1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari


Download 1.49 Mb.
bet5/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari
Davlat boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlarini uning prin- siplarida ko'rishimiz mumkin. Har qanday davlat faoliyati singari davlat boshqaruvi ham, ma’lum bir prinsiplaiga tayangan holda amalga oshiriladi.
Prinsiplarga bo‘ysinishlik xosdir. Boshqaruv prinsiplari obyektiv qonuniylikni aniqlashning va undan aql-idrok bilan foydalanish shakllaridan biri bo'lib hisoblanadi. Prinsiplarga so'zsiz rioya qilish lozimdir. Agar boshqaruv prin­ siplari buzilsa, u bevosita amaliy vazifalarni hal etishga to'sqinlik qiladi. Boshqaruv prinsiplari turli-tumandir. Shu bilan birga, ular chambarchas bog'liqdir. Prinsiplarning ba’zi birlariga rioya qilish boshqalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi va aksincha, ma’lum bir prinsipga rioya etmaslik boshqalarining buzilishiga olib keladi. . O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarini tahlil qiladigan bo'lsak, davlat boshqaruvining quyidagi asosiy prin- siplarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin: 1) qonunning ustunligi va hamma uchun majburiyligi prinsipi. Bu prinsipga asosan O'zbekiston Respublikasining barcha qonunlari va boshqa huquqiy normalari muqaddas bo'lib, ularga barchaning amal qilishi lozim. Bu prinsip asosiy qonunimiz bo'lgan — Kons- titutsiyaning 15-moddasida o'z ifodasini topgan. Unga binoan O'z­ bekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konsti­ tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqa­ rolar Konstitutsiya va qonunlaiga muvofiq ish ko'radilar. Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquq va erkinliklari qat’iy intizom, ichki uyushqoqlik va mas’uliyat jihatidan ustuvor bo'lmasa, qonunlar va milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy qadriyatlar hurmat qilinmasa, demokratik huquqiy davlatni barpo etib bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda u asosda qabul qilingan qonunlar oldida barcha birday mas’uldir. Qaysi bir ja­ miyatda qonunlar bajarilmay qog'ozda qolib ketsa, unday jamiyat aslo ravnaq topmaydi, adolatga erisha olmaydi. Qonun amalda bo'lishi kerak. Qonun qabul qilindimi, uning ijrosi ham qat’iy bo'lmog'i lozim. Aynan shu yerda davlat boshqaruvining asosiy vazifasini ko'rishimiz mumkin, ya’ni davlat boshqaruvi — O'z­ bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarini ijro etishga xizmat qiladi. Demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri — barcha fuqarolaming qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qo- nunlaming ustunligini ta’minlashdir. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi:
birinchidan — ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini, hech kim, hech va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omilidir. «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan siyosiy kon- sepsiyaning asl mohiyali jamiyatni boshqarishda asta-sekin nodavlat tashkilotlari va fuqarolaming ishtirok etishini tobora kengaytirishda ko'rinadi. Barcha demokratik davlatlarda bo'lgani kabi bizning davlatimizda ham jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tizim- larining mavqeyi oshib bormoqda. Konstitutsiyaning 35-moddasiga binoan esa har bir shaxs be­ vosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Demak, fuqarolaming siyosiy faolligi davlat organlariga, ulaming mansabdor shaxslariga murojaat qilishi orqali ham amalga oshiriladi; 5) davlat boshqaruvining aholi madaniy darajasi bilan bog‘liq- ligi prinsipi. Qonuniylik aholi madaniy darajasi bilan, davlat organ­ lari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolaming huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bilan bog'liq bo'ladi. Insonlaming huquqiy ongi va huquqiy madaniyati qancha yuqori boisa, qonuniylik va huquq tartibot ta’minlanadi, qonun buzilishi shunchalik kam bo'ladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi «huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati dara­ jasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini tako­ millashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash ha- qida»gi Farmonliga1 ko'ra huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo'nalish- larini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tay­ yorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o'rganish borasidagi ishlami yaxshilash maqsadida: a) aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tar- biyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar - davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi; b) respublikada huquqiy davlat qurilishi yoiida olib borilayot­ gan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qi­ lingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetishiga har tomonlama ko'maklashish — davlat boshqaruv, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda. huquqshunos olimlaming eng dolzab vazifasi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi»1 to'g'risidagi qarori ham qabul qilindi. Milliy dasturning asosiy vazifasi sifatida — huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirib, keng xalq o'rtasida huquqiy tarbiyani mustah- kamlab, aholi madaniy darajasini ko'tarish vazifasi belgilab qo'yildi; 6) davlat boshqaruvining demokratik jarayonlar bilan boglan- ganligi prinsipi. Davlat boshqaruvi demokratiya bilan uzviy bog'­ liqdir. Xalq davlat hokimiyatini o'zi ishonch bildirib saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hokimiyat organlari orqali amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlaming xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Davlat boshqaruvi — demokratik tartiblarga bo'ysunishni talab qiladi, demokratik tartiblar, o'z navbatida, qonuniylikni mustah­ kamlash va rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qili­ nadi. Yu.M.Kozlov va L.L.Popov davlat boshqaruvining asosiy prin­ siplari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tadilar: 1) jamiyat hayotida shaxs va uning manfaatlari ustunligi prinsipi. Boshqaruv davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida, birinchi navbatda shaxs va uning manfaatlari ustunligini inobatga olishi lozim. Aynan davlat boshqaruvini amalga oshirish orqali shaxslaming huquqlari va erkinliklari amalga oshiriladi, ulaming muhofazasi ta’minlanadi; 2) davlat boshqaruvi hokimiyat tizimining bo'linishi asosida amalga oshirilishi prinsipi. Davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo'linishi, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimi- yatiga bo'linishi keng qabul qilingandir. Davlat boshqaruvining sa­ maraii amalga oshirilishi uchun, albatta, davlat organlarining hokimiyat-vakolatlari qonuniy tartibda aniq ko'rsatib o'tilgan bo'lishi lozim. Mazkur prinsip — har bir davlat organining qanday faoliyat bilan shug'ullanisliini, qanday vakolatlarga ega ekanligini, ya’ni davlat organlari faoliyatining doirasini belgilab beradi; 3) qonuniylik prinsipi. Har qanday faoliyat, shu jumladan, davlat boshqaruvi ham, birinchi navbatda qonunlar asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozim. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qonunlarga tayangan holda o'z faoliyatlarini olib borishlari lozim; 4) oshkoralik prinsipi. Davlat boshqaruvi sohasida insonlaming huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan har qanday qonun hujjati, ommaga e’lon qilinmasdan turib tatbiq etilishi mum­ kin emas. Davlat boshqaruvining samaraii amalga oshirilishida — davlat organlarining faoliyati, qabul qilinayotgan qonun hujjat- lariga nisbatan fuqarolar (jamoat birlashmalari) bildirgan fikrlami inobatga olish ham katta ahamiyatga egadir; 5) javobgarlik prinsipi. Qonunchilikda davlat organlarining, uning mansabdor shaxslarining va fuqarolaming qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, majburlov choralari ham o'rnatiladi. Bu nafaqat davlatning, balki jamiyatning ham, alohida shaxslaming ham huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qi­ ladi.1 Ba’zi bir huquqshunos olimlar davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari bilan bir qatorda, tashkiliy prinsiplarni ham ko'rsatib o'tishadi. Masalan, X.R.Alimov o'zining ilmiy ishlarida, davlat boshqaruvining quyidagi tashkiliy prinsiplarini yoritib beradi: — funksiya va vakolatlarni taqsimlash prinsipi. Mazkur prinsip orqali davlat boshqaruv organlari o'rtasida vakolatlar hamda funk­ siyalar taqsimlanadi. Har bir davlat organi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari o'zlarining oldida turgan maqsad va vazifa- lami amalga oshirish uchun, o'zining quyi tuzilmasi o'rtasida vakolatlarni taqsimlashi lozim; — kompetensiya doirasida javobgarlik prinsipi. Ushbu prinsip davlat organlari, ularning mansabdor shaxslarining berilgan vakolat doirasida javobgarlikka tortilishi mumkinligini nazarda tutadi; — boshqaruvda sohaviylik va hududiylikni inobatga olish prinsipi. Mazkur prinsip davlat boshqaruvi qaysi sohada va qanday shaxslar doirasi bo'yicha amalga oshirilishini belgilab beradi;
kollegiallik prinsipi. Amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, har bir davlat boshqaruvi organida yakka tartibda amalga oshiriladigan boshqaruv bilan bir vaqtda, kollegial boshqaruv ham mavjuddir. Davlat boshqaruvining deyarli barchasida turli ko'ri­ nishdagi kengash va hay’atlar tuziladi. Kengash va hay’atlar tomo­ nidan amalga oshiriladigan boshqaruv — kollegial boshqaruv hisob­ lanadi.1 Davlat boshqaruvining prinsiplari yuridik adabiyotlarda turlicha ko'rsatib o'tilgandir. Lekin ulaming barchasi bir maqsad sari yo'naltirilgan bo'lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishni tartibga soladi.2

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling