- Din va diniy ta’limotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham diniy talqinda, ham dunyoviy talqinda bilim berish; dinning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari borasida falsafiy fikr yuritish; din va diniy ta’limotlarni o’uganishda ilmiylik, tarixiylik, ob’ektivlik prinsiplariga asoslangan xolda fikr yurita olish malakasi va ko’nikmalarini xosil qilish.
- Xalqimiz madaniyatining ajralmas qismi bo’lmish islom dinining jamiyat hayotida tutgan o’rni, ma’naviyat, san’at va adabiyotimizning rivojiga qo’shgan hissasi, davlatimiz ravnaqiga ijobiy ta’siri, dinimizning markazida yaxshilikka, ezgulikka da’vat turishi, diniy qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, axloqiy masalalarga bo’lgan e’tibor kishilarni ezgulik va komillik sari etaklashini o’rganish.
- Dniy qarashlar taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirish.
-
Dinshunoslik haqidagi ma’lumotlarni moddiy va ma’naviy manbalardan olinadi: diniy-madaniy yodgorliklar (masalan, ibodatxonalar), muqaddas matnlar, diniy ta’limot va ko‘rsatmalar, an’analar, individual-psixologik va ijtimoiy guruhlarga oid diniy tafakkur, axloq, tajriba, diniy tashkilotlar va muassasalar. Ta’limyo‘nalishi bo‘lmish dinshunoslik dinni o‘qitish metodologiyasini o‘rganadi. - Dinshunoslik haqidagi ma’lumotlarni moddiy va ma’naviy manbalardan olinadi: diniy-madaniy yodgorliklar (masalan, ibodatxonalar), muqaddas matnlar, diniy ta’limot va ko‘rsatmalar, an’analar, individual-psixologik va ijtimoiy guruhlarga oid diniy tafakkur, axloq, tajriba, diniy tashkilotlar va muassasalar. Ta’limyo‘nalishi bo‘lmish dinshunoslik dinni o‘qitish metodologiyasini o‘rganadi.
- Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug‘, qabila va milliy dinlargachyaa, ularda jahon dinlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur fanning yana bir vazifalaridandir.
- “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |