1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish
Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
Download 0.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua
Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Ma’naviyat asoslari, falsafa, pedagogika fanlari hamda fanning 6-mavzusi bilan bog‘liq.
Nazariy qism Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi. Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol’klor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxarta – shaxsiy ismi, Gautama – urug’ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata – shunday qilib shunday ketgtan, Djina – g’olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik ) nomi berilgan. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama – Budda er.av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’lishini er. Av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 – 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar. Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar. Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotini tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u erda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan , amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi “ Hayot – bu azob, uqubatdir ” va “ najot yo’li mavjud ” degan g’oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’uladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot – qiynoq, azob – uqubatdir. Tug’ilish - qiynoq, kasallik – qiynoq, o’lim – qiynoq, yomon narsaga duch kelish – qiynoq, yaxshi ko’rilgan narsadan ayrilish – qiynoq, o’zi hohlagan narsaga ega bo’lmaslik – qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga ko’ra har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatlariga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess “hayot g’ildiragi” ni tashkil qiladi. “Hayot g’ildiragi”da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo’ladi. Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’lish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat – “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “Hayot g’ildiragidan” tashqariga chiqishdir. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatilishidir. To’rtinchi haqiqat – qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l – quyida bayon etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo’ldan brogan inson Budda yo’lini tutadi. Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik. To’g’ri tushinish; To’g’ri niyat qilish; To’g’ri o’zini tutish; To’g’ri anglash; To’g’ri harakat qilish; To’g’ri muomalada bo’lish; To’g’ri fikr yuritish; To’g’ri gapirish; Axloq normalari – Budda “Pancha Shila” nasihati: O’g’irlikdan saqlanish; Gumrohlikdan saqlanish; Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish; Mast qiluvchi narsalardan saqlanish; Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish; O’yin – kulgidan saqlanish; Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish; Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling