1-mavzu: dinshunoslik faniga kirish
Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari
Download 0.89 Mb.
|
dinshunoslik majmua
Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari.
Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o‘zgargan, cherkovning mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o‘rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning eparxiyalarini (grekcha eparchia – rahbariyat, hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan. Eparxiyalarga arxiepiskop (grekcha episkopos – nozir, nazoratchi degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O‘sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo‘lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Huddus, Aleksandriya,Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa eparxiyalar ularga bo‘ysundirilgan.Rim eparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasi ag‘darilganidan keyin (476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim eparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat episkopning qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Rim episkopi papa (lotincha papa – ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo‘lgan. Papa o‘z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa erlarga yoyishga harakat qilgan. SHarqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o‘rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo‘ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o‘ziga bo‘ysundirish bilan birga g‘arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko‘maklashgan.Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar esa pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan. Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Evropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika aholisining 1/3 qismi katoliklardir. CHerkov SHimoliy Amerikada kuchli ta’sirga ega bo‘lib,dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan.Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan. Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslavienikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning erdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi.SHuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. SHu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish uchun zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi. O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha indulgere – marhamat qilish, shafqat qilish degan ma’nolarni anglatadi) sotishdek noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya’ni cherkov o‘rnatgan tartiblarga qat’iy amal qilganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning salbiy jihati shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari,barcha sodir etgan gunohlarini pul to‘lab yuvishi mumkin bo‘lgan. Hattoki kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi jadval ishlab chiqilgan. CHerkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha qo‘llab kelgan. Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug‘lashga katta e’tibor beriladi. 1854 yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi aqidani tasdiqlagan.Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning marhamati bilan birlamchi gunoh ta’siridan himoyalanganligi e’lon qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va ruhi osmonga ko‘tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 1954yilda «falakning malikasi» sharafiga bag‘ishlanuvchi diniy bayramning o‘tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Maryamni avliyolar kabi ulug‘lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan so‘rab beruvchi homiy deb biladilar. Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to‘g‘risida aqida mavjud. Katoliklar o‘z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to‘liq ifodalaydigan yo‘nalish deb biladilar. SHu bois Rim papasi Isoning erdagi noibi, Rimning birinchi episkopi,havoriy Pavelning vorisi deb tan olinadi. 1870 yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini etkazuvchi vakildir.Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa yo‘nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya’ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi. Ruhoniy xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachi deb tan olinadi.Odamlarning o‘zlari ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil ilohiy haqiqatga erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini bajaruvchi ordenlarga birlashganlar.Katolik cherkovida iezuitlar (Iso jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden a’zolari kiyim-kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar. Katoliklarning diniy marosimlarida ham xristianlikning boshqa yo‘nalish va oqimlaridan farqlar mavjud. Masalan, etti sirli marosimni olib ko‘raylik. CHo‘qintirish sirli marosimini bajarishda rohib cho‘qintirilayotgan kishining ustidan suv quyadi yoki uni suvga botirib oladi. Miro yog‘ini surish sirli marosimi katoliklarda «konformatsiya» deb ataladi. Marosim kishining bolalik yoki o‘smirlik yoshida bajariladi. Diniy ibodatni tashkil etishda ham bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud. Diniy marosimlarni bajarish vaqtida cherkovda dindorlar o‘tirishlari mumkin, faqat ayrim duolar tik turib o‘qiladi. SHuning uchun katolik cherkovlarida kursilar qo‘yilgan. Diniy marosimlar lotin tilida olib boriladi. Ularni bajarish vaqtida organ yoki dam berib chalinadigan musiqa asboblari (filgarmoniya)dan foydalaniladi. Diniy tashkilotlarni boshqarishning murakkab tizimi vujudga keltirilgan. YUqorida qayd etilganidek, katoliklar Er sharining barcha qit’alariga yoyilgan va xalqaro markazi Vatikanda joylashgan.Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida joylashgan. Maydoni – 44 gektar. 1929 yilda Musolini hukumati va Rim papasi Piy XI o‘rtasida tuzilgan Lateran shart-nomasiga binoan Vatikanga shahar-davlat maqomi berilgan va u davlat suverenitetiga ega bo‘lgan. Har qanday suveren davlat kabiuning hududi, chegarasi, fuqarolari, gerbi, bayrog‘i va madhiyasi bor. Rim papasini kardinallar (lotincha cardinalis – asosiy, katta, eng muhim degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan keyin turuvchi mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylaydi. Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga ko‘ra, Rim papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining boshlig‘idir. Diniy ta’limot asosini «e’tiqod ramzi» tashkil etadi. «E’tiqod ramzi» 12 paragrafdan iborat bo‘lib, unda diniy ta’limotning asosiy aqidalari: xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo va insonga munosabati, xudoning yagona,lekin uch qiyofada ekanligi, o‘z qiyofasini o‘zgartirishi, odamlar gunohini o‘z zimmasiga olishi, o‘lib qayta tirilishi, oxirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan. Pravoslavie ta’limotiga ko‘ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo, O‘g‘il xudo va Muqaddas Ruh. Xudoning qiyofalar teng va bir-biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan. Pravoslav xristianlar birinchi insonlar – Adam va Eva sodir etgan dastlabki gunoh, O‘g‘il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug‘ilganligi, odamlar gunohini o‘limi bilan o‘z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o‘liklarni qayta so‘roq qilish uchun erga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni qurishiga ishonadilar.SHuningdek, pravoslavieda ham jannat va do‘zax, ruhning abadiyligi,cherkovning xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachilik vazifasini bajarishi to‘g‘risidagi ta’limotlar mavjud. Har bir dinning o‘z marosimlari bo‘lganidek, pravoslavieda etti sirli marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o‘qishlari bilan ob’ektga odamning ko‘ziga ko‘rinmaydigan xudoning marhamati o‘tadi. Sirli marosimlar quyidagilardan iborat: 1) cho‘qintirish marosimi kishining xristian cherkoviga qabul qilinganligini ramziy ifodalovchi asosiy sirli marosimlardan biridir. Pravoslavieda cho‘qintirish yoshi belgilanmagan. CHo‘qintirish marosimida yosh bola suvga uch marta botirib olinadi, katta yoshdagi kishi suvda poklantiriladi. Diniy rivoyatga ko‘ra, odam cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunohdan forig‘ bo‘ladi. Katta yoshdagi kishi cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunoh bilan birga, shu vaqtgacha qilgan gunohlari ham kechiriladi. Ushbu marosimni bajargan kishi xristianlikka (katolik cherkovida cho‘qintirilsa, katolik cherkoviga, pravoslav cherkovidan o‘tgan bo‘lsa, pravoslav cherkoviga) qabul qilinadi. SHu tariqa ilohiy haqiqatni bilish va xalos bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. SHuningdek, yosh bola cho‘qintirilganidan keyin unga ism qo‘yiladi. Odatda, bolaga cho‘qintirilgan kun qaysi avliyoning nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘shaavliyoning ismi qo‘yiladi; 2) non va vino tortish marosimi xristianlikda ikkinchi, lekin ahamiyatiga ko‘ra, juda muhim sirli marosim hisoblanadi. Bu barcha oqim va mazhablar qabul qilgan marosim. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, Iso birinchi marta o‘z shogirdlari bilan maxfiy kecha kunida bu marosimni o‘tkazgan.Keyinchalik xristian cherkovi Iso Masih o‘tkazgan marosimni qabul qilgan. SHu bois sirli marosimdan o‘tkazilayotgan kishiga xudoning jismi va qoni timsoli bo‘lgan non va vino iste’mol qildiriladi. Bu bilan insonning Isoga yaqinlashishi va abadiy hayotga daxldor bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi. Pravoslavieda bu marosim uchun kvasda qorilgan xamirdan tayyorlangan kulcha non (prosfora) va qizil sharob (vino) ishlatiladi. Odatda, u bir qator boshqa sirli marosimlar bilan qo‘shib o‘tkaziladi. CHerkov Iso Masih bilan uzluksiz aloqada bo‘lishni istagan kishiga bu marosimdan yilda bir marta o‘tib turishni tavsiya qiladi; 3) tavba-tazarru qilish marosimi IV–V asrlarda xristianlikda sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosim dindor kishi hayotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dinda buyurilgan amallarni yoki cherkov qoidasini buzgan kishi tavba qilib, qilgan gunohini ruhoniyga aytadi. Marosim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: birinchi bosqichda odam ruhoniyga sodir etgan gunohi to‘g‘risida hisob beradi, ya’ni marosim odamning o‘z gunohini anglashiga uni qayta takrorlamasligiga va ma’naviy poklanishga yordam beradi, gunohini engillashtiradi; ikkinchi bosqichda maxsus vakolatga ega ruhoniy Muqaddas Ruhning kuchi bilan ushbu insonning gunohini kechiradi.Ilk xristian jamoalarida tavba-tazarru qilish marosimi qo‘llanilmagan. Bunga sabab, o‘sha vaqtda xristian jamoasining a’zosi din talablarini buzmaydi, degan noto‘g‘ri qarashning ustunlik qilganligidir. Lekin hayotda buning aksi bo‘lib chiqqan. SHu bois dindorlar jamoasida oshkora tavba qilish tartibi joriy qilingan. IV asrda oshkora tavba-tazarru qilish ruhoniylar tabaqasining manfaatlariga mos kelmay qolganligi sababli, uning mazmunini sir tutish joriy qilingan. CHerkov tavba-tazarru sirini oshkor qilmaslikka kafolat beradi. Tavba sirini oshkor etish katta gunoh hisoblanadi; 4) miro surtish sirli marosimi cho‘qintirish sirli marosimidan keyin o‘tkaziladi. Uni bajaruvchi ruhoniy xushbo‘y miro yog‘ini kishining peshonasi (fikri), ko‘kragi (yuragi, his-tuyg‘ulari, istaklari), ko‘zi, burni va quloqlari (mayllari), shuningdek qo‘l-oyoqlari (xatti-harakatlari)ga xoch shaklida surtadi. Miro yog‘ini surtish vaqtida sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi va shu tariqa uning pokligi saqlab qolinadi, ma’naviyatining yuksalishiga erishiladi, deb hisoblanadi; 5) nikoh sirli marosimi katolitsizmda XII asrda vujudga kelgan va XVI asrdan boshlab sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosim alohida o‘rin tutadi, chunki oila kishilar jismoniy va ma’naviy birligining boshlang‘ich bo‘g‘inidir. Oila jamiyatning tayanchi, abadiy hayot timsolidir. SHuning uchun nikoh sirli marosimi tantanali ravishda o‘tkaziladi. Ruhoniy bayram kiyimlarida nikohdan o‘tayotgan yoshlarni kutib oladi. Xudonisharaflovchi duolar o‘qiladi. YOsh kelin-kuyovlarning boshiga hosildorlik timsoli bo‘lmish gulchambar taqib qo‘yiladi. YOvuz kuchlarni haydovchi ladan (isiriq) tutatiladi. Marosim vaqtida nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovga xudoning marhamati tushadi, yangi oilada tinchlik, totuvlik va muhabbat hukmron bo‘lishiga ilohiy shart-sharoit yaratiladi, deb hisoblanadi; 6) muqaddas zaytun moyi surtish marosimi bemor odam uchun bajariladigan sirli tadbir. Marosimda bemorning peshonasi,yonog‘i, labi, ko‘kragi va qo‘llariga muqaddas zaytun yog‘i surtiladi. Ruhoniy bularni amalga oshirish davomida duolar o‘qib, bemorning sog‘ayib ketishiga xudodan yordam so‘raydi. Diniy ta’limotga binoan, zaytun moyini surtish marosimi mo‘‘jizaviy davolovchi kuchga ega bo‘lib, bemorni gunohlaridan xalos qiladi. Bu marosim ruhoniylikka qabul qilishda ham o‘tkaziladi; 7) ruhoniylik unvonini berish marosimi III asrda jamiyatd alohida guruhni tashkil etgan ruhoniylar uyushmasi paydo bo‘lganligi sababli joriy qilingan. Pravoslavieda bu marosim alohid ahamiyatga ega bo‘lib, uni rohiblikni ixtiyor qilgan kishining boshiga yuqori martabali ruhoniy qo‘lini qo‘yib bajaradi. Marosim davomida rohiblikka qabul qilinayotgan kishiga sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi hamda u xudo va odamlar o‘rtasida vositachilik qilish huquqiga ega bo‘ladi, deb hisoblanadi.Pravoslavieda, sirli marosimlar bilan birga, ibodat qilish,xoch, butlar, tabarruk narsalar, shahidlar va avliyolarga sig‘inish kabi marosimlar mavjud. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling