1-Mavzu dinamika. Statika elementlari


Download 1.92 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1276836
Bog'liq
1- mavzu 1-kurs




1-Mavzu DINAMIKA . Statika elementlari
Teng tasir etuvchi kuchlar. Kuchlarni qo’shish. Markazga intilma kuch. Gravitatsiya maydonida harakat.

Reja


  1. Teng tasir etuvchi kuchlar.

  2. Kuchlarni qo’shish.

  3. Markazga intilma kuch. Gravitatsiya maydonida harakat.



Tayanch so’zlar:

  1. Teng tasir etuvchi kuchlar

Toʻxtab turgan avtomobil, suvning ichidagi ixtiyoriy nuqtada tinch turgan jism stol ustidagi buyumlar nima sababdan tinch turadi?
Stol ustida tinch turgan kitobga ikkita kuch ta’sir qiladi. – og‘irlik kuchi. –– stol tomonidan jismni yuqoriga koʻtarib turuvchi, ya’ni tayanchning normal reaksiya kuchi. Bu kuchlarning miqdori teng, yo‘nalishi esa qarama-qarshi boʻlgani uchun ularning yig‘indisi nolga teng bo‘ladi. Natijada ular bir-birini muvozanatlaydi.
Jismning tinch holatini yoki harakat tezligini o‘zgartirmaydigan kuchlar muvozanatlashgan kuchlar deyiladi.
Nyutonning I qonuniga asosan:
Jismga qoʻshimcha kuchlar ta’sir qilmasa, u o‘zining nisbiy tinch holatini saqlaydi yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi.



T abiatda tinch turgan yoki oʻzgarmas tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jismlardan tashqari tezligi oʻzgaruvchan boʻlgan jismlarni ham koʻp uchratamiz. Masalan, suvda cho‘kayotgan jism joyidan qoʻzgʻalib tezligini oshirayotgan avtomobil yoki tezligini kamaytirib bekatga kirib kelayotgan poyezd va shunga oʻxshash misollarni keltirish mumkin. Yonilgʻisi tugab to‘xtab qolgan avtomobilni joyidan qoʻzgʻatish uchun unga muvozanatdan chiqaruvchi kuch qoʻ- yish kerak.
Jism tezligining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan kuchlar muvozanatlashmagan kuchlar deyiladi.
Agar jismga bir vaqtning o‘zida bir nechta kuch ta’sir qilayotgan boʻlsa, jismning harakati bu kuchlarning yoʻnalishi va moduliga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Shu sababli kuchlarning teng ta’sir etuvchisini aniqlashda ularning yoʻnalishi va moduli e’tiborga olinadi. Teng ta’sir etuvchi kuch quyidagicha topiladi:





Bu yerda … tashkil etuvchi kuchlar deyiladi. Jismga ikkita va kuchlar ta’sir etayotgan bo‘lsin:
Umumiy holda natijaviy kuch F= formula bilan topiladi.
Bu yerda




  1. Markazga intilma kuchlar

Jism mass va tezlanish ko’paytmasiga teng, tezlanish yo’nalishiga markazga intilma kuch yoki inertsiya kuch deyiladi.







  1. Gravitatsiya maydon harakati

Yer jismlarni o‘ziga tortishi haqida Galileo Galiley, Isaak Nyuton, Genri Kavendish kabi olimlar ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Atrofimizdagi barcha jismlarning harakatiga Yerning tortishish kuchi oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Butun olam tortishish qonuniga asosan, jismlarga Yerning tortishish F= kuchi ta’sir qilib turadi.


Bu yerda m – jismning massasi, M Yerning massasi; r – jism va Yer markazlari orasidagi masofa.
Biror jismni Yer sirtidan tik yuqoriga otsak, ma’lum balandlikka koʻtarilib, qaytib otilgan joyiga tushadi. Agar jism ma’lum balandlikdan gorizontal yoki gorizontga qiya otilsa, otilish nuqtasidan ma’lum bir masofaga borib tushadi. Masalan, jism h = 20 m balandlikdan υ0=6 m/s boshlangʻich tezlik bilan gorizontal otilsa, u gorizontal yoʻnalishda biror masofaga borib tushadi. Jismga faqat og‘irlik kuchi ta’sir qilgani uchun
gorizontal yoʻnalishda jism tekis harakat qiladi va uchish uzoqligini S= υ0t formula bo‘yicha topamiz. Bunda jismning uchish vaqti. Demak, jismning uchish

u zoqligi S= υ0 m ga teng boʻladi. Agar jismning boshlang‘ich tezligini oshirib borsak, uchish uzoqligi ham ortib boradi.


Yer sun’iy yo‘ldoshlarining harakati Yerning tortish maydonidagi harakatga misol bo‘la oladi. Agar yuqoridagi masalada koʻrganimiz kabi ma’lum balandlikdan gorizontal yo‘nalishda otilayotgan jismning boshlangʻich tezligini oshirib borsak, uning uchish uzoqligi ham ortib boradi. Boshlangʻich tezlikning ma’lum bir qiymatiga erishganida
jism Yer atrofida aylanma orbita boʻylab harakat qiladi. Natijada jism Yerning sun’iy yoʻldoshi boʻlib qoladi. Buning uchun jismni avval Yer sirtidan kerakli balandlikka olib chiqish va unga gorizontal yo‘nalishda yetarli tezlik berish kerak. Bu vazifani
eltuvchi raketalar bajaradi. Eltuvchi raketalar maxsus kosmodromlarda vertikal yoʻnalishda harakatga keltiriladi. 300–400 km balandlikda havoning qarshilik kuchi deyarli sezilmaydi.
Jismning Yer sirti yaqinida aylana trayektoriya bo‘ylab harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan minimal tezlik birinchi kosmik tezlik deyiladi.








Nazorat savollar



  1. Muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan kuchlar bir-biridang qanday farq qiladi?

  2. Markazga intilma kuchga tabiatdan misollar keltiring.

  3. Markazdan qochma kuchlardan turmush va texnikada qayerlarda foydalaniladi?

  4. Gravitatsiya kuchini formulasini izohlab bering



Uyga vazifa mavzuni o’qib o’rganib kelish.
Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling