1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Mahalliy davlat hokimiyati organlari


Download 1.49 Mb.
bet20/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Oldingi paragraflarda O'zbekiston Respublikasining tanlagan taraqqiyot yo'liga qisqacha to'xtalib o'tgan edik. O'tish davrida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Hayot taqozosiga ko'ra tarixiy sinalgan an’analarga asoslanib, O'zbekiston Respublikasida hokimlik instituti vujudga keldi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 1991-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida hokimlik lavozimining tashkil etilishi, bu boradagi birinchi qadam bo'ldi.
1992-yil 4-yanvarda esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Ken­ gashi tomonidan «O'zbekiston Respublikasining mahalliy hoki­ miyati idoralarini qayta tashkil etish to'g'risida»gi Qonun’1 qabul qilindi. Bunda bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos shartlari etiborga olinib, avvalo, ijroiya hokimiyatini mustahkamlash nazarda tutilgan edi.
Mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishda — davlat qurilishi borasida tarixan shakllangan milliy, an’anaviy tajribalardan, shu­ ningdek, xorijiy mamlakatlaming ijobiy tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanildi.
Toshkent shahrida, barcha viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik lavozimi joriy etildi hamda ular zimmasiga vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqarish mas’uliyati yuklatildi.
1992-yil aprelda Qoraqalpog'iston Respublikasida ham hokim­ lik lavozimini joriy etish borasida qonun qabul qilindi.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham hokimlik instituti mustahkamlab qo'yildi.
1993-yil 2-sentabrda esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken­ gashi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. Qonun va qabul qilingan boshqa normativ hujjatlar hokimlik institutini amalda qo‘llash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Qisqa muddat ichida hokimlar amaliy ishlari bilan o'zlarini, bir tomondan umumdavlat, ikkinchi tomondan mahalliy manfaatlarni ifoda etuvchi, shuningdek, mamlakatda tinchlik va barqarorlik kafolati sifatida namoyon bo‘ldi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling