1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati
Download 1.49 Mb.
|
маъмурийУМК
Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati
Ijro hokimiyati — O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiya- tini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi muhim kate- goriyalardan biridir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan, barcha rivojlangan davlatlar singari, hokimiyat tizimining uchga bo'linishi prinsipini, ijro hokimiyati tushunchasini mustahkamladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 11-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi. Konstitutsiyaning 89-moddasiga binoan, O'zbekiston Respubli kasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuv chi hokimiyat boshlig'idir. Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan esa O'zbekiston Res publikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. . Demak, ijro hokimiyati tushunchasi, birinchi navbatda Asosiy qonunda o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari. «davlat boshqaruvi» atamasi ham qonun hujjatlarida tez-tez uchrab turibdi. Bulaming har birining mazmuni va ulaming o'zaro munosabati qanday, de gan savol vujudga kelishi mumkin. Ijro hokimiyati — abstrakt siyosiy-huquqiy kategoriya boiib, davlat hokimiyati mavjudligini ko'rsatadi, qonunlami va uning nor- malarini hayotga tatbiq qilish maqsadida amalga oshiriladi, davlat organlarining doimiy funksiyalanishini, insonlaming huquq va erkinliklarini himoya qilishni, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’min laydi. Ijro hokimiyatining mazkur funksiyalarini bajarish orqali boshqaruv harakatlari amalga oshiriladi va boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. «Davlat boshqaruvi» atamasi esa, amaliy tashkiliy- huquqiy ma’noga ega. Davlat boshqaruvi — bu ijro hokimiyatini amalga oshirish shaklidir. Davlat boshqaruvi — bu davlat mexa- nizmining samaraii va maqsadga muvofiq ishlashini ta’minlovchi davlat faoliyatidir. Huquq ijodkorligi, hokimiyat vakolatlarini va davlat majburlovini amalga oshirish hamda tartibga solish davlat boslTqaruvining ajralmas elementlari hisoblanadi. Ko'pgina yuridik adabiyotlarda ijro hokimiyati - siyosiy- huquqiy, davlat boshqaruvi esa - tashkiliy-huquqiy kategoriya sifatida ko'rsatib o'tiladi. Bu ikkala davlat-huquqiy kategoriya ham mavjud bo'lishga haqlidir. Shuni alohida ta’kidlab o'tish lozimki, davlat boshqaruvisiz davlat hokimiyati mexanizmining ishlashini tasawur qilib bo'lmaydi. «Ijro hokimiyati» tushunchasi «davlat boshqaruvi» tushun- chasiga qaraganda torroq bo'lib, uning samaraii funksiyalanishi — davlat boshqaruvi tizimini tashkil etish darajasiga bog'liqdir. Shu bilan birga, ijro hokimiyati — davlat boshqaruvi jarayonida amalga oshiriladigan hokimiyat vakolatlarining hajmi va xususiyatlarini belgilab beradi. Ijro hokimiyati organlari davlat boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining asosini tashkil etib, turli ijtimoiy jarayonlarga, insonlaming harakatlari va faoliyatiga bevosita boshqaruv ta'sirini ko'rsatadi. Ijro hokimiyati boshqaruv shaklida va boshqaruv jara- yonlari vositasida amalga oshiriladi. Ijro hokimiyati — bu ma’lum bir munosabatlar tizimi bo'lib, uning asosiy elementlaridan birini — boshqaruv tashkil etadi. Ijro hokimiyati — davlat apparati maxsus tuzilmalari (davlat boshqaruv organlari)ning faoliyati orqali ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko'r satadi. Demak, davlat boshqaruvi — davlat faoliyatining shunday turiki, uning doirasida davlat hokimiyatining bir bo'lagi bo'lgan ijro hokimiyati amalga oshiriladi. Yu.M.Kozlovning ko'rsatishicha, ma’muriy huquq fanini o'r ganish — ijro hokimiyati tushunchasini va uning ijtimoiy ahamiya tini aniqlab olishdan boshlanadi. Ijro hokimiyati — alohida turdagi kategoriya hisoblanadi. Ijro hokimiyati — davlat hokimiyatining bir ko'rinishi bo'lib, u yoki bu masala bo'yicha qabul qilingan qaror- lami ijro etishdan iboratdir. Ijro hokimiyati faoliyati jarayonida ijrochilik bilan bir vaqtda uning ikkinchi asosiy elementi — farmoyish ( berish ham vujudga keladi. Boshqacha aytganda, ijrochilikni far moyish berishsiz tasawur qilish mumkin emas.1 Ijro hokimiyati mohiyatiga ko'ra, A.P.Alyoxin fikricha, davlat boshqaruvi faoliyatining mazmunini tashkil etadi hamda birinchi navbatda uning funksional yo'naltirilganligini (ijrochilikni) ifoda etadi.2 Demak, ijro hokimiyati — bu birinchi galda davlat hokimiya tining asosiy ko'rinishlaridan biri bo'lib, quyidagi o'ziga xos xusu siyatlar bilan tavsiflanadi: birinchidan — ijro hokimiyatini amalga oshirish jarayonida u yoki bu masala bo'yicha qabul qilingan qaror ijro etiladi. Ijro hokimiyati shunday davlat faoliyatiki, unda qonun va boshqa normativ hujjatlarda ifodalangan huquq normalari qo'llaniladi (ijro etiladi). Bu orqali — amaldagi qonunchilik talablarini bevosita va to'g'ridan-to'g'ri ijro etish; ijro hokimiyati ta’siri ostida bo'lgan obyektlaming normal va samaraii ishini ta’minlash; fuqarolar hu quqlari va erkinliklarining amalga oshirilishini, davlatning jamiyat oldidagi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadiga erishiladi; ikkinchidan — ijro hokimiyati — o'zini namoyon etishning alohida huquqiy shakllariga: normativ va yakka tartibdagi aktlarni qabul qilish vakolatiga ega. Mazkur shakllar orqali ijro hokimiyatini amalga oshirish jarayonidagi barcha asosiy vazifalar hal etiladi. Yuridik adabiyotlarda bu aktlar boshqaruvning huquqiy aktlari sifa tida ham ko'rsatib o'tiladi; uchinchidan — ijro hokimiyati — aniq subyekt ifodalanishiga ega, ya’ni ijro hokimiyatini amalga oshirish maxsus subyektlar zim- masiga yuklangan. Shu sababli, davlat-hokimiyat mexanizmida alohida bo'g'inni tashkil etuvchi ijro hokimiyati organlari mavjud. Qonun hujjatlariga binoan ijro hokimiyati organlariga O'zbe kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo'mi- talari, hokimlar boshchilik qiladigan ijroiya apparati va boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari kiradi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Boshqaruvning umumiy tushunchasi. 2. Boshqaruv mazmunini yoritib berishda kibemetika fanining ahamiyati. 3. Ijtimoiy hayotda ijtimoiy boshqaruvning tutgan o‘mi. 4. Ijtimoiy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Davlat boshqaruvi tushunchasi. 6. Davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlari. 7. Davlat boshqaruvi nazariyasi. 8. Davlat boshqaruvining turlari. 9. Davlat boshqaruvi funksiyalari va huquq funksiyalarining o'zaro nisbati. 10. Davlat boshqaruvi funksiyalari. 11. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari. 12. Davlat boshqaruvining tashkiliy prinsiplari. 13. Davlat boshqaruvi va ijro hokimiyatining o'zaro nisbati. 14. Ijro hokimiyati tushunchasi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling