1-мавзу. Differensial tenglama. Asosiy tushuncha va taʼriflar. Differensial tenglama tushunchasiga olib keluvchi ayrim masalalar


Download 438.2 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi438.2 Kb.
#1364763
1   2   3   4   5
Bog'liq
5VH7BGxSY8Zhbvlnct3ET6ZwdKF1ngjC6lx9ya0S

Oddiy differensial tenglamalar: ularga bitta argumentning funksiyasi va uning hosilalari kiradi;

  • Xususiy hosilali tenglamalar: ularga kiruvchi funksiyalar koʻp oʻzgaruvchili boʻladi;

  • Stoxastik differensial tenglamalar: ularga stoxastik jarayonlar kiradi.

    Differensial tenglamalar uchun eng muhim masala yechimning mavjudligi va yagonaligi. Ushbu muammoning yechimini esa zarur va yetarli sharrtlarni koʻrsatuvchi mavjudlik va yagonalik teoremalari javob beradi. Oddiy differensial tenglamalar uchun bunday shartlar 1864 yil Lipshits tomonidan isbotlangan.
    Xususiy hosilali tenglamalar uchun esa mos teorema 1874 yil S.V. Kovalevskaya tomonidan isbotlangan
    Aytaylik differensial tenglamadagi f(x,y) funksiya har bir x, y oʻzgaruvchi boʻyicha XOY tekislikning yopiq D sohasida aniqlangan va uzluksiz boʻlsin.

    Ushbu holda y’=f(x,y) differensial tenglamani boshlangʻich shartni bajaruvchi Koshi masalasi yechimining mavjudligi va yagonaligi haqidagi teorema quyidagi koʻrinishni oladi
    Teorema. (Mavjudlik va yagonalik) Agar f(x,y) funksiya har bir x, y oʻzgaruvchisi boʻyicha D sohada aniqlangan va uzluksiz boʻlsa, shu bilan birga uning xususiy hosilasi ham shu sohada uzluksiz boʻlsa, u holda ushbu tenglamaning yagona y=y(x) yechimi mavjud va u shartni qanoatlantiradi.
    Eslatma. 1) Grafik tasvirda ushbu teorema D sohaning har bir M(x,y) nuqtasidan bitta integral egri chiziq oʻtishini anglatadi.
    2) Teoremadagi xususiy hosila ni uzluksizligi talabini, yumshoqroq shart bilan almashtirish mumkin, bunda N-oʻzgarmas kattalik. Shartni bunday yumshatilishi Koshi masalasi yechimini yagonaligini taminlaydigan f(x,y) funksiyalar sinfini kengaytiradi, lekin teorema isbotini qiyinlashtiradi.
    Taʼrif 11. Teoremaning hech boʻlmaganda bitta sharti buziladigan nuqtalarga differensial tenglamaning maxsus nuqtalari deyiladi.
    Agar OXY tekislikning nuqtasi maxsus nuqta boʻlsa, u holda quyidagicha holatlar boʻlishi mumkin:

    1. nuqtadan birorta ham integral egri chiziq oʻtmaydi;

    2. nuqtadan bir nechta integral egri chiziq oʻtishi mumkin;

    Misol. Yechimning mavjudlik va yagonalik teoremasidan foydalanib,
    differensial tenglamaning yechimlar toʻplamini tekshiring.

    1. Koʻrilayotgan misol uchun . Ushbu funksiya OXY yuqori yarim tekislikda aniqlangan boʻlib, OX oʻqida ham aniqlangan.

    2. X ususiy hosila , y>0 boʻlganda uzluksiz. Barcha (x,0) nuqtalarda esa yechimning yagonaligi buziladi. Bu holda barcha (x;0) nuqtalar maxsus nuqtalar boʻladi. Demak integral egri chiziqlar, yaʼni yechimlar OX oʻqni kesib oʻtmaydi.

    3. differensial tenglamadan koʻrinib turibdiki y=0 sonli oʻq OX yechim boʻladi. Agar boʻlsa, yechimni topish mumkin. Aytaylik boshlangʻich shart qoʻyilgan boʻlsin. Berilgan nuqta uchun C miqdorning qiymatini aniqlaymiz

    , u holda berilgan boshlangʻich shartlarda xususiy yechim koʻrinishdagi OX oʻqiga urinib oʻtadigan parabolalar oilasini tashkil qiladi. Integral egri chiziqlar toʻplamini qurishni parabolanni OX oʻqi boʻyicha parallel koʻchirish deb tasavvur qilsak boʻladi.

    1. Olingan natijalardan koʻrinadiki, nuqtalarda tenglama yechimi yagonaligi buzilayapti. Ushbu nuqtalardan ikkita integral chiziqlar oʻtayapti; y=0 toʻgʻri chiziq va parabola. Ushbu misol shunisi bilan qiziqki yechimning yagonaligi y=0 yechimning har bir nuqtasida buzilayapti. Bunday holda y=0 yechim maxsus yechim ham deyiladi

    III. Yoʻnalishlar maydoni. Izoklinlar usuli. Yoʻnalishlar maydoni asosida integral egri chiziqlarni chizish.
    Aytaylik quyidagi koʻrinishdagi
    (*)

    Download 438.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling