1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Ma’muriy huquq predmeti.
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Huquqiy tartibga solish predmeti — bu ijtimoiy munosabatlar doira- sidir. Ijtimoiy munosabatlar o'zining xususiyatiga ko‘ra huquq normalari o'rtasidagi alohida bog'liqlikni vujudga keltiradi va ularni yaqinlashtiradi. Shu sababli, ijtimoiy munosabatlar huquq norma- larini ma’lum bir tarmoqqa birlashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi fani'ga ko‘ra huquqiy tartibga solish predmeti quyidagi elementlami o'z ichiga oladi: — huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari; — subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakatlari; — atrof-muhit obyektlari; — ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o'zgartiruvchi va bekor qiluvchi ijtimoiy faktlar (hodisa va harakatlar). Demak, huquqiy tartibga solish predmeti — bu huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir. Huquqiy tartibga solish predmeti shaxslar o'rtasida vujudga keladigan va bekor bo'ladigan aniq munosabatlar doirasi bo'lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solishga muhtojdir. Jamiyatda vujudga keladigan munosabatlar turlicha bo'lgani holda, ular muayyan umumiy xususiyatlarga ham egadir: birin- chidan, bu munosabatlar — shaxslar uchun hayotiy muhim bo'lgan munosabatlardir; ikkinchidan, bu munosabatlar — stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniq maqsadga yo‘naltirilgan munosabat lardir; uchinchidan, bu munosabatlar — barqaror, ya’ni takrorlanib turadigan munosabatlardir; to'rtinchidan, bu munosabatlar — shaxs- laming xatti-harakatlari orqali ifodalanganligi sababli, ularni nazo rat qilish mumkin. Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1, ma’muriy hu quqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadi: 1) tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo ‘ysunadigan davlat boshqaruvi organlari o'rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysungan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); 2) bir-biriga bo"ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o'r tasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); 3) davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysunadigan kor xona, muassasa va tashkilotlar о 'rtasidagi munosabatlar, 4) davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o'rta sidagi munosabatlar, 5) davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o'rtasidagi muno sabatlar. Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ish tirok etadi. Bu qonuniydir, chunki boshqamv faoliyati davlat funk siyalarini amalga oshirish shakllaridan biridir. Davlat boshqaruvi sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning xohish-irodasini ifodalaydigan organning ishtirokisiz, ma’muriy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo'lishi mumkin emas. Shu sababli, ikki fuqaro o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar — ma’muriy-huquqiy munosabatlar hisob- lanmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartnomalar asosida vujudga keladigan munosabatlar ham ma’muriy huquq predmetiga kirmaydi, chunki ular fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan shartnoma munosabatlari hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling