1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/47
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1835442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Rudolf Otto 
«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».
Edvard Teylor 
«Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe’ 
bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»
Maks Myuller 
«Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta’qiqlar 
majmuasidir»


Salmon Reynax 
«Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga 
ko‘ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir» 
Vitold Taylok
«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir» 
Edvard S. Amis 
«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va 
e’tiqodlar majmuidir». 
Emil Dyurkgeym 
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy 
xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy 
iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti 
– Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – 
transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga 
insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va 
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi 
Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yahvelarni keltirish 
mumkin. 
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, 
insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, 
rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar 
ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim 
hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida 
Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya 
dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. 
Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish ob’ekti - Xudo bo‘lishi lozim. 
yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, 
ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi 


yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz 
mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa 
xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb 
hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z 
ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy 
rasm-rusum, 
ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan 
muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - Cherkov, seminariya, 
yahudiylikda - sinagoga va hokazo.
“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo bo‘ldi?” 
kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar 
necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir 
to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma'noda, bugungi kunda fanda dinlarning 
shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. 
Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning 
yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, 
natijada inson ilk dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik 
yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini 
insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 
islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Аdam va Yeva, 
zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur 
ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.
Teologik yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, 
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin 
yuzaga kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta'limot) qadimgi 
Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. 
“Teologiya” so‘zi ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning 
mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Аrastu “teologiya” atamasidan falsafaning 
muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish 


yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va teologiyaga ajratdi. Аrastu ilohiyot 
ilmini “birinchi falsafa”, oliy mushohada fani yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U 
ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida 
belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik 
yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib 
taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib 
Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - 
din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin 
tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham 
turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Аvgust Komt va Lyudvig Buxnerlar 
tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson 
tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar 
soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – 
yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, 
ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, 
psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning 
hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli 
hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy 
qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi 
holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot 
bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch 
harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb 
tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida 
ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib 
chiqishida asosiy rolь o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert 
Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv 
natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta'kidlaydi. Spenser ijtimoiy 
hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida 


diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari 
shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan 
tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e'tibor 
qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, 
inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy 
hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb 
hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning 
bir turidir. E'tiqod so‘zi ham arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, chuqur, mustahkam 
ishonch ma'nosini anglatadi- Demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur 
ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan 
"din", "diniy e'tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, 
maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, 
uni go‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" 
hayot yo‘llarini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni 
ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy 
dunyoqarashlar to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, 
jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, 
mohiyati masalalarini chetlab o‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari 
ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni 
Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi haqida 
kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni 
o‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat 
bog‘lanishlarini aniqpash orqali o‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, 
balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali 
e'tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va 
oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Аyni 
zamonda voqelikni falsafiy bilish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir. 


Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham 
bilim bo‘lib, bunday bilim vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash 
bilan o‘rganish mumkin bo‘lmagan joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz 
e'tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa 
butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi 
ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta'sirini cheklashga intilgan. Forobiy va 
Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta'siridan xalos etishga 
g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka 
qarshi chiqqanlar. 
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning 
mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, 
uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab 
yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi 
kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror 
topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari 
mavjudtsir. Uning ildizlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli 
bosqichlarida ularning egallagan o‘rni ham, odamlarga ta'sir darajasi ham goh 
kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, 
goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) 
muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib 
borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez ko‘payib borayotganligi, termo-
yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, 
ekologik vaziyat, ya'ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, 
koruptsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora ko‘proq taxdid, xavf-
xatar tug‘dirmokda. 
Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy 
tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari 
diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan 
belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning 


voqelikka bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta'sir etib 
turadi. 
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita 
ta'siri natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, 
uyushma va tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday 
munosabatlar ijtimoiy, goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, 
muayyan dunyoqarashni shakllantiradi, pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish 
munosabatlarining mahsuli hisoblanadi. 
Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo‘lmaydi; ijtimoiy 
munosabatlarning boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma'naviy 
munosabatlar, mehnat jarayonlari bilan uzviy bog‘liqtsir; bir-birini oziklantirib 
turadi. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar 
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi 
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti 
diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan 
kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir. 
Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan 
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari 
orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy 
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy 
va norasmiy guruhlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar" 
ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy 
hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga 
bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik 
hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi. 


Din – e'tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai 
nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e'tiqodlarga, ya'ni ilohga, uning tomonidan 
insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga 
(payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori 
darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot 
kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas 
kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik 
va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), 
inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, 
ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. 
Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri 
insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni 
yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan 
ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta'limotdir. U 
muayyan ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning 
faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning 
alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha 
o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda 
salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. 
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va 
go‘zal ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq 
yo‘q. Xalq dinsiz, e'tiqodsiz biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. 
Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy 
hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va 
amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan 
vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling