3
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat ro’lining o’zgarishi.
Institutsional
muhitni shakllantirish. Mahalliy-xususiy hamkorlik. DXSHda davlatning ishtiroki
va tartibga solish tizimining usullari. DXSHning tamoyillari.
DXSH ning huquqiy
asoslari: “Davlat-xususiy sherikligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
va boshqa qonun osti hujjatlar.
Muhokama qilish uchun savollar
1. Hozirgi kunda O’zbekiston qonunchiligida amalda bo’lgan DXSH
sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarni sanab bering.
2. Normativ-huquqiy baza darajasini baholang. Sizning fikringizcha, uni
umumiylashtirish kerakmi?
3. DXSHni huquqiy ro’yxatga olish uchun qanday
huquqiy tuzilmalardan
foydalanish mumkin?
4. DXSH to’g’risidagi qonunning asosiy moddalarini tavsiflang.
5. O’zbekistonda DXSH sohasini huquqiy tartibga solishning asosiy
muammolari va ziddiyatlarini nimalardan iborat?
6. O’zbekiston qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini baholang.
1-vazifa
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq DXSH to’g’risidagi bitimlarni
tuzishda ularning obyektlari sifatida nimalarni kiritish mumkin?
Konsessiya shartnomasi obyektlari
bolishi mumkin bo’lgan obyektlar
Davlat xususiy sherikligi haqidagi
shartnoma obyektlari bolishi mumkin
bo’lgan obyektlar
2-vazifa
O’zR da DXSH sohasida tashkil etilgan huquqiy bazasini baholang.
Buning
uchun bir qator hududlarning tajribasidan foydalaning.
Aniqlang:
1) muvofiqlilik darajasi;
2) hech qanday qarama-qarshilik yo’qligi;
3) yagona kontseptsiyaning mavjudligi.
Shakllantirilgan huquqiy baza DXSH ni rivojlantirishda O’zR
subyektlari
holatiga yordam beradimi?
4
1-masala
Investor bankka 2 yil muddatga yillik 15% (foizlarni hisoblashning oddiy
usuli bo’yicha) to’lov bilan depozit hisobvarag’iga 5 mln.so’m qo’ydi.
Depozit
muddati tugagandan so’ng investor qancha pul olishini aniqlang.
2-masala
Investor bankka 2 yil muddatga yillik 15% (foizlarni hisoblashning murakkab
usuli bo’yicha) to’lov bilan depozit hisobvarag’iga 5 mln.so’m qo’ydi. Depozit
muddati tugagandan so’ng investor qancha pul olishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: