1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish Reja


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1354362
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU LEKSIYA

ДИНИЙ 
ЭЪТИҚОД 
СОҲАЛАРИ
Дунёнинг 
яралиши
Инсоннинг 
келиб чиқиши
Ғайб олами
Илоҳий мукофот 
ва жазо
Азалийлик ва 
абадийлик
Инсон тақдири


“Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi 
jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini 
zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida 
O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash
diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan muhim o‘zgarishlar, 
yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. 
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda 
mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish 
imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma 
ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet 
ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati 
paydo bo‘ldi.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki 
dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy 
hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Dinshunoslik” fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 

dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;

ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish; 

dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda 
tutgan mavqei haqida tushuncha berish; 

jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini 
yoritish; 

dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; 

missionerlik va prozelitizmning mohiyati xususida tushuncha berish; 

diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va 
ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 

kibermakon va unda din omili xususida ma’lumot berish; 

O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, 
xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil 
qilish. 
“Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda islom va 
boshqa dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash, boshqa dinlarga va ularning 
vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydi. 
“Dinshunoslik fani bo‘yicha talabalarning bilimi, uquvi va ko‘nikmasi uchun quyidagi 
muhim talab, vazifalar qo‘yilgan: 
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zbek 
xalqining ma’naviy merosi, dini, jumladan, islom dini qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura 
haqida bildirgan fikr va mulohazalar, ta’rif va tavsiflarni mazkur fanni o‘rganishda nazariy asos 
qilib olish; 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling