1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat xizmatchilariga qo'yiladigan etik talablar, cheklovlar va taqiqlar


Download 1.49 Mb.
bet27/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat xizmatchilariga qo'yiladigan etik talablar, cheklovlar va taqiqlar
Davlat xizmati davlat xizmatchilarining etikasi, ma’naviyati, axloqiy jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Davlat xizmatchilariga ishga kirishda ham, xizmatni o'tash jarayonida ham quyidagi etik talablar qo'yilishi lozimdir: birinchidan — yuqori ma’naviy prinsiplarga asoslanish, davlatga sodiqlik; davlat xizmatchilari davlat manfaatlarini o‘zining individual (shaxsiy) manfaatlaridan ustun qo‘yishi lozim; ikkinchidan, — davlat xizmati prinsiplariga rioya etishi; uchinchidan — 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini himoya qilishda hamma vaqt tayyor turishi; davlatga sodiqlik bo'yicha bergan qasamyodini buzmasligi, davlat lavozimi bo'yicha berilgan qonuniy talablarni bajarishi; to'rtinchidan — davlat vazifalari va funksiyalarini bajarish jarayonida samaraii va kam xarajatli uslublami izlashi va qo'llashi; beshinchidan — davlat xizmati faoliyatida bir subyektga qaraganda ikkinchi subyektga alohida imtiyozlar berilmasligi; oltinchidan - o‘z manfaati yoki oila a’zolari manfaatlari uchun davlat xizmat mansabidan foydalanmasliklari; yettinchida — davlat xizmat majburiyatlari bilan bog'liq bo'lgan va’dalami bermasliklari; sakkizinchidan — mansab majburiyatlarini bajarish jarayonida olgan maxfiy ma’lumotlami shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalan- maslik; to'qqizinchidan — tijorat faoliyati bilan shug'ullanmasliklari; o'ninchidan — davlat organlaridagi korrupsiyaga qarshi doimiy kurash olib borish; o ‘n birinchidan — mehnat faoliyatining rejimi (tartibi)ga rioya qilish va fuqarolar va hamkasblari bilan yaxshi muomalada bo'lish; o ‘n ikkinchidan — davlat xizmat mansabidan qasddan yoki boshqa manfaatlar yo'lida foydalanmasliklari va h.k.lar.
Davlat xizmatchisi sha’niga putur yetkazadigan nojo'ya xatti- harakatlarni, masalan, umumetirof etilgan normalar va qoidalami qo'pol buzish, qonun talablarini qasddan buzish, vijdonsizlik oqibatida nohush oqibatlami keltirib chiqarish, davlat xizmatiga sodiqlik to'g'risidagi qasamyodni buzish va boshqa shunga o'xshash harakatlarni sodir etgan xizmatchilar davlat oiganida ishlashi va xizmat vakolatlarini amalga oshirishi mumkin emas. Bu xatti- harakatlar oqibatida nafaqat davlat xizmatchisining sha’ni, balki
davlat organlarining manfaatlariga ham putur yetkaziladi. Shu sababli, davlat xizmatchilari har qanday holatda ham davlat (davlat organi) sha’nini saqlab qolishi lozim.
Davlat xizmatiga kirish vaqtida davlat xizmatchilari nafaqat huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi, balki ular faoliyatida qo­ nunchilik bilan ma’lum bir cheklovlar va taqiqlar ham o'matilishi mumkin. Davlat xizmatchilari huquqini cheklash ularning davlat funksiyalarini bajarishi bilan, xizmat vakolatlarini amalga oshirishi bilan tavsiflanadi. Davlat xizmatidagi bunday cheklovlar va taqiq­ lar, birinchi navbatda davlat xizmatining normal va samaraii funk- siyalanishini ta’minlaydi, davlat xizmatchilari tomonidan mansab vakolatlaridan foydalanishining huquqiy chegaralarini o'matadi, mansab majburiyatlarini mustaqil amalga oshirishi uchun sharoit tug'diradi.1
Davlat xizmatchilari uchun o'matilgan cheklovlar va taqiqlar ular tomonidan xizmatni o'tashining butun muddati jarayonida amalda bo'ladi. Davlat xizmatchilari uchun o'matilgan cheklovlar va taqiqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan — davlat xizmatchisi boshqa haq to'lanadigan mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin emas (pedagogik, ilmiy faoliyat bundan mustasno). bavlat xizmatchisi o'zini davlat xizmatiga bag'ishlashi lozim. Agar davlat xizmatchisi bunday cheklovni buzgan holda boshqa faoliyat bilan ham shug'ullansa, u davlat xizmatini yoki boshqa faoliyatni tanlashi lozim bo'ladi; ikkinchidan — davlat xizmatchilari uchun tadbirkorlik faoliyati bijan shaxsan yoki boshqalar orqali shug'ullanish taqiqlangan.
Davlat xizmatchilari shaxsan yoki boshqalar orqali ishlab chiqarish bilan, tovarlar va boshqa mahsulotlami sotish bilan, foyda olish maqsadida ishlami bajarish yoki pulli xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanishi mumkin emas; uchinchidan — davlat xizmatchisi uchinchi shaxslaming vakili bo'lishi mumkin emas, ya’ni davlat xizmatchisi davlat xizmatida bo'lgan hamda unga ma’lum bir jihatdan bo'ysungan uchinchi shaxslarga vakillik qilishi taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligidan kelib chiqadigan bo'lsak, shaxs vakil sifatida ishonchnoma asosida hara­ kat qiladi. Ishonchnomada bir shaxs nomidan ikkinchi shaxsning
bitimlarni tuzishi yoki boshqa huquqiy harakatlarni amalga oshi­ rishi ko'rsatib o'tiladi. Agar bunday ishonchnoma davlat organiga yo'naltirilgan bo'lsa hamda vakil davlat xizmatchisi bo'lib hisob- lansa, ishonchnoma haqiqiy hisoblanmasligi lozim; to ‘rtinchidan — davlat xizmatchisi xizmatdan tashqari vaqtda moddiy-texnik, moliyaviy va axbort vositalaridan, davlatning bosh­ qa mulkidan va xizmat ma’lumotlaridan foydalanishi taqiqlanadi; beshinchidan — davlat xizmatchilari jismoniy va yuridik shaxslardan mansab majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq boigan har qanday mukofot va sovg'alami olishi taqiqlanadi.
Amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadigan bo'lsak, bunday taqiqlangan sovg'alarga: pul mukofoti, ssudalar, xizmatlar, dam olish va transport harajatlami qoplash va boshqalar kiradi; ohinchidan — jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar hisobidan xizmat safariga yoki xorijiy safarga borish taqiqlanadi; yettinchidan — davlat xizmatchisining xizmat vakolatidan foydalanib davlat organlarida jamoat birlashmalarini (kasaba uyush- masidan tashqari) tashkil etishi yoki uning manfaatlarini ko'zlab harakat qilishi mumkin emas va boshqalar. Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatining xususiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa xildagi cheklovlar va taqiqlar ham o'ma­ tilishi mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling