1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy-huquqiy shakllarning turlari


Download 1.49 Mb.
bet39/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ma’muriy-huquqiy shakllarning turlari
Davlat boshqaruvi faoliyatining tashqi ko'rinishlari turli xil bo'lganligi sababli, uni har xil asoslarga ko'ra tasniflash mumkin. Ko'pgina ma’muriy huquq darsliklarida boshqaruv organlari faoliyatining tashqi ko'rinishi «davlat boshqaruvi shakllari», ba’zila- rida «boshqaruv harakatlari», uchinchisida esa “ijro hokimiyatini amalga oshirish shakllari» sifatida talqin qilinadi. Lekin bulaming barchasi ma’muriy-huquqiy shakllar bo'lib, yagona maqsadga qaratilgandir. Amaliyotda boshqaruv shakllarini tanlash ko'pgina holatlarga, masalan, ijro hokimiyati organi (mansabdor shaxs)ning kompe­ tensiyasi, boshqaruv obyekti xususiyatlari (fuqaro yoki tashkilot), boshqaruv harakatlarini amalga oshirish maqsadlari (boshqaruv
ta’siri yoki o'z faoliyatini tashkil etish), mazkur harakatdan kelib chiqadigan oqibatlarning xususiyatlari, ushbu harakatlaming huquqiy tartibga solinganlik darajasi va boshqalarga bog'liq bo'ladi. Ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan harakat (shakl)- lar, albatta, huquqiy tartibga solingan bo'ladi. Masalan, bunga — hamma vaqt aniq yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi huquqiy aktlarni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni kiritish mumkin. Umumiy asoslarga ko'ra, ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar) qonun talablari va kompetensiya doirasidan chetga chiq- magan holda, o'z faoliyatlarining shakllarini tanlashda mustaqil- dirlar. Boshqaruv shakllari turli yuridik ahamiyatga ega bo'lgan ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Ulaming ba’zi birlari konstitutsiyaviy normalar (masalan, O'zbekiston Respub­ likasi Prezidenti) va qonunlar bilan (masalan, O'zbekiston Respub­ likasi Vazirlar Mahkamasi), boshqalari esa qonunosti aktlari bilan (masalan, vazirlik, davlat qo'mitasi) tartibga solinadi. Davlat organ­ larining ichki tashkiliy faoliyati shakllari ham ma’lum bir normalar bilan tartibga solingan bo'lib, tashkilot ichidagi u yoki bu organ- ning faoliyati doirasida bo'ladi (masalan, instruksiyalar, yo'riq- nomalar). Davlat boshqaruvi shakllari boyicha keng doirada ilmiy tad­ qiqotlar E.Starossyak tomonidan olib borilgan bo'lib, uning mono- grafiyasida boshqaruv shakllarining quyidagi turlari ko'rsatib o'til­ gan: birinchidan — umummajburiy normalami o'rnatish; ikkinchidan — ma’muriy aktlami qabul qilish; uchinchidan — shartnomalarni tuzish, tortinchidan — ijtimoiy-tashkiliy faoliyatni amalga oshirish; beshinchidan — moddiy-texnik harakatlarni bajarish.1 Yu.M.Kozlov boshqaruv shakllariga to'xtalib, ulami ikki gu­ ruhga ajratadi: 1) huquqiy shakllar — hamma vaqt ma’lum bir yuridik oqi­ batlarni vujudga keltiradigan harakatlar. Bu huquqiy oqibatlarni bevosita keltirib chiqaruvchi ijro hokimiyati subyektlarining har qanday harakatlari hisoblanadi. Bunday harakatlarda yuridik hoki­ miyat vakolatlari o'z ifodasini topadi. Mazkur guruhga kiruvchi harakatlaming xususiyatlari — boshqaruvning huquqiy aktlarida yaqqol namoyon bo'ladi;
2) nohuquqiy shakllar — ushbu shakllar boshqaruvning huquqiy aktlarini qabul qilishni nazarda tutmaganligi sababli, yuridik oqibatlarni to'g'ridan-to'g'ri vujudga keltirmaydi. Ular huquqiy shakllarga xos bo'lgan - ma’muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Nohuquqiy shakllar huquqiy shakllarni qo'llashga yoki ularni keyinchalik amalga oshirilishiga ko'maklashuvchi turli xildagi tashkiliy harakatlar hisoblanadi.1 Yu.N.Starilovning fikricha, boshqaruvning huquqiy shakllari huquqiy mazmunga ega bo'lib, tegishli huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradi. Boshqaruvning huquqiy shakllari quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir: birinchida, — ulaming normativ aktlarda ifodalanganligi; ikkinchidan — davlat-hokimiyat tabiatiga ega ekanligi; uchinchidan — boshqaruv harakatlarining va boshqaruv organ­ lari (mansabdor shaxslar) vakolatlarining qonunosti xususiyatiga ega ekanligi; to'rtinchidan — uning mazmunini — ijro etish va farmoyish be­ rish faoliyatini tashkil etishi. Yu.N.Starilov boshqaruv shakllarining quyidagi turlarini ko'r­ satib o'tadi: 1) normativ huquqiy aktlami qabul qilish; 2) individual huquqiy aktlami qabul qilish; 3) ommaviy-huquqiy shartnomalami tuzish (masalan, ma’­ muriy shartnomalami, xalqaro bitimlami); 4) qonun va boshqaruv akti asosida yuridik ahamiyatli ha- rakatlami amalga oshirish (ma’muriy bayonnomalami tayyorlash, davlat ro'yxatini olib borish, farmoyish berish va nazorat tadbir- larini amalga oshirish, ma’lum bir faoliyat turini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi hujjatlami berish); 5) tashkiliy harakatlarni amalga oshirish; 6) moddiy-texnik harakatlarni bajarish. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan boshqaruv shakllarining birinchi to'rtta guruhi — huquqiy, qolganlari esa nohuquqiy hisoblanadi. Bundan tashqari, boshqaruvning huquqiy shakllari ikkiga: a) ommaviy-huquqiy; b) xususiy-huquqiy bo'lishi mumkin. Boshqaruvning ommaviy-huquqiy shakli — ommaviy huquq bilan o'matiladi va mustaqil boshqaruv vakolatlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Boshqaruvning xususiy-huquqiy shakli ma’lum bir darajada fuqarolik huquqi normalari bilan ham tartibga solinadi. Lekin ulardan ommaviy boshqaruv oldiga qo'yilgan maq­ sadga erishish va uning vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi.1 Boshqaruv shakllarining huquqiy va nohuquqiy shakllarga bo'­ linishi, ularning boshqa turlaiga ham tasniflanishini inkor etmaydi.
Boshqaruv jarayonidagi barcha harakatlarni boshqaruv huquqiy aktlari jumlasiga kiritish mumkin emas. Ijro hokimiyati organlari o‘z faoliyatlarida boshqa yuridik ahamiyatga ega boMgan hara- katlami ham, amalga oshirishlari mumkin. A.G.Chemyavskiy barcha boshqaruv shakllarini — huquqiy shakllar sifatida ko'rsatib o'tadi. Uning fikricha, huquqiy shakllar ham, nohuquqiy shakllar ham ma’lum bir ma’noda huquqiy bo'lib, tegishli yuridik bazaga ega, shuningdek, huquqiy aktlar va ko'r- satmalarga asoslanadi. Har qanday boshqaruv shakli asosida huquq talabi turadi. Boshqaruv shakllari — bu harakatlar va huquqiy aktlar yig'indisi bo'lib, qonunchilik hujjatlari asosida ma’muriy huquq subyektlariga tegishli boigan maqsad va vazifalar, funksiyalar va vakolatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi hamda ular quyi- dagilaiga boiinadi: a) normativ huquqiy aktlarni qabul qilish; b) individual (ma’muriy) aktlami qabul qilish; d) shartnomalami tuzish; e) tashkiliy harakatlarni bajarish; 0 moddiy-texnik operatsiyalarni amalga oshirish.2 Boshqa huquqshunos olimlar3 esa ma’muriy huquqiy shakl- larning quyidagi turlarini ko'rsatib o'tishadi: 1) yuridik ifodalanishiga ko‘ra: asosiy (huquqiy aktlami qabul qilish, ma’muriy shartnomalami tuzish, qimmatli qog'ozlarni chi­ qarish) va ularga asoslanuvchi, ya’ni ma’lum bir yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi va yuridik yo'nalishga ega boigan harakatlar (masalan, ro'yxatga olish, ruxsat berish, kontrol, nazorat, litsenziya berish, cheklash va h.k.lar). Boshqaruv harakatlari hamma vaqt huquqiy aktlami qabul qilishga yoki ma’muriy shartnomalami tuzishga sabab bo'luvchi yuridik ahamiyatli hujjatlami rasmiylashtirish bilan bog'liqdir.
Shu sababli yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etish (shuningdek, taftish o'tkazish, ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnomani tuzish va h.k.lar) boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) fao­ liyatining huquqiy shakllari jumlasiga kiradi. Bunday tashkiliy-hu- quqiy harakatlaming oqibati, shuningdek, yuridik ahamiyatli huj- jatlami tuzish (taftish akti, ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma) nafaqat huquqiy aktlarni qabul qilishga, balki ularga huquqiy asos bo'lib ham xizmat qiladi; 2) kelib chiqadigan oqibatlarga ko'ra: ijobiy tartibga soluvchi harakatlar yoki davlat boshqaruvi sohasidagi salbiy holatlarga ta ’sir ko ‘rsatuvchi harakatlar, 3) yo'nalishiga ko'ra: davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'rsatuvchi harakatlar (tashqi yo'nalish) yoki bo'ysinuvchi boshqaruv personaliga ta’sir ko'rsatuvchi harakatlar (ichki yo ‘nalish); 4) hajmiga ko'ra: umummajburiy yoki aniq obyektga qaratilgan harakatlar, 5) subyekt tomonidan ifodalanishiga ko'ra: bir tomonlama ifoda etiladigan harakatlar (masalan, huquqiy aktlar) yoki ikki va ko‘p tomonlama ifoda etiladigan harakatlar (masalan, ma’muriy huquqiy shartnomalar); 6) qo'llash tashabbusiga ko'ra: ijro hokimiyati subyektlari va ma­ halliy ma ’muriyat tashabbusiga ko'ra yoki yuqori-turuvchi organ tashab­ busiga ko ‘ra yoxud boshqaruv munosabatlari boshqa ishti-rokchilarining tashabbusiga ko ‘ra qo'llaniladigan harakatlar; 7) qo'llash shartlariga ko'ra: normal sharoit yoki favqulodda (harbiy) holat tartibida qo'llaniladigan harakatlar; 8) davlat hokimiyatining boshqa subyektlariga bo'lgan muno­ sabatga ko'ra: qonunchilik (vakillik) organlari yoki sud organlari bilan bo'ladigan munosabatlarda qo'llaniladigan harakatlar; 9) boshqaruv obyektining xususiyatlariga ko'ra: yuridik shaxslar yoki fuqarolarga qaratilgan harakatlar, 10) yuridik mazmuniga ko'ra: ruxsat beruvchi, taqiqlovchi, ko ‘rsatma beruvchi harakatlar; 11) kompetensiya doirasiga kiruvchi masalalami hal etish xu­ susiyati va uslubiga ko'ra: protsedurali (masalan, boshqaruv qaro­ rini tayyorlash va qabul qilish) va protsessual (masalan, ma’muriy ish yuritish jarayonidagi) harakatlar.
Yu.N.Starilov o'zining ilmiy ishlarida, boshqaruvni amalga oshirishning ommaviy-huquqiy shakllari bilan xususiy-huquqiy shakllar o'rtasidagi chegarani aniq belgilashni ko'rsatib, ommaviy-huquqiy shakllami uch guruhga bo'ladi: a) huquqni о ‘таtish; b) ommaviy boshqamv irodasini o'rnatish; d) aniq ma’muriy aktlar. 1 X.R.Alimovning fikricha, boshqaruv faoliyati shakllari: 1) huquqiy shakllar. a) huquq normalarini o'rnatish (boshqaruv aktlarini qabul qi­ lish); b) huquq normalarini qo'llash (amaldagi huquq normalari aso­ sida yuridik ahamiyatli harakatlarni amalga oshirish); 2) nohuquqiy shakllar: a) tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish; b) moddiy-texnik operatsiyalami amqlga oshirish. 2 Ba’zi yuridik adabiyotlarda «boshqaruv shakllari» atamasi o'r- nida «ma’muriy huquq subyektlari tomonidan vakolatlarni amalga oshirishning huquqiy shakllari» tushunchasi ishlatilgan va ularning quyidagi turlari ko'rsatib o'tilgan: 1) davlat boshqaruvining huquqiy aktlari; 2) boshqaruv organi apparati ichidagi huquqiy aktlar va tash­ kiliy harakatlar; 3) ma’muriy huquq subyektlarining murojaatlari; 4) ma’muriy huquq subyektlarining fuqarolik-huquqiy shart- nomalarda ishtirok etishi; 5) sudda, xo‘jalik sudida va boshqa huquqni muhofaza qiluv­ chi organlarda (xo‘jalik-moliyaviy nizolami ko'rib chiqish vaqtida) ma’muriy huquq subyektlarining ishtirok etishi; 6) ma’muriy huquq subyektlarining o'matilgan tartibni va xavfsizlikni ta’minlash (texnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya- epidemiologiya qoidalari, yong'in xavfsizligi qoidalari va h.k.lar) sohasida ko'pgina majburiyatlarga ega bo'lgan shaxs sifatida na­ moyon bo'lishi.3 Demak, yuqorida keltirilgan huquqshunos olimlarining tad- qiqotlariga asoslanadigan bo'lsak, boshqaruv faoliyatining (bosh­ qaruv harakatlarining) asosiy ikki shaklini ko'rsatib o'tish mumkin: 1) boshqaruv faoliyatining (boshqaruv harakatlarining) huquqiy shakllari, ya’ni ma’lum bir yuridik mazmunga ega bo'lgan va yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan shakllar.
Mazkur shakllar boshqaruv organlari faoliyatining asosiy shakllari bo'lib, davlat vazifa va funksiyalarini maqsadga muvofiq va samaraii camalga oshirilishini ta’minlaydi. Huquqiy shakllar o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi: a) huquqiy (normativ va individual) aktlami qabul qilish; b) ma ’muriy huquqiy shartnomalami tuzish', d) yuridik ahamiyatli boshqa harakatlarni amalga oshirish', 2) boshqaruv faoliyatining (boshqaruv harakatlarining) nohu­ quqiy shakllari, ya’ni boshqaruvning huquqiy shakllariga asosla- nuvchi va ularning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi shakllar boiib, tashkiliy va moddiy-texnik tadbirlar orqali namoyon boiadi.

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR


1. Shakl tushunchasi.
2. Boshqaruv shakli tushunchasi.
3. Ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan shakllar.
4. Boshqaruv shakllarining o'ziga xos xususiyatlari.
5. Ma’muriy-huquqiy shakllaming tasnifi.
6. Boshqaruvning huquqiy shakllari.
7. Boshqaruvning nohuquqiy shakllari.
8. Boshqaruv harakatlarining turlari.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling