1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ishontirish — boshqaruv uslubi sifatida


Download 1.49 Mb.
bet41/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Ishontirish — boshqaruv uslubi sifatida
Ishontirish — davlat boshqaruvini amalga oshirishning asosiy uslublaridan biri bo'lib, shaxslaming namunali irodasini shakl­ lantirish yoki qayta shakllantirish maqsadida turli xildagi tushun­ tirish, tarbiyalash, tashkil etish ishlarini olib borishda namoyon bo‘ladi. Ishontirish — boshqaruv subyektlarining huquqiy aktlarda ifodalangan talablarining shaxslar tomonidan ixtiyoriy amalga oshirilishida ifodalanadi.
Boshqaruvning bu uslubi yordamida, qo­ nun chiqaruvchi (huquq o'matuvchi) va fuqarolar irodasining bir­ ligiga erishiladi. Ishontirish — bu ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiri­ ladigan harakatlar jarayoni bo‘lib, e 'tibor, ichki ishonch, shaxsning ongiga ta’sir etish, manfaatni shakllantirish kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolar, boshqaruv hokimiyati maqsad va vazifalari mazmuni to‘g‘risida aniq tushuncha hosil qilganida, ularning talablariga rioya qiladilar va qo‘llab-quwatlaydilar, shuningdek, ularni amalga oshirishga ongli va faol ishtirok etadilar. Ishontirish uslubi yordamida insonlaming ongiga va irodasiga , nazarda tutilgan (belgilangan) ta’sir ko'rsatiladi, huquqiy ko‘rsat- malar va boshqaruv subyekti harakatlarining maqsadga muvofiq- ligiga hamda ularga bo‘lgan e’tibomi shakllantirishga erishiladi. Insonlarni qonunlarga, huquqiy tartib-intizomga rioya qilish, bo‘ysinish ruhida tarbiyalash boshqaruv huquqiy aktlarini va hara­ katlarini ixtiyoriy amalga oshirilishini ta’minlashda katta ahami­ yatga egadir.
Ayrim hollarda, fuqarolaming o‘z huquq va majbu­ riyatlarini bilishi, o‘z-o'zidan huquqiy ko‘rsatmalarning bajari- lishiga, shaxsning intizomliligiga olib keladi. Fuqarolaming ayrim guruhlari, huquqiy ko'rsatmalarning ta- lablarini bajarmagan taqdirda ularga nisbatan noxush oqibatlarni olib kelishini anglagani sababli, mazkur talablami ijro etadilar. Huquqiy demokratik jamiyatda ishontirish — insonlarga bosh­ qamv ta’sirini ko‘rsatishning asosiy uslubi hisoblanadi. Chunki:
— birinchidan — bu uslublar fuqarolarga nisbatan doimiy (yoki har kunlik) qo'llaniladi; — ikkinchidan — o'matilgan talablarning ixtiyoriy bajarilishiga olib keladi, insonlarni qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashni ta’minlaydi.
Demokratik tartib — huquqiy aktlarni myhokama qi­ lish va qabul qilishda, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolami keng ko'lamda jalb etish uchun imkoniyat beradi. Ijtimbiy-siyosiy faoliyat jarayonida va insonlaming shaxsiy ama- liyotida vujudga kelgan yuqori tashkilotchilik, shaxsiy javobgarlik va intizomlilik — ishontirishni shakllantirishning vositalari hisoblanadi; — uchinchidan — ilmiy-texnik taraqqiyot, demokratik jamiyat — insonlar xulq-atvorini tashqaridan (davlat, uning organlari tomo­ nidan) tartibga solinishining o‘zini-o‘zi tartibga solish (boshqa- rish)ga o'tilishini talab etadi. Shaxs faoliyatining samaradorligi, birinchi navbatda, tashqi nazoratga muhtoj bo'lmagan ruhiy ho­ latga bog'liqdir. Shu sababli, mehnat faoliyatida shaxsning o‘z ha­ rakatlari ustidan ichki (o'zining) nazoratning amalga oshirilishi, uning ijtimoiy ahamiyati va maqsadini hamda oqibatlarini anglashi hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Tarbiyalash, o'zini-o'zi tartibga solish (boshqarish), o'zini-o'zi nazorat qilishda esa, ishontirishning turli shakllari katta ahamiyatga ega bo'ladi; — to'rtinchidan — oxirgi vaqtlarda shakllangan omaviy axborot vositalari tizimi davlat va mahalliy boshqamv apparati tomonidan olib borilayotgan tadbirlar to'g'risida va ulaming mazmun-mo- hiyatini tushuntirish ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. Mat­ buot, televidenie va radio fuqarolarga ta’sir ko'rsatish imkoniyat- larini yanada oshirdi; — beshinchidan — ishontirish uslublarini qo'llash, davlat majburlov choralarini qo'llashga qaraganda, moddiy jihatdan ancha qulay vosita hisoblanadi. Ishontirish uslublari turli-tumandir. Masalan, ishontirish uslu- bariga: ta’lim olish, targ'ibot, tashviqot, tushuntirish, tajriba alma­ shish va boshqalarni kiritish mumkin. Fuqarolarga instruktaj (ko'r­ satma berish ma’nosida), mitinglar, yig'ilishlar, reklama, muroja- atlarga o'z vaqtida javob berish, ishlami nobyurokratik tarzda hal etish ham katta ta’sir ko'rsatadi.
Davlat, mahalliy va shaxsiy faoliyat yutuqlari va ijobiy na­ tijalari to'g'risidagi axborotlar tizimini shakllantirish ham katta ahamiyatga egadir. Ishontirish shakllariga ko'rgazmalarni tashkil etish, konkurslarni o'tkazish, ma’lum bir dasturlarni, ommaviy tad- birlami amalga oshirish ham kiradi. Insonlaming xulq-atvorigashaxsga boMgan ishonch, jamoadagi muhit, ishni aniq tashkil etish, samaraii nazoratni amalga oshirish ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Insonlarga samaraii tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish, aybdor shaxs­ larga o'z vaqtida va adolatli javobgarlik choralarini qo'llash. qo­ nunga zid xatti-harakatlarga qarshi kurashishning yaxshi tashkil etilganligi ham ko'pchilikda namunali xulq-atvoming shakllani- shiga, qonun talablariga mos xulq-atvorni amalga oshirishga (ishontirishga) xizmat qiladi va h.k.lar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling