida tashkil etilgandir; integrativ (birlashtirish) funksiyasi, ya’ni davlat xizmati fuqa­ rolar va insonlaming manfaatlarini, ijtimoiy muvozanatni ta’min­ lash va himoya qilish, davlat apparatining funksiyalanishi, kafolatlar tizimini yaratilishining huquqiy vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu funksiya orqali siyosiy tizimning, davlat apparatining, inson- larning, butun jamiyatning ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarga eri- shishning va manfaatlar qondirilishining barcha elementlarini bir­ lashtirish mumkin; tartibga solish funksiyasi.
Davlat xizmati instituti davlat xizmat­ chilarining huquqiy maqomini (huquqlari, majburiyatlari, vakolatlari, javobgarlik, cheklovlar va h.k.larni) belgilab berish orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Tartibga solish funksiyasi o'z ichiga davlat xizmatining tashkiliy funksiyasini hairs oladi, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tashkiliy shaklga ega bo'ladi; kommunikativ funksiyasi. Bu funksiya davlat apparatining ichidagi, davlat oiganlaridagi jarayonlar to'g'risidagi ma’lumotlami izlash, olish va ulardan samaraii foydalanishga, shuningdek, davlat organlarining faoliyat ko'rsatishi to'g'risidagi ijtimoiy flkrlardan foydalanishga qaratilgan.
Aksariyat holatlarda kommunikativ funk­ siya — axborot funksiyasi deb ataladi; muhofaza qilish funksiyasi. Bu funksiya davlat va jamiyat ha- yotidagi munosabatlar tizimida qonuniylikni ta’minlash va qo'llab- quwatlash maqsadida vakolatli davlat oiganlari (mansabdor shaxs­ lar) tomonidan ogohlantiruv, majburlov va qayta tiklov choralarini qo'llashlikni ta’minlaydi. Davlat xizmati huquq funksiyalari bilan bir qatorda davlat ma’muriyatining, boshqaruv apparatining, davlat organlarining,
oxir oqibat davlatning, uning organlarining funksiyalarini va davlat xizmatchilarining funksiyalarini ham amalga oshiradi.
Davlat xizmati funksiyalarining turlari va tasnifiga to'xtal- ganda, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan — tartibga solish funksiyasi, aniq dasturlarni (ma­ salan, xususiylashtirish, investisiyaviy faoliyat, mudofaa va xavf­ sizlik va boshqalarni) tayyorlashga qaratilgan siyosatni ishlab chi­ qish va amalga oshirish; davlatning xo'jalik faoliyatini tartibga so­ lish (masalan, xo'jalik munosabatlarini, tadbirkorlikni davlat tomo­ nidan tartibga solish, turli mulk shakllarining tengligini ta’minlash, mulkdorlaming, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va boshqalar); davlatga qarashli korxonalar va muassasalarni boshqa­ rish; nodavlat (tijorat) korxonalarining faoliyatini tartibga solish; ikkinchidan — majburlov funksiyasi — aniq bir holatlarda qo- nunchilikda o'matilgan davlatning majburlov choralarini qo'llash.
Bu funksiya demokratik huquqiy tartibni o'matishning asosiy vositalaridan biridir; uchinchidan — ta ’minlov-tiklov funksiyasi — fuqarolar va inson- larning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va shaxs- larning himoyasini kuchaytirish; to'rtinchidan — tashkiliy funksiya — davlat xizmati tizimini tashkil etish va unda qonuniylik va intizomni ta’minlash, kadrlar siyosatini amalga oshirish; beshinchidan — huquq ijodkorligi funksiyasi, ya’ni huquqiy aktlarni tayyorlash va qabul qilish; oltinchidan — nazorat funksiyasi, davlat organlari faoliyatida davlat kontroli va nazoratini ta’minlash. V.V.Voroshina, davlat xizmati funksiyalarini umumiy, maxsus va yordamchi fimksiyalaiga bo'ladi. Davlat xizmatining umumiy funksiyalari — boshqaruv subyektlari va obyektlari o'rtasidagi maxsus yo'nalishdagi umumiy aloqalar bo'lib, barcha boshqaruv aloqalariga xosdir.
Umumiy funksiyalarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat organlari faoliyatinining axborot ta ’minoti, ya’ni davlat faoliyatini (boshqaruvini) amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlami yig'ish, olish, qayta ishlash va baholash; davlat xizmati tizimining rivojlanishini tahlil qilish, ya’ni davlat xizmatida, davlat organlarining faoliyatida ma’lum bir o'zgarish- lami va ularning natijalarini tahlil qilish; rejalashtirish — davlat faoliyati (davlat funksiyalari) tizimida u yoki bu jarayonning yo'nalishlarini, sifat ko'rsatkichlarini belgilash davlat xizmati rivojlanishining yo'nalishlarini, maqsad va vazifa­ larini belgilash; farmoyish berish, ya’ni davlat vakolatlarini va mansab majbu­ riyatlarini bajarish bo'yicha vujudga keladigan davlat-xizmat muno­ sabatlarini operativ (kundalik) tartibga solish, davlat faoliyati rejimi (tartibi)ni ta’minlash; rahbarlik, davlat oiganlari, boshqariladigan obyektlar faoliyati­ ning va ayrim harakatlarining yo'nalishlarini, qoidalarini va nor­ malarini o'rnatish; muvofiqlashtirish, ya’ni davlat xizmatining umumiy maqsad va vazifalarini bajarish uchun turli davlat organlari faoliyatini yo'nal- tirish.
Davlat xizmatining maxsus funksiyalari — boshqaruv obyekti­ ning xususiyatlarini namoyon qiladi (uslubiy, texnik rahbarlik yoki maxsus davlat nazorati). Maxsus funksiyalar umumiy funksiyalarni to'ldirib, ularga xizmat qiladi. Masalan, davlat oiganlari faoliya­ tining axborot ta’minoti, uning rivojlanishini tahlil qilish, rejalashtirish kabi umumiy funksiyalarni to'ldirishda jamoat fikrini o'rganish funksiyasi (maxsus funksiya) xizmat qiladi. Davlat xiz­ matining maxsus funksiyalari turli-tuman bo'lib, davlat organlari turli yo'nalishlarda faoliyatni amalga oshiiganligi sababli, ulaming doirasini aniq belgilaSh mushkuldir. Davlat xizmatining maxsus funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) davlat organlari xizmatchilarining sonini, moddiy, moliyaviy va mehnat xarajatlarining normalarini ishlab chiqish va olib borish; 2) davlat organini saqlashga ketadigan moliyaviy va boshqa moddiy xarajatlami asoslab berish; 3) davlat xizmatchilari faoliyatining samaradorligini, sifat ko'r- satkichlarini aniqlash; 4) turli davlat organlarida tadqiqotlarni olib borish; 5) davlat-xizmat munosabatlarini o'rnatuvchi normativ huquqiy aktlarni ishlab chiqish va boshqalar. Davlat xizmatining yordamchi funksiyalari esa bu davlat organlarining umumiy va maxsus funksiyalar doirasida faoliyat ko'rsatishida xizmat qilishdan iborat. Yordamchi funksiyalarga. — moddiy va texnik ta’minotni, yuridik xizmatni, ish qog'ozlarini yuritishni kiritish mumkin.1



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling