1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
-Mavzu:Ma’muriy huquqiy normalar tushunchasi va ularning mantiqiy tuzulmasi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va xususiyatlari
8-Mavzu:Ma’muriy huquqiy normalar tushunchasi va ularning mantiqiy tuzulmasi
Reja: 1. Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va xususiyatlari 2. Ma’muriy-huquqiy normalaming tuzilishi 3. Ma’muriy-huquqiy normalaming tasnifi 4. Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va xususiyatlari Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va xususiyatlari Davlat va huquq nazariyasi faniga ko'ra, huquq — ijtimoiy mu nosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida, doimo muayyan xulq- atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o'zini namoyon etadi.1 Har qanday huquq tarmog'ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo'nalishi huquqiy normalar xususiyati bilan belgilanib, ularning yig'indisi huquq tizimi u yoki bu tarmog'ining mazmunini tashkil etadi. 1 Huquqiy norma («norma») so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, «qoida», «namuna» ma’nosini anglatadi. Har bir huquq nor- masi o'zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor, muayyan yurish- turish qoidasini ifodalaydi.1 Huquqning har bir tarmog'i, shu jumladan, ma’muriy huquq ning normalari har qanday huquq normasi uchun xos bo'lgan umumiy belgilarga, shuningdek, o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga ega. ' Ma’muriy-huquqiy normalar — muayyan xatti-harakat qoida- laridan iborat bo'lib, davlat tomonidan belgilanadi, boshqa ijtimoiy normalardan, masalan, axloq normalaridan farqlanadi. Shu sababli, ularga rioya etish majburiy bo'lib, ular biizilgan hollarda, dav latning majburlov choralari qo'llaniladi. Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, ma’muriy- huquqiy normalar ushbu munosabatlar subyektlarining yuridik va majburiyatlarini aniqlash, shuningdek, ular tomonidan huquqlar buzilgan va majburiyatlar bajarilmagan hollarda javobgarlikni bel gilash yo'li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, ma’muriy-huquqiy normalar — ma’muriy huquq tar mog'ining boshlang'ich elementi- sifatida, quyidagi umumiy xusu siyatlarga ega: birinchidan — ma’muriy-huquqiy normalar davlat tomonidan o'matiladi va ularning bajariJishi majburiy hisoblanadi; ikkinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini, xatti-hara- katini tartibga soladi; uchinchidan — ma’muriy huquq tomonidan tartibga solina digan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini aniqlab beradi; to‘rtinchidan — huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar baja- rilmaganida davlatning majburlov choralari orqali ijtimoiy muno- sabatlami himoya qiladi. Ma’muriy-huquqiy normalaming o‘ziga xos xususiyatlari — ma’muriy huquq predmeti hamda huquqiy tartibga solish uslu bining xususiyatlari bilan belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar — 0 ‘zbekiston Respublikasi hu quq tizimi boshqa tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, maxsus qo'llanish sohasiga ega bo'lib, bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabat lardir. Shu sababli, ma’muriy-huquqiy normalaming mazmunini davlat boshqaruvi jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan xatti- harakatlar doirasi tashkil etadi. Ular yordamida davlat organlari, mansabdor shaxslar, xo'jalik yurituvchi subyektlar, jamoat tashki- lotlari va jismoniy shaxslaming davlat boshqaruvi sohasida qachon va qanday tartibda harakat qilganlarida qonunchilik talablari aniq va maqsadga muvofiq bo'lishi belgilanadi. Shu bilan birga, ma’- muriy-huquqiy normalarda qanday harakatlarni amalga oshirish mumkin va qaysilaiidan o'zini tiyish kerakligi ko'rsatiladi. Ma’muriy huquq normalarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatning birorta holatiga ko'rsatma beriladi yoki unga belgilan gan shart-sharoitlarda rioya etilganida ruxsat beriladi va nihoyat, muayyan harakatlarni amalga oshirish man etiladi. Shu tariqa, davlat boshqamvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchi larining davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga muvofiq keladigan huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali, ular xatti-hara- katining o'matilgan huquqiy tartibi yaratiladi. Ma’muriy-huquqiy normalaming boshqa bir xususiyati shun dan iboratki, ular xususiy emas, balki ommaviy manfaatlarni amal ga oshirish vositasi hisoblanadi;; Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi bilan belgilangan ma’muriy-huquqiy normalaming alohida xususiyatlariga impera- tivlik (buyruq berish) xususiyati kiradi, ularda muayyan harakatlami amalga oshirish uchun qat’iy yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar mavjud boiadi. < Ma’muriy-huquqiy normalaming imperativligi yana shunda ifodalanadiki, munosabatlar ishtirokchilari o‘z ixtiyori bilan uning ko'rsatmalarini o‘zgartirish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi sohasida normativ va dav lat hokimiyat xususiyatga ega bo'lgan ko'rsatmalar mavjud bo'l masa, ma’muriy-huquqiy normalami amalga oshirib bo'lmaydi. Ma’muriy-huquqiy normalaming imperativligi turli shakllarda ifodalanib, birinchidan, ma’muriy munosabatlar va ulami tartibga solish maqsadlariga; ikkinchidan, ushbu munosabatlar subyektlari huquqiy maqomining o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Ayrim hollarda ma’muriy-huquqiy normalaming imperativligi to'g'ridan-to'g'ri beriladigan ko'rsatma shaklida ifodalanib, ma’mu riy munosabatlar subyektlari zimmasiga aynan shunday harakat qilish majburiyatini yuklaydi va shu bilan bevosita ishtirokchilar tomonidan munosabatlar shartlari hamda xususiyatini o'zgartirish imkoniyatini yo'qqa chiqaradi. Boshqa hollarda imperativlik nisbatan yengil shakllarda na moyon boiadi. Bunda ma’muriy huquq normalari bajarilishi shart boigan harakatning bir xil ma’nodagi modeliga ega bo'lmaydi va u davlat boshqaruvi sohasida tartibga solinayotgan ijtimoiy munosa batlaming u yoki bu subyekt tomonidan amalga oshirilishi mumkin boigan- harakatini nazarda tutadi. Bu birinchidan, ma’muriy huquq normalarida nazarda tutilgan holatlardan birini tanlash imkoniya tini berish; ikkinchidan, o'z ixtiyori bo'yicha harakat qilish yoki harakat qilmaslik imkoniyatining berilishi, ya’ni ma’muriy huquq normalarida nazarda tutilgan harakatni amalga oshirish yoki uni amalga oshirishdan voz kechishdir. Demak, ma’muriy-huquqiy normalaming davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga, ulaming turli ishtirokchilariga boigan tartibga solish ta’siri — faol harakat qilishni aniq belgilash, shuningdek, o'z ixtiyori bo'yicha, umumiy qoidalar doirasida, ha rakat qilish imkoniyatini berishdan iboratdir. Huquqshunos olim Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy hu quq o'zining tartibga solish funksiyasini huquqiy normalar orqali amalga oshiradi hamda ular quyidagi o'ziga xos xususiyatlaiga ega boiadi: — davlat boshqaruvining butun bir tizimini tashkil etish va uning funksiyalanishini tartibga solishni ta’minlash; — davlat boshqaruvi sohasida fuqarolaming va ulaming noda vlat tuzilmalarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va maj buriyatlarini samaraii amalga oshirilishini ta’minlash; — davlat boshqaruvida ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvor (yurish-turish) doirasini belgilash; — davlat boshqaruvi sohasida ommaviy-huquqiy manfaat- larning bevosita ifodalanishini ta’minlash; — tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasida qonu niylik va davlat intizomini ta’minlash.1 rYuqoridagilami inobatga olib, ma’muriy-huquqiy normalar — bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosa batlarni tartibga solish maqsadida ushbu munosabatlar subyekt larining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan, shu ningdek, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda ularning javobgarligini o'rnatadigan va majburiy choralar bilan ta’minlanadigan xulq-atvor qoidalaridirj Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling