1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1601677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati




 
1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati 
 
Zamonaviy iqtisodiyotda biznes va davlat hamkorligining asosiy nazariy 
tushunchalari. Davlat-xususiy sherikligining (keyingi o’rinlarda DXSH) shakllanish 
va rivojlanish tarixi. O’tish iqtisodiyotidagi jamiyat rivojlanishida “Aralash 
iqtisodiyot”ning o’rni. DXSHda tomonlarning huquq va majburiyatlari. DXSHning 
biznes uchun foydasi – DXSH loyihalaridan xususiy korxonalarning 
manfaatdorligi. DXSHning davlat uchun foydasi – budjet xarajatlarining qisqarishi, 
ularning samaradorligini oshishi, davlatga hos bo’lmagan ishlab chiqarish 
funksiyalaridan voz kechish. DXSH jamiyat uchun foydasi – muhim ijtimoiy 
muammolarning hal qilinishi. 
 
Muhokama qilish uchun savollar 
 
1. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida davlat-xususiy sherikliligini o’rganishning
zarurati qanday? 
2. «Davlat-xususiy sheriklik» fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi? 
3. Davlat- xususiy sherikligining predmeti sifatida nimani e’tiborga olish maqsadga 
muvofiq? 
4. Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat-xususiy sherikligining imkoniyatlari qanday? 
5. Rossiya va xorij tajribasini hisobga olgan holda DXSHning asosiy tamoyillari 
nimalardan iborat? 
6. DXSHda ishtirok etishning davlat uchun foydasi qanday? 
7. Davlat-xususiy sheriklikdan biznes qanday foyda oladi? 
 
1-vazifa 
 
Quyida keltirilgan ish turlarini investitsiya loyihasini amalga oshirishda 
hayotiylik 
tsikli 
bo’yicha 
uch 
bosqichga 
ajrating: 
investitsiya 
oldi, 
investitsiya,ekspluatatsiya. 
1. Ishlab chiqarish obyektini qurilishini boshlanishi; 
2. Loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish; 
3. Uskunalar yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzish; 
4. Ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, mahsulot turlarini ko’paytirish; 
5. Ssuda hisobraqamini ochish; 
6. Biznes-rejani ishlab chiqish uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazish; 
7. Birinchi mahsulotni chiqarish; 
8. Investitsiya loyihasi g’oyasining paydo bo’lishi; 
9. Ichki bozorga mahsulot sotish. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling