1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


M a’muriy-huquqiy normalaruing harakati


Download 1.49 Mb.
bet36/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

M a’muriy-huquqiy normalaruing harakati
_Huquqiy normalami hayotga samaraii tatbiq etishning muhim sharti — ulaming harakat doirasini aniq belgilash hisoblanadi. H u­ quqiy norm alarning harakatlanishi — ularda nazarda tutilgan yuri­ dik oqibatlaming vujudga chiqishidir. Yuridik adabiyotlarga binoan huquqiy normalaming harakati (amal qilishi) quyidagi yo'nalish- lami qamrab oladi: 1) ma’muriy-huquqiy normalaming harakatlanish mavzusi. Ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladL Masalan, davlat oiganlarida xizmatni o'tash tartibini belgilovchi normalar, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’min- lashga qaratilgan normalar, ma’muriy huquq subyektlarining hu­ quqiy maqomini belgilab beruvchi normalar yoki ma’muriy javob- garlikni belgilovchi normalar va h.k.lar; ]_2) ma’muriy-huquqiy normalarning vaqt bo'yicha harakat­ lanishi (amalda bo'lishi). Normalaming vaqt bo'yicha harakatla-
nishi — norma nazarda tutilgan qonun yoki boshqa normativ hujjatning yuridik kuchga kirishi yoki uni yo'qotish vaqtini ang­ latadi.
Normativ hujjatlar odatda:
a) qonun yoki boshqa normativ hujjatda ko'rsatib o'tilgan muddatda; b) matbuotda e’lon qilingan vaqtdan boshlab;
d) aksariyat normalar 10 kunlik muddat o'tishi bilan yuridik kuchga ega bo'lib, normalami harakatga keltiradi.
Normativ hujjatlar o'zining yuridik kuchini quyidagi holatlarda to'xtatadi:
a) normativ hujjatning amal qilishi belgilangan muddat o'tishi bilan;
b) vakolatli davlat organining normativ hujjatni bekor qilish to'g'risidagi qarorining chiqarilishi;
d) yangi hujjatning qabul qilinishi bilan eskisini bekor qilish.
Normativ hujjatlar o'zining yuridik kuchini yo'qotishi bilan, undagi normalarning harakati ham to'xtaydi^ Normalarning kuchga kirishi va amalda bo'lishini aniq belgi­ lash muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so'zsiz bajarilishi lozim bo'ladi. Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo'yicha harakatlanishida orqaga qaytish kuchiga ega bo'lishi mumkin. Jumladan, O'zR MJtKning 9-moddasiga binoan «Ma ’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya ’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir.
Ma ’muriy huquqbu­ zarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruv- chi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo ‘lmaydi»\ 3) ma’muriy-huquqiy normalarning makonda (hududda) hara- katlanishi. Odatda, ma’muriy-huquqiy normalami o'zida ifoda etgan normativ hujjatlar butun respublika hududida harakatda bo'­ ladi.
Lekin ba’zi bir normalaming makon bo'yicha harakatlanishi doirasi aniq belgilangan bo'lishi mumkin. Masalan, qonunlar butun respublika miqyosida harakatda bo'lsa, mahalliy hokimiyat organla­ rining normativ hujjatlari ma’lum bir hududlarda (viloyat, tuman, shahar miqyosida) harakatda boiadi. Bundan tashqari, korxona, muassasa yoki tashkilotlar doirasida harakatda bo'luvchi normalar ham mavjud.
Ayrim hollarda ma’muriy-huquqiy normalar davlatlararo miqyoslarda amal qilishi mumkin. Bu normalar ikki tomonlama bitimlaiga muvofiq bir necha davlatlar hududida yuridik kuchga ega boiadi; ’ 4) ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo'yicha harakatlanishi. Huquqiy normalaming asosiy vazifasi boiib — ular tomonidan tartibga solinishi lozim boigan ijtimoiy munosabatlar,shuningdek, munosabat subyektlarining doirasini aniqlab berish hisoblanadi.
Ma’muriy-huquqiy normalaming shaxslar doirasi bo'yicha harakati, aksariyat holatlarda ularning egallab turgan maqomiga bog'liq bo'ladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasining qonunlari barcha fuqarolarga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin.
Lekin mazkur qonunlardagi normalaming ayrimlari xorijiy fuqa- rolarga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan qo'llanil- maydi (masalan, saylash huquqi yoki harbiy xizmatni o'tash majburiyati) yoki yuridik shaxslaming huquqiy maqomini belgilov­ chi normalar fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Huquqbuzar- likni sodir etgan shaxsga nisbatangina javobgarlik normalari hara­ katga kelishi mumkin va h.k.lar: Demak, har qanday huquq tarmog'i normasi singari ma’muriy- huquqiy normalar ham vaqt bo'yicha, makon va shaxslar doirasi bo'yicha harakatda bo'ladi. Odatda, ma’muriy-huquqiy normalaming vaqt bo'yicha hara­ katlanishi — normativ hujjatning yuridik kuchiga, makon bo'yicha harakati — uni o'rnatgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning tutgan o'rniga, shaxslar doirasi bo'yicha harakati esa — shaxsning maqomiga bog'liq bo'ladi.

N A Z O R A T U C H U N S A V O LLA R


1. Ma’muriy-huquqiy normalaming tushunchasi.
2. Ma’muriy-huquqiy normalaming o'ziga xos xususiyatlari.
3. Ma’muriy-huquqiy normalaming imperativligi.
4. Ma’muriy-huquqiy normalaming tuzilishi.
5. Ma’muriy-huquqiy normalarning gipotezasi.
6. Ma’muriy-huquqiy normalaming dispozitsiyasi.
7. Ma’muriy-huquqiy normalaming sanksiyasi.
8. Ma’muriy-huquqiy normalaming tasnifi.
9. Moddiy va prosessual ma’muriy-huquqiy normalar.
10. Majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi va vakolat beruvchi ma’­ muriy-huquqiy normalar.
11. Ma’muriy-huquqiy normalaming vaqt, makon va shaxslar doirasi bo'yicha harakati.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling