1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Davlat xizmatchilarini rag'batlantirish
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Davlat xizmatchilarini rag'batlantirish
Davlat xizmati sohasida davlat xizmatchilarini rag'batlantirish va javobgarlikka tortish alohida ahamiyatga egadir. Rag'batlantirish — davlat oiganining, mansabdor shaxsning yoki boshqa subyektning xizmatchi ehtiyojlariga, manfaatlariga, irodasiga, amaliy maqomiga, shuningdek, uning davlat-xizmat fao liyatiga ta’sir ko'rsatishidir. Rag'batlantirish — intizomning, mehnat sifatining yaxshila- nishiga ko'maklashadi, xizmatchilaming tashabbuskorlik va javob garlik ruhida tarbiyalaydi. Rag'batlantirish hamma vaqt ma’lum bir huquqiy asosga tayanadi. U — o'z vaqtida, obyektiv va ma’lum bir ahamiyatli bo 'lishi kerak. Rag'batlantirish shunday qo'Ilanilishi lozimki, u bosh qaruv ishining yuqori natijalariga erishish vositasi (stimuli)ga aylanishi lozim. Bu ma’noda rag'batlantirish muvozanatga kel- tirishning turi (shakli) sifatida namoyon bo'ladi. Davlat xizmati huquqiy institutini ko'rib chiqish vaqtida, rag' batlantirish masalasiga to'xtalib o'tmaslik mumkin emas, chunki aksariyat davlat xizmati to'g'risidagi normalami o'z ichiga olgan qonunchilik hujjatlarida aynan shu atamadan foydalaniladi. Rag'batlantirish individual yoki kollektiv, mazmuniga ko'ra esa — moddiy, ma’naviy yoki aralash bo'lishi mumkin. D.M.Ovsyankoning fikricha: rag'batlantirish — davlat xizmat chilari tomonidan o'z mansab majburiyatlarini vijdonan va mu vaffaqiyatli bajarishi, uzoq muddatli xizmati, muhim va alohida muhim vazifalarni bajaigani uchun qo'llaniladi. Rag'batlantirish — davlat xizmatchilarini tarbiyalashning hamda xizmat intizomini mustahkamlashning asosiy vositalaridan biridir.1 Davlat xizmatchilariga nisbatan rag'batlantirish choralarini qo‘llash bunday chorani qo‘llash huquqiga ega bo'lgan organ yoki rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ular qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolat doirasida rag'batlantirish choralarini qo'llashlari mumkin. Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilarining ma’naviy va moddiy ko'rinishdagi turli rag'batlantirish choralari nazarda tutilgan. Davlat xizmatchilarini rag'batlantirish uchun quyidagilar asos bo ‘lib xizmat qiladi: — o'z oldida tuigan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi; — vazifa va ko'rsatmalarni muddatidan oldin bajarishi; — xizmatchining tashabbuskorligi; — vazifalarni vijdonan bajarishi va intizomliligi. O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr Qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 180-moddasiga binoan ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'l- lanilishi mumkin. Rag'batlantirish turlari, ulami qo'llash tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to'g'risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo'yiladi. Xo dimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xiz- matlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan ish haqi, mukofotlar, qo'shimcha to'lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizi mida nazarda tutilgan boshqa to'lovlar rag'batlantirish turlariga kirmaydi.1 Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling