1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Mamuriy huquqning tartibga solish uslubi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Mamuriy huquqning tartibga solish uslubi.
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan biri — bu huquqiy tartibga solish uslubidir. Har bir huquq tarmog'i ning huquqiy tartibga solish predmeti o'ziga xos xususiyatlaiga ega bo'lganligi sababli, ijtimoiy munosa batlarni tartibga solish uslubi ham o'ziga xos bo'lishini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solish uslubi — jamiyatdagi mavjud munosa- batlarga huquq ta’sirida qoilaniladigan usul, vosita va yo'llar yig'indisidan iboratdir. Huquqiy tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo'lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o'rtasidagi aloq- larni tartibga solishda foydalanadi. Huquqiy tartibga solish uslublarini mazmun-mohiyatiga ko'ra ikki guruhga: dispozitiv va imperativ uslublaiga bo'lish mumkin.1 Har qanday huquq tarmog'i singari ma’muriy huquq ham, o'zining tartibga solish uslubiga egadir. Ma’muriy huquq tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi hu quqiy vositalar yoki uslublaming muayyan majmuyidan foydala nadi. Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo'yicha, ya’ni predmet bo'yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko'pincha o'zaro juda yaqin bo'lib, ayrim hollarda o'zlarining asosiy ko'ri- nishlarida hatto bir-biriga mos ham keladi. Huquqning har qanday tarmog'i huquqning o'z tabiatida joy lashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko'rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish. Yozma buyruq, ko'rsatma — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash — amalda bu ham ko'rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo'yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish — huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo'yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko'rsatilgan uslub- laridan huquqni u yoki bu tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi. Qayd etilganidek, ma’muriy huquq tartibga solishning o'z predmetiga ega bo'lib, xususan, bu — davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o'zining vazifalari, maqsadli yo'na lishi va namoyon bo'lish shakllari bilan farq qiladi. Ma’muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki man sabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko'rsatmalar xosdir. Ma’ muriy munosabatlarning boshqa tomoni ushbu ko'rsatmaga bo'ysu- nishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko'rsatmalari yordamida davlat anialda o'zining boshqaruv faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi. Ma’muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo'lib, u bir tomonning o'z xohish-irodasini bildirishidir. Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma’muriy muno- sabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko'rsatilgan organlarning o'z xohish-irodasini bildirishi — bir tomonlama va majburiy bo'lishi yaqqol ko'rinadi. Bunda, davlat boshqaruvi fao liyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi. Aynan mana shu sababli, та ’типу huquqning asosiy uslubi, ya 'ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko'rsatish uslub va vositalari — davlat-hokimiyat ko'rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo'llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo'lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. Ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosa- batiarga xos bo'lgan davlat-hokimiyat ko'rsatmalari mazmuni turlichadir. Davlat boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xohish-irodasining bir tomonlamaligi va majburiyligi nafaqat ma’ muriy huquq tomonidan belgilanadigan to'g'ridan-to'g'ri ko'rsat malar uchun, balki taqiqlar uchun ham tegishlidir. Ular, shuning dek, ma’muriy munosabatlar tomonlariga axloq qoidalarini mus taqil tanlash huquqini beradigan ruxsat berishga ham xosdir. ; Biroq ruxsat berilgan harakatlarni bajarish ma’muriy huquq normalari bilan belgilangan qat’iy umumiy qoida doirasida amalga oshirilishi shart. Bu ma’nodagi ruxsat berish bir tomonlama xususiyatdagi ko'rsatmani go‘yoki to‘ldiradi, o'ziga tegishli huquqlami amalga oshirish to'g'risidagi masalani mustaqil hal etish huquqiga ega bo'lgan tomon esa, yuridik jihatdan ma’muriy huquqning umumiy qoidalariga bo'ysinadi. Ma’muriy huquq ayrim hollarda bir tomonlama hujjatni qabul qilishdan oldin u yoki bu masalalami birgalikda kelishish, muho kama etish va ko'rib chiqish kerakligini nazarda tutadi. Davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlaming ko'rsatmalari ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ko'pincha tavsiyalar bilan birga beriladi. Boshqacha aytganda, ma’muriy huquqiy tartibga solishning asosiy uslubi — davlat-hokimiyat ko'rsatmalari kelishish va tavsiyalar berish kabi uslub va usullar bilan to'ldirilishi mumkin. Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o'ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog'iga ajratish imko nini beradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling