1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari


Download 1.49 Mb.
bet3/92
Sana28.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1237327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
маъмурийУМК

Davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari
«Davlat boshqaruvi» atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi qonunchiligimizda keng qo'llaniladi. Davlat boshqaruvi tushunchasini aniqlab olishdan awal, boshqaruvning davlat-huquqiy xususiyati va davlat boshqaruvi nazariyasining tuzilishi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish lozim. G.V.Atamanchukning fikricha, davlat boshqaruvi obyektiv va subyektiv omillarga egadir. Davlat boshqaruvi — -subyektivdir, chunki u insonlar (davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar) ongi va harakatining mahsulidir. Boshqaruvning mazmuni uchun bosh­ qaruv subyektlari javobgar boiadi. Obyektiv nuqtayi nazardan esa davlat boshqaruvi quyidagi ko'rinishga ega: tabiat — maqsad — funksiya — tuzilish — jarayon — prinsiplar.1 Davlat boshqaruvi — ommaviy ehtiyoj va manfaatlami anglash, ulami baholash va tarkibiy qismlarga ajratish, aniq maqsadlami qo'yish, ma’lum bir qarorlami ishlab chiqish va ulaming amalga oshirilishini ta’minlash uchun mavjuddir. Shu sababli, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning ijtimoiy mexa­ nizmi o'zaro bog'liq boigan ijtimoiy hodisalarning, ya’ni ehtiyoj — manfaat — maqsad — qaror — harakat — natijamng yagona zanjiri sifatida namoyon boiadi. Yu.N.Starilovning ko'rsatishicha, boshqaruv fani — boshqaruv nazariyasi, boshqaruv siyosati va ma’muriy huquq nazariyasini o'z ichiga oladi. Shu nuqtayi nazardan, davlat boshqaruvi nazariyasi predmeti va ma’muriy huquq predmeti o'zaro yaqin bo'lib hisob­ lanadi. Uning fikricha, aavlat boshqaruvining umumiy nazariyasi quyidagi muhim elementlardan tashkil topadi: davlat boshqaruvi maqsadi va vazifalari; boshqaruv funksiyalarining boshqa davlat faoliyatining funksiyalari bilan o'zaro munosabati; davlat bosh­ qaruvi organlarining boshqa davlat organlari bilan o'zaro muno­ sabati; davlat boshqaruvini va uning tizimini tashkil etish; davlat boshqaruvida insonning tutgan o'mi va roli. Davlat boshqaruvi nazariyasining asosiy sohalarini esa: a) boshqamv personali (ommaviy xizmat); b) rahbarlik va boshqaruvdagi o'zaro munosabat; d) budjet; e) tashkil etish, rejalashtirish; f) axborot va axborot texnologiyasi; g) qonunchilik tashkil etadi. Hozirgi jarayonda boshqaruv fani, Yu.N.Starilov fikricha, quyidagi yo'nalishlarda — davlat boshqaruv nazariyasi; boshqaruvni tashkil etish; budjet va moliya; personal va boshqamvni tashkil etish; boshqamv personali va rahbarlik; axborot va boshqamv tizimi; hududiy va mahalliy boshqamv siyosati; huquq va bosh­ qamv; boshqamv va o'rab turgan muhit; rejalashtirish va qaror qabul qilish; davlat, boshqamv va iqtisodiyot; boshqaruv va ijtimoiy siyosat; xalqaro tartib va boshqamv munosabatlari yo'nalishlari bo'yicha rivojlanib bormoqda.1 Davlat boshqamvi tushunchasiga turlicha yondoshish mumkin. Ko'pgina hollarda. davlat boshqamvi qonun chiqarish va odil sud- lov faoliyati doirasidan tashqarida bo'lgan davlat va davlat-hoki- miyat subyektlarining faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Davlat boshqamvi murakkab harakatchan tizimga ega bo'lib, uning har bir elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Yuridik adabiyotlarda davlat boshqaruvining tizimlilik xusu­ siyatiga alohida e’tibor beriladi. Chunki bu faoliyatga boshqamv aktlarini qabul qiluvchi va amalga oshiruvchi boshqaruvchilar (dav­ lat xizmat-chilari va mansabdor shaxslar), shuningdek, fuqarolar hamda moliyaviy, tashkiliy va moddiy resurslar jalb qilingandir. Davlat boshqaruvining tizimliligi — belgilangan maqsad va vazifa-
larga erishishni va boshqaruv funksiyalarini samaraii amalga oshi­ rishni ta’minlaydi. . Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni — davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilishi maqsadga muvofiq bo'lgan amaliy ta’sir etishi ko'rsatib o'tilgan. G.V.Atamanchuk davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisini ko'rsatib o'tadi: 1) boshqaruv ta’siri — davlat hokimiyati kuchiga tayanadi; 2) davlat boshqaruvining jamiyatdagi barcha sohalami qamrab olishi; 3) tizimlilik.1 Yu.N.Starilovning fikricha, davlat boshqaruvi ijro hokimiyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Tashkiliy nuqtayi na- zardan, davlat. boshqaruvi — boshqaruv subyekti (davlat, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar)ning boshqaruv obyekti (jamiyat, fuqarolar)ga nisbatan hokimiyat ta’siri hisoblanadi. Yanada aniq- lashtiradigan bo'lsak, davlat boshqaruvi — bu qonun asosida va uni amalga oshirish rrfaqsadida turli sohalarda (ijtimoiy-madaniy, xo'jalik va ma’muriy-siyosiy qurilish) davlat boshqaruvi funksiya­ larini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlarining maqsadga muvofiq tashkil etilgan, qonunosti, ijrochilik-farmoyish berish va tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir.2 Yu.M.Kozlovning ko'rsatishicha, davlat boshqaruvi — har qanday davlat faoliyati singari qaror qabul qilish, uni ijro etish va uning ijrosi ustidan nazoratlni amalga oshirishdan iboratdir.3 Davlat boshqaruvi, Gabrichidze B.N.ning fikricha, bu davlat nomidan va davlat ko'rsatmasiga binoan amalga oshiriladigan boshqaruv, ya’ni fuqarolik jamiyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivoj­ lantirish, inson va fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini muho­ faza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash soha­ larida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliya­ tidir.4 Demak, davlat boshqaruvi keng ma’noda — davlatning tartibga solish faoliyati hisoblanib, maxsus subyektlarning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishidir. Tor ma’noda esa, davlat boshqaruvi — bu ma’muriy, ya’ni davlat hokimiyati ijro organlarining respublika va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar doirasidagi faoliyatidir. Davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari. Davlat bosh­ qamvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning o‘ziga xos xusu­ siyatlarini ham ko'rsatib o‘tish lozim. Davlat boshqaruvi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egadir: 1) davlat boshqaruvi — ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan hamda qonun chiqarish va odilsudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko'ra ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi — bu qonunlar va boshqa normativ (qonunosti) hujjatlarni qo'llash bo'yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir; 2) davlat boshqaruvi — huquqni qo'llash bilan bir vaqtda ma’muriy huquq ijodkorligi (huquq o'rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi organlari huquq ijodkorligi shunda namoyon bo'ladiki, ular vakolat doirasida boshqa huquq subyektlari (boshqaruv obyekti) uchun majburiy bo'lgan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni yuritadilar; 3) davlat boshqaruvi — qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolaming huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati ^ vujudga kelgan hamma joyda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining muhim sohalarida — xo'jalik-iqtisodiy qurilish, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo'lgan obyektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlami ham qamrab oladi (bunda davlat boshqaruvi tartibga solish va kontrol- nazorat faoliyati sifatida namoyon bo'ladi); 4) davlat boshqaruvi — bu ijro hokimiyati funksiyalanishining obyektiv qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlarini, fuqa­ rolar huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va rejali faoliyatdir. Davlat bosh­ qaruvi jarayonida davlat vazifalari va ftmksiyalari amalga oshiriladi; 5) davlat boshqaruvi — davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko'rsatmasiga binoan harakat qiladigan ushbu organlar davlat- hokimiyat xususiyatiga ega bo'lgan vakolatlarga ega bo'ladilar va kompetensiya doirasida faoliyat yuritadilar;
6) davlat boshqamvi — qonuniylik prinsipiga anjal qiladi, ya’ni ijro hokimiyati organlarining faoliyati qonunlarga va boshqa nor­ mativ hujjatlarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomonidan faqatgina ularga berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi; 7) davlat boshqaruvi — vertikal (subordinatsiyaviy, ierarxik) va gorizontal aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Bosh­ qaruv jarayonida eng ko‘p tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv subyektlarining ma’muriy va intizomiy bo‘ysinuvi asosi­ da vujudga keladi. Oxirgi vaqtlarda boshqaruv jarayonida boshqaruv subyektlarining tengligiga asoslangan yangi shakldagi gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masa­ lan, ijro hokimiyati organlari o'rtasida vakolatlarni qayta taqsim- lash, ommaviy yoki ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va h.k.lar); 8) davlat boshqaruvi — tashkil etish prinsipiga asoslanadi, ya’ni unga butun boshqaruv mexanizmining maqsadga muvofiq va doimiy funksiyalanishini ta’minlovchi xilma xil shakllar xosdir. Davlat boshqamvi organlarining tashkillashtirish faoliyati ham tashqi, ham ichki ma’muriy funksiyalarni ijro etishni o‘z ichiga oladi; 9) davlat boshqaruvi — yurisdiksiyaviy xususiyatga ega boMgan vakolatlarni • ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro hokimiyati organlari tomonidan «majburlovchi» boshqaruvni amalga oshirishning ma’­ muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi (masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov chora- larini qoilash). Ijtimoiy hayotda davlat boshqaruvining tutgan o‘rni va ahamiyati, Yu.M.Kozlovning fikricha, quyidagilar bilan belgilanadi: a) davlat boshqaruvi — yagona davlat hokimiyatini amalga oshirish bo'yicha aniq faoliyat turi bo'lib, davlat hokimiyatining boshqa turlaridan o'zining funksional va kompetensiyaviy xusu­ siyatiga qarab ajralib turadi; b) davlat boshqaruvi — ijro etish va farmoyish berish xusu- siyatidagi faoliyat bo'lib, uning asosiy maqsadi qonunlar va qo- nunosti hujjatlarini hayotga tatbiq qilish hisoblanadi; d) davlat boshqaruvi — maxsus subyektlar, ya’ni davlat bosh­ qaruvi (ijro hokimiyati) organlari tomonidan amalga oshiriladi; e) davlat boshqaruvi — xo'jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’mu- riy-siyosiy qurilishga doimiy va bevosita rahbarlik qilish jarayonida amalga oshiriladigan ijrochilik faoliyatidir;
0 davlat boshqaruvi — qonunosti faoliyati bo‘lib, qonun aso­ sida va uni ijro etish maqsadida amalga oshiriladi; qonunchilik faoliyatiga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi.1 Davlat boshqaruvi turlari. Davlat boshqaruvi mazmunini ochib berishda uni turlarga bo'lish ham ma’lum bir ahamiyatga egadir. Yuridik adabiyotlarida davlat boshqaruvining bir necha turlari ko'r­ satib o'tilgandir. Jumladan, Yu.N.Starilov davlat boshqaruvini uch turga bo'ladi: a) ichki davlat boshqaruvi — ijro hokimiyati organlari tomo- * nidan mazkur organlar tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishi- ning huquqiy tartibotini ta’minlash, ya’ni boshqaruv vazifalarini bajarish maqsadida amalga oshiriladi; b) tashqi davlat boshqaruvi — ijro hokimiyati organlari tomo­ nidan «tashqi» vakolatlarni, ya’ni davlat ma’muriyati tuzilishiga kirmaydigan va huquq subyektlariga qaratilgan vakolatlarni amalga oshirish (masalan, ro'yxatga olish, litsenziya berish) maqsadida olib boriladi; d) ichki tashkiliy davlat boshqaruvi — bunda qonun chiqaruvi, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari tomonidan ijro ho­ kimiyati organlariga taalluqli bo'lmagan ijrochilik va farmoyish berish funksiyalari amalga oshiriladi.2 Aksariyat davlat boshqaruvi munosabatlari ommaviy (ma’­ muriy) huquq bilan, ba’zi birlari esa fuqarolik huquqi bilan tartibga solingandir. Shu sababli, davlat boshqaruvini mustaqil («suveren») davlat boshqaruviga va «xususiy-huquqiy» (fuqarolik-huquqiy) shakl­ dagi davlat boshqaruviga bo'lish mumkin. Bu boshqaruv ko'ri- nislilari turli huquqiy shakllar bilan amalga oshiriladi. «Suveren» boshqaruv — bu «majburlovchi», ya’ni ma’muriy- huquqiy majburlov choralarini qo'llashni nazarda tutuvchi boshqa- ruvdir. Bunda davlat organlari va mansabdor shaxslar — ta’minlash, ogohlantirish, cheklash, jazolash va qayta tiklash xususiyatidagi choralami qo'llaydi. Bundan tashqari, bu jarayonda fuqarolar huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish, obyektlar tomonidan mulkka egalik qilish huquqi vaqtincha chegaralab qo'yilishi mum­ kin. «Majburlovchi» boshqaruvning asosiy prinsipi — qonuniylik hisoblanadi.
Ma’muriy-huquqiy adabiyotlarda «xususiy-huquqiy» (fuqa- rolik-huquqiy) boshqaruv muammosiffa ko‘p e’tibor berilmagan. Boshqaruvning bunday turi faqatgina davlatning ijtimoiy muno- sabatlarda mustaqil («suveren») ishtirokchisi sifatida namoyon bo'l- maganida mavjud bo'lishi mumkin. Bunday munosabatlaming ishtirokchilari teng huquqlarga ega bo'ladi. Yu.N.Starilovning fikricha, davlat boshqaruvining xususiy sohasi — boshqaruvning moddiy (iqtisodiy) ehtiyojlarini qamrab oladi, ya’ni davlat xususiy shaxs sifatida namoyon bo'lib, turli xildagi shartnomalarni tuzadi. Bunday shartnomalar jumlasiga: boshqamv faoliyatini amalga oshirish uchun zamr bo'lgan vositalar bilan ta’minlash maqsadida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi, xizmat ko'rsatish va lizing shartnomalari va h.k.Iarni kiritish mum­ kin. Mazkur shartnomalarda davlat nafaqat byurtmachi yoki iste’molchi sifatida, balki boshqa tadbirkorlar singari, foyda oluvchi subyekt sifatida namoyon bo'ladi.1 Davlat boshqaruvini tashkil etish prinsipiga qarab: a) umumiy boshqaruv — har qanday boshqamv faoliyatiga (so- hasiga) qaratilgan va bir xil mexanizm, shakl va uslublarda amalga oshiriladigan boshqamv; b) maxsus boshqaruv — ma’lum bir sohalarga va tarmoqlarga (masalan, qurilish, moliya, qishloq xo'jaligi, ichki ishlar va h.k.lar) qaratilgan boshqamvga bo'lish mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling