1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish


Download 1.49 Mb.
bet30/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish
Davlat xizmatini takomillashtirish va tartibga solishni xizmat- chilami doimiy attestatsiyadan o'tkazishsiz tasawur qilib bo'l­ maydi. Attestatsiya qoidalarini ishlab chiqish va o'tkazish tartibi hamda xizmat bo'yicha harakatlanish bevosita bog'liq bo'lgan jara- yonlardir. Davlat xizmatini o'tashda davlat xizmatchilarining attestat- siyasidan o'tkazish huquqiy instituti katta ahamiyatga egadir.
Mazkur huquqiy institut O'zbekiston Respublikasining turli qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish to'g'risida gapirishdan oldin shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, yuridik adabiyotlarda bu masala unchalik yoritib berilmagandir.
Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish huquqiy ins­ tituti — davlat xizmatini tashkil etish, turli davlat organlari vako­ latlarini amalga oshirish va ta’minlash bo'yicha vazifa va majbu­ riyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosa­ batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisidan iboratdir. Attestatsiya, tor ma’noda, xizmatchilaming professional, ish­ chanlik va shaxsiy xislatlariga baho berish, uning xizmat-lavozim talablariga mos kelishini tekshirish maqsadida o'tkaziladi.
Yu.N.Starilovning fikricha, davlat xizmatchilarini attestatsiya­ dan o'tkazish — davlat xizmatchisining professional tayyorgarlik darajasini va egallagan davlat lavozimi talablariga loyiqligini tek­ shirish, shuningdek, davlat xizmatchisiga malaka daraja berish ma- salasini hal etish maqsadida o'tkaziladi.
Demak, qonun chiqaruvchi tomonidan attestatsiyaning ikki asosiy vazifasi belgilab qo'yilgan: birinchidan — xizmatchining egallagan lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini belgilash, ya’ni professional tayyorgarlik darajasini aniqlash; ikkinchidan — navbatdagi malaka darajasini berish.1 Attestatsiya keng ma’noda, quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi: — amaliyotda davlat xizmati prinsiplariga rioya etish; — davlat xizmati tizimida qonuniylikni ta’minlash; — davlat' organlarining professional kadrlar majmuasini tashkil etish; — davlat xizmatchisining xizmat bo'yicha harakatlanishi maqsadida ularning potensial imkoniyatlarini aniqlash; — davlat xizmatchisiga javobgarlik choralarini qo'llash; inti- zomni va javobgarlikni oshirish; — xizmatchilaming xizmat zinapoyasi bo'yicha harakat-a- nishini ta’minlash; — davlat xizmati muvozanatini ta’minlash; — davlat xizmatchilarining malakasini oshirishni tartibga so­ lish; — davlat xizmati tizimida huquqbuzarliklarga va korrupsiyaga qarshi kurash va ogohlantirish va boshqalar. Boshqa rus olimlarining fikricha esa, attestatsiya davlat xiz­ matiga kadrlarni tanlash bo'yicha faoliyatni takomillashtirish, xiz- matchilarning malakasini oshirish, ulami joy-joyiga qo'yish, xiz- matchilarning professional tayyorgarlik darajasini aniqlash, egal-
lagan lavozimiga loyiqligi, shuningdek, navbatdagi malaka daraja­ sini berish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o'tka- ziladigan yuqori turuvchi davlat organlarining faoliyatidir.1 Attestatsiya davlat xizmatchilarining professional xislatlariga baho berishdir. Ayrim hollarda attestatsiya aniq maqsadlarga eri­ shish va aniq qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida ham o'tka- zilishi mumkin. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazishni tashkil etish organlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Attestatsiyani o'tka­ zish maqsadida attestatsiya komissiyasi tuziladi, attestatsiya o'tka- zish jadvali tasdiqlanadi, attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim boigan shaxslar doirasi belgilanadi hamda attestatsiya komissiyasi uchun zarur boigan hujjatlar tayyorlanadi. Attestatsiya attestatsiyadan o'tkazilayotgan shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
Agar xizmatchi uzrsiz sabablarga ko'ra kelmagan bo'lsa, uning ishtirokisiz ham o'tkazilishi mumkin. Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqadi, attestatsiyadan o'tkazilayotgan xizmatchi hamda zarurat tug'ilgan hollarda uning rahbari eshitiladi. Attestatsiyadan o'tka­ zilayotgan xizmatchilaming professional va shaxsiy xislatlarini mu­ hokama qilish obyektiv va belgilangan talablar asosida amalga oshi­ rilishi lozim. Xizmatchining xizmat faoliyatiga baho berish — egallagan lavozimi bo'yicha qo'yilgan talablarga loyiq kelishi, tegishli davlat organi oldida qo'yilgan vazifalarning bajarilishida uning ishtirokini aniqlash, u tomonidan amalga oshiriladigan ishning qiyinligi, ish faoliyatining natijalari va boshqalarga asoslanadi. Bundan tashqari, attestatsiya vaqtida xizmatchilaming professional bilimi, ish taj­ ribasi, malakasini oshirishi va qayta tayyorlanishi, shuningdek, tashkilotchilik xislatlari (tegishli mansab guruhlari uchun) inobatga olinishi lozim. Attestatsiya natijalariga ko'ra attestatsiya komissiyasi davlat organi rahbariga: davlat xizmatchisini lavozimga ko'tarish; navbatdagi malaka darajasini berish; xizmatning maxsus sharoitlari (mushkulligi, ishning maxsus tartibi va h.k.lar) uchun qo'shimcha haqni o'zgartirish;
yuqori lavozimga ko'tarish uchun zaxiraga kiritish kabi asos- lantirilgan tavsiyalarni berishi mumkin.
Attestatsiya natijalariga ko'ra davlat xizmatchilariga quyidagi uch turdagi baho berilishi mumkin: birinchidan — egallagan davlat lavozimiga loyiqligi; ikkinchidan — xizmat faoliyati yuzasidan attestatsiya komissiyasi ko'rsatmalarini bajargan taqdirda, egallagan lavozimiga loyiqligi; uchinchidan — egallagan davlat lavozimiga loyiq emasligi. Agar davlat xizmatchisi egallab turgan davlat lavozimiga no- loyiq deb topilgan bo'lsa, u malakasini oshirishga yoki qayta tay- yorlanishga yoxud boshqa davlat lavozimiga o'tkazilishi mumkin. Yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, attestatsiyalami faoliyat sifa­ tida ham olib ko'rishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan, attestat­ siya faoliyati bir necha elementlaridan tashkil topadi, ya’ni: 1) attestatsiyani o'tkazishni tashkil etuvchi va attestatsiya oldida turgan vazifalarni hal etuvchi — subyekt. Attestatsiya sub­ yekti - bu xizmatchining professional, ishchanlik, shaxsiy xis- latlarini hamda faoliyatining natijalarini baholovchi shaxslar guruhi (kollegiyasi) hisoblanadi. Attestatsiya subyekti — bu attestatsiya komissiyasi bo'lib, professional, prinsipial xizmatchilardan iborat; 2) xizmatchilar tomonidan mansab majburiyatlari va funk­ siyalarini amalga oshirish bo'yicha munosabatlarni ifodalovchi — obyekt.
Attestatsiya obyekti maxsus normativ akt talabiga binoan attestatsiyadan o'tkaziladigan davlat xizmatchilaridir; 3) attestatsiyaning aniq natijalariga erishish maqsadida amalga oshiriladigan — jarayon. Attestatsiya jarayoni o'z ichiga quyidagilarni oladi- a) attestatsiyaning maqsad va vazifalarini belgilash; b) tayyorlov tadbirlarini ishlab chiqish; d) attestatsiyalanadigan xizmatchi to'g'risidagi ma’lumotlami yig'ish, o'rganish, analiz qilish va umumlashtirish; e) xizmatchilami baholash'tizimini ishlab chiqish; d) xizmatchilami attestatsion baholash, davlat xizmatidagi davlat lavozimiga loyiqligini aniqlash; f) attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiyalarni tayyorlash; i) attestatsiya natijalariga ko'ra yuqori davlat organi yoki rahbar tomonidan davlat xizmatchisiga malaka darajasini berish, moddiy yoki ma’naviy rag'batlantirish, yuqori lavozimga tayinlash uchun zaxiraga kiritish kabi qarorlarning qabul qilish tartibini o'rnatish; h) attestatsiya natijalarini — attestatsiya komissiyasi baholarini va tavsiyalarini amalga oshirish tartibini shakllantirish.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan attestatsiya elementlarining o'zaro aloqasi, ularning birligini,tashkil etadi.
Davlat xizmatchilarining attestatsiyasi shunday faoliyatki, uning jarayonida attestatsiya komissiyasi tomonidan, davlat lavozimiga loyiqlik darajasini aniqlash maqsadida, ilmiy asoslangan tartibda xizmatchilaming ishchanlik, shaxsiy va professional xislatlariga, xizmat faoliyati jarayoniga va natijalariga baho beriladi.
B.P.Kurashvilining fikricha, attestatsiya shunday faoliyatki, uning samaraii amalga oshirilishi natijasida quyidagilar to'liq haj- mda aniqlab beriladi: attestatsiyasini tayyorlash; baholashni amalga oshirish hamda xizmatchilaming ishini nazorat qilish; attestatsiya natijalariga ko'ra tegishli yuqori oigan yoki tegishli rahbar tomo­ nidan qaroming qabul qilinishi; xizmatchilaming, shuningdek, ma’muriyaning faoliyatini takomillashtirish bo'yicha attestatsiya komissiyasining tavsiyalarini amalga oshirish; attestatsiyalami o't­ kazish va ulaming natijalari bilan bog'liq bo'lgan nizolarni hal etish; attestatsiya natijalari; ilg'or attestatsiya tajribasini tatbiq etish va boshqalar.1
Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish — kadrlar siyosati va davlat xizmatini boshqarishda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning huquqiy vositasi hisoblanib, davlat oiganlarida maqsadga muvofiq yo'naltirilgan kadrlar siyosatini tashkil etish va amalga oshirishni ta’minlaydi. Nazariy-huquqiy nuqtayi nazardan davlat xizmatchilarining attestatsiyasi huquqiy institut sifatida davlat xizmatini o'tash ins­ tituti tarkibidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig'in­ disidan iborat bo'ladi. Attestatsiya huquqiy instituti tarkibiga kiruv­ chi normalar xizmatchilami baholashni tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning belgilangan tartibini o'rnatadi. Davlat xizmatchilarini attestatsiyadan o'tkazish quyidagi funk­ siyalarni bajaradi: baholash, nazorat, xizmatchilar bilan ishlashni yaxshilash hamda siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, kommunikativ, axbo­ rot, muvozanatni saqlash va boshqalar. Attestatsiya faoliyatining mazmuni va mohiyati uning prinsip­ lari orqali ochib beriladi. Attestatsiya prinsiplariga quyidagilarni ki­ ritish mumkin: 1) attestatsiyaning partiyadan holiligi; 2) attestatsiyaning umumiyligi; 3) oshkoralik;4) kollektiv baholash; 5) attestatsiyaning davriyligi (tizimga ega ekanligi); 6) baholashning kompleks ravishda amalga oshirilishi; 7) baholashning obyektivligi; 8) baholashning va tavsiyalarning asoslanganligi. Demak, davlat xizmatini o'tashda, davlat xizmatchilarining xizmat bo'yicha harakatlanishida, xizmatchilaiga navbatdagi mala­ ka darajasini berishda attestatsiyalami o'tkazishning o'mi kattadir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling