1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish Reja
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU LEKSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinshunoslikka kirish fanining ob’yekti va predmeti.
1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish Reja: 1.1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 1.2. Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti. 1.3. Dinlar tarixi Sharq ilmlarining uzviy bo‘lagi sifatida. 1.4. Gʻarb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Tayanch so‘z va iboralar: Dinshunoslik.. Dinshunoslikka kirish fanining ob’yekti va predmeti. Metodologik tamoyillar. Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan: birinchidan, har kdnday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Dinshunoslik” predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bossichida paydo bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o‘rganuvchi fandir. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. Dinshunoslikka kirish fanining ob’yekti va predmeti. “Dinshunoslik” fani dinni har tomonlama, xolislik va ilmiylik asosida o‘rganuvchi fandir. Uning ob’yekti din bilan bog‘liq barcha tushunchalarni qamrab oladi. Ular diniy manbalar, diniy ta’limotlar, diniy oqimlar, mazhablar, din bilan bog‘liq tushuncha, atama, hodisa, hissiyot kabi sohalar ushbu fanning ob’yekti hisoblanadi. Bu fanning predmeti esa aynan dinni o‘rganishdagi turli yondashuvlar, o‘rganishdagi tadqiqot usullari, xolis ilmiylik va ob’yektivlik tamoyillaridan iborat. Masalan, “ibodatgoh” tushunchasi islom dinida “masjid”, xristianlikda “cherkov”, yahudiylikda “sinagoga” so‘zlari bilan berilsa-da, ulardagi jamlovchi jihat – ob’yekt yagona, ya’ni “bino” bo‘lib, undan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ibodatdir. Shuning uchun ham dinshunoslikda asosan bu kabi ibodatgohlarning diniy Dinning ikki yirik tarkibiy qismi mavjud bo‘lib, ular: diniy e’tiqod va diniy marosimlardir. Bu ikki qism o‘z navbatida bir necha bo‘laklarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, dinshunoslik fani ularni alohida ob’yekt sifatida o‘rganadi. 1.1-rasm Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling