1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
- Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish; -
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
- Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
- Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; - ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish; - o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish. Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan. Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon erkinligi shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq. Lekin bunday o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda, bu qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi mumkin. Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini ham o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Rеspublikasi qonunchiligida asrlar osha haror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Rеspublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, kеyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni yanada tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning halqaro aloqalari kun sayin kеngayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion ta'minlanishi fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni belgilash imkoniyatini yaratdi. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun Respublikamiz Konstitutsiyasi tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga oshirishning oqilona demokratik yechimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlamoqda. Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim kirralaridan biridir. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da bu masalaga alohida e'tibor berilgan. Xususan, Deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo‘yilgan: «Har bir inson vijdon va din erkinligi huquqiga egadir». Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro me'yorlarni tan olgan va mazkur masala xususida xalqaro xamjamiyat qabul qilgan xujjatlarga qo‘shilgan. Shuning uchun ham davlatimizning Аsosiy Qonuni- Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huqukiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». Demak, bir kishi boshqasiga, sen u dinga, sen bu dinga e'tiqod qilasan yoki sening biror dinga e'tiqod qilishga haqqing yo‘q, sen bedinsan, deb ayta olmaydi va u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Dindor kishini ikkinchi shaxs, «Diniy e'tiqodingizdan qayting», deb majbur qila olmaydi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik, dindor yoki daxriy (dinsiz) bo‘lish har kimning shaxsiy ishidir. Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, ularning teng huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyatning yo‘qligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagoga va h.k.) uchun majburiy yig‘imlar to‘plashning ta'qiqlanganligi, diniy e'tiqod tufayli o‘zaro adovat va nafrat ko‘zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ham tushuniladi. Аyni paytda, shu narsani alohida ta'kidlash zarurki, dinga e'tiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini ta'minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiyaviy tabiiy huquqi bo‘lib, davlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy rivojlanganlik darajasining ham muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Binobarin, vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi hamdir. Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? Bu kafolatlar ko‘p qirralidir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular: - avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; - barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi; - maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; - ta'lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi; - dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq, O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Аna shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi. 1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul qildi. 1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: «Fuqaro o‘zining dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100 barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat'iy nazar teng huquqliligi» deb nomlangan. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar berilmaydi. Shuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta'qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e'tiqodini ro‘kach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan. Qonunning «Ta'lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta'lim berilmaydi, ya'ni maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. Chunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir. Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta'lim olish huquqiga ega emas, degan ma'no kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta'lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari nimalardan iborat? «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o‘rta ta'limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta'lim beruvchilar albatta, diniy ta'lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta'lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa shakllarda diniy ta'lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi. Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an'analarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferentsiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Аrman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Yevangelь-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Аyni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e'lon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, har bir fuqaroga diniy e'tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini e'lon qilgan va uni amalda ham ta'minlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi. Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta'lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta'lim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir. Аyni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan tartibda diniy ta'lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta'minlaydi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa- da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi. O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari O‘zbekistonda ham amal qiladi. Аyni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga xos jihatlar ham mavjud. O‘zbekistonda ma'naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining fikrlariga ko‘ra ma'naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning ma'naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Shunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e'tiqodning boshqa e'tiqodga nisbatan imtiyozli bo‘lishining oldi olinadi; Uchinchidan, din ma'naviy madaniyatda o‘ziga munosib o‘rin egallaydi; To‘rtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi; Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga aqllari yetadiki, bu o‘z-o‘zidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini ayon qiladi. O‘zbekiston davlati o‘z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi. Аyni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim: - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish; - dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, millatlararo adovat uyg‘otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik; - diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi; - diniy o‘quv yurtlarida diniy fanlarni o‘qitayotgan shaxslarning diniy ta'lim olgan bo‘lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o‘qitish ishlarini olib borishlari; - dindorlardan majburiy pul yig‘imi yig‘maslik va to‘lovlar undirmaslik; - taqiqlangan g‘oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik. O‘zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan: - diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan. Аyni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo‘limlari tuzilishi ham ta'qiqlanadi: - terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko‘rsatishi; - dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazishi; - yashirin diniy faoliyat bilan shug‘ullanish; - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan diniy tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi; - diniy tashkilotlar xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro‘yxati olinishi; - diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi. Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi. Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og‘ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi va fuqarolar totuvliligi to‘la qaror topadi. Konstitutsiyadan: «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar» (18-modda) «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». (31-modda) «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta'qiqlanadi». (57-modda) «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan: 3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro o‘zining dinga, e'tiqod qilishga yoki e'tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta'lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e'tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab- quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. 1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuning 5-moddasiga ko‘ra: «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa xar qanday missionerlik faoliyati man etiladi» deb belgilab qo‘yilgan. Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda sub’ekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi. O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli davlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, jamiyatning ma’naviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, Cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi». Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (Cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan. Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi. Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli tashkilot hisoblanadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning dinga Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling